ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Rahbar_va_yoshlar
#Huquqiy_aksiya

⚖️ Surxondaryoda yoshlar bilan ochiq muloqotlar va bepul yuridik yordam tadbirlari o‘tkazildi

📍Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari doirasida Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti talabalari, Yuridik texnikum o‘quvchilari hamda Amudaryo bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

💬 Ochiq muloqotlar davomida yoshlarning murojaatlari tinglanib, ularni qiziqtirayotgan huquqiy masalalar yuzasidan bepul huquqiy maslahatlar berildi. Zarur hollarda huquqiy hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.

🤝 Tadbirlarda advokatlar, notariuslar va tegishli tashkilotlar vakillari ham ishtirok etib, yoshlarning savollariga batafsil javob qaytardi. Shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

📚 Amudaryo bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida o‘tkazilgan uchrashuvda bolalar va yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlanganidek, bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda davlat organlari bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
4👍2