ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adolat_sayli

⚖️ Tuproqqal’ada “
Adolat sayli” huquqiy aksiyasi o‘tkazildi

📍Xorazm viloyatining Tuproqqal’a tumanida joylashgan Munis al-Xorazmiy nomidagi istirohat bog‘ida keng jamoatchilik ishtirokida “Adolat sayli” huquqiy aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbir “Sog‘lom turmush tarzi uchun 5 000 qadam” huquqiy marshi bilan boshlandi. Unda adliya organlari xodimlari, hamkor tashkilotlar vakillari, yoshlar va aholi faol qatnashdi.

🔹Adolat sayli” doirasida huquqiy targ‘ibot, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, “Zakovat” intellektual o‘yini, “Street law” loyihasi, huquqiy viktorinalar hamda “Adliya – bu...” mavzusida rasm chizish tanlovlari tashkil etildi.

🔹Shuningdek, intellektual mulk huquqlari, sud ekspertizasi faoliyati, qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha ko‘rgazmalar, hunarmandlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar mahsulotlari yarmarkasi, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi hamda kitoblar ko‘rgazmasi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

🔹Aksiya doirasida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun sayyor qabullar tashkil etilib, davlat xizmatlari ko‘rsatildi hamda bepul huquqiy maslahatlar berildi.

🏆 Sport musobaqalari, madaniy dasturlar va yoshlar uchun tashkil etilgan interaktiv loyihalar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

📌Adolat sayli” aholining huquqiy savodxonligini oshirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va davlat organlari bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
3👍2