Forwarded from “O‘ZARXIV” AGENTLIGI
“O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupov Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Joriy yilning 4-iyun kuni “O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupov Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi “Ramadan” hamda “Kiyikchi” mahallasidan biriktirilgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvda har bir yoshning ma’lumoti, amaliy ko‘nikmalari hamda kelgusidagi mehnat faoliyatiga oid maqsadlari atroflicha muhokama qilindi. Shu bilan birga, ularning ijtimoiy ahvoli va mavjud muammolari batafsil o‘rganildi.
Tahlillar asosida yoshlarni ish bilan ta’minlash, kasbga yo‘naltirish, malaka oshirish kurslariga jalb etish hamda manzilli amaliy yordam ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi.
Belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati
—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube

❤4
#Adliya_aralashgach
👩🍼 Yosh onaning qonuniy huquqi adliya aralashuvi bilan tiklandi
🔹Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahridagi umumta’lim maktablaridan birida faoliyat yurituvchi fuqaro homiladorlik va tug‘ruq ta’tiliga chiqqan bo‘lsa-da, unga to‘lanishi lozim bo‘lgan nafaqa mablag‘lari o‘z vaqtida berilmagani sababli adliya organlariga murojaat qildi.
🔹Murojaat adliya organlari tomonidan atroflicha o‘rganilib, aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tashkilotga taqdimnoma kiritildi.
✅ Ko‘rilgan choralar natijasida fuqaro foydasiga 26 million 100 ming so‘m miqdoridagi homiladorlik va tug‘ruq nafaqasi undirilishi ta’minlandi.
⚖️ Shu tariqa, yosh onaning qonun bilan kafolatlangan huquqi tiklanib, murojaati ijobiy hal etildi.
📌 Adliya organlari tomonidan fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

❤6👍3🔥2
#Intellektual_mulk
✅ Adliya vazirligi tomonidan “ANDIJON DEVZIRA OSHI” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
✅Andijon devzira oshi asrlar davomida shakllangan oshpazlik an’analari, o‘ziga xos tayyorlanish usuli va noyob ta’mi bilan ajralib turadigan milliy taom hisoblanadi. Ushbu osh turi asosan Farg‘ona vodiysida yetishtiriladigan mashhur devzira guruchi asosida tayyorlanadi.
✅Devzira guruchi o‘zining qizg‘ish tusli, zich va sifatli donalari bilan ajralib turib, oshga betakror ta’m, xushbo‘ylik hamda dona-dona ko‘rinish bag‘ishlaydi.
✅ Geografik ko‘rsatkich maqomining berilishi “Andijon devzira oshi” nomi va uning an’anaviy tayyorlash texnologiyasini huquqiy jihatdan himoya qilish, mahsulotning o‘ziga xosligini saqlab qolish hamda uning sifat kafolatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
🌍 Mazkur maqom Andijon viloyatining gastronomik salohiyatini namoyon etish, milliy brendlarni rivojlantirish, turizmni qo‘llab-quvvatlash va o‘zbek oshpazlik madaniyatini xalqaro miqyosda targ‘ib etish uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.
🤝 Andijon devzira oshi — nafaqat milliy taom, balki xalqimizning mehmondo‘stligi, qadriyatlari va boy madaniy merosining yorqin timsolidir.
📌 Ma’lumot uchun: geografik ko‘rsatkich — mahsulotning ma’lum hudud bilan bog‘liqligini hamda uning sifati va obro‘-e’tibori aynan shu hududning tabiiy va ijtimoiy omillari bilan chambarchas bog‘liq ekanligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyektidir.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4❤2👍2
Forwarded from Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi - Rasmiy kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤1