ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Rahbar_va_yoshlar
#Huquqiy_aksiya

⚖️ Surxondaryoda yoshlar bilan ochiq muloqotlar va bepul yuridik yordam tadbirlari o‘tkazildi

📍Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari doirasida Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti talabalari, Yuridik texnikum o‘quvchilari hamda Amudaryo bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

💬 Ochiq muloqotlar davomida yoshlarning murojaatlari tinglanib, ularni qiziqtirayotgan huquqiy masalalar yuzasidan bepul huquqiy maslahatlar berildi. Zarur hollarda huquqiy hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.

🤝 Tadbirlarda advokatlar, notariuslar va tegishli tashkilotlar vakillari ham ishtirok etib, yoshlarning savollariga batafsil javob qaytardi. Shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

📚 Amudaryo bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida o‘tkazilgan uchrashuvda bolalar va yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✨ Ta’kidlanganidek, bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda davlat organlari bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
❤4👍2