#Adolat_sayli
✅ Nukus shahrida “Adolat sayli” tadbiri o‘tkazildi
🔹Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-fevraldagi PQ–70-son qarori ijrosini ta’minlash, "Qizilqum" mahallasini namunaviy mahallaga aylantirish, aholini yangi qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatidan xabardor qilish hamda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etildi.
🔹Sayl davomida aholiga sayyor davlat xizmatlaridan foydalanish, huquqiy maslahat olish, advokat, notarius, mediator va psixolog xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik ham tashkil etildi.
🔹Tadbir doirasida 22 ta davlat tashkiloti tomonidan sayyor qabul o‘tkazilib, 48 ta murojaat qabul qilindi hamda 67 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi.
📌 “Adolat sayli” aholining huquqiy muammolarini joyida o‘rganish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish va davlat organlari bilan ochiq muloqotni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

👍5❤1
#Adolat_sayli
⚖️ Tuproqqal’ada “Adolat sayli” huquqiy aksiyasi o‘tkazildi
📍Xorazm viloyatining Tuproqqal’a tumanida joylashgan Munis al-Xorazmiy nomidagi istirohat bog‘ida keng jamoatchilik ishtirokida “Adolat sayli” huquqiy aksiyasi bo‘lib o‘tdi.
🔹Tadbir “Sog‘lom turmush tarzi uchun 5 000 qadam” huquqiy marshi bilan boshlandi. Unda adliya organlari xodimlari, hamkor tashkilotlar vakillari, yoshlar va aholi faol qatnashdi.
🔹“Adolat sayli” doirasida huquqiy targ‘ibot, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, “Zakovat” intellektual o‘yini, “Street law” loyihasi, huquqiy viktorinalar hamda “Adliya – bu...” mavzusida rasm chizish tanlovlari tashkil etildi.
🔹Shuningdek, intellektual mulk huquqlari, sud ekspertizasi faoliyati, qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha ko‘rgazmalar, hunarmandlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar mahsulotlari yarmarkasi, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi hamda kitoblar ko‘rgazmasi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
🔹Aksiya doirasida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun sayyor qabullar tashkil etilib, davlat xizmatlari ko‘rsatildi hamda bepul huquqiy maslahatlar berildi.
🏆 Sport musobaqalari, madaniy dasturlar va yoshlar uchun tashkil etilgan interaktiv loyihalar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
📌 “Adolat sayli” aholining huquqiy savodxonligini oshirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va davlat organlari bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

❤3👍2