ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adolat_sayli

Qorao‘zak va Amudaryo tumanlarida “Adolat sayli” tadbirlari bo‘lib o‘tdi

🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak hamda Amudaryo tumanlarida “Adolat sayli” huquqiy loyihasi doirasida keng qamrovli tadbirlar tashkil etildi.

🔹Tadbirlarning tantanali ochilish marosimida mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda davlat organlari bilan xalq o‘rtasidagi ochiq muloqotni kuchaytirish borasidagi islohotlar alohida ta’kidlandi.

🔹Adolat sayli” doirasida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi, “Rangli surat” loyihasi, maktab o‘quvchilarining qo‘l mehnati va hunarmandchilik ko‘rgazmalari hamda “Salomatlik uchun besh ming qadam” loyihalari tashkil etildi.

🔹Shuningdek, sayyor sud va sayyor qabullar o‘tkazilib, fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi hamda bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.

🔹Tadbir davomida FHDY bo‘limi tomonidan bir nafar fuqaroga farzandining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi topshirildi. Yoshlar uchun tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinlari esa tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

🔹Yakunda faol ishtirok etgan yoshlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, madaniy konsert dasturi namoyish etildi.

📌Adolat sayli” aholining huquqiy madaniyatini oshirish, yoshlar faolligini qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolar muammolarini joyida hal etishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
#Adolat_sayli

Nukus shahrida “
Adolat sayli” tadbiri o‘tkazildi

🔹Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-fevraldagi PQ–70-son qarori ijrosini ta’minlash, "Qizilqum" mahallasini namunaviy mahallaga aylantirish, aholini yangi qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatidan xabardor qilish hamda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etildi.

🔹Sayl davomida aholiga sayyor davlat xizmatlaridan foydalanish, huquqiy maslahat olish, advokat, notarius, mediator va psixolog xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik ham tashkil etildi.

🔹Tadbir doirasida 22 ta davlat tashkiloti tomonidan sayyor qabul o‘tkazilib, 48 ta murojaat qabul qilindi hamda 67 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi.

📌Adolat sayli” aholining huquqiy muammolarini joyida o‘rganish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish va davlat organlari bilan ochiq muloqotni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍51
#Adolat_sayli

⚖️ Tuproqqal’ada “
Adolat sayli” huquqiy aksiyasi o‘tkazildi

📍Xorazm viloyatining Tuproqqal’a tumanida joylashgan Munis al-Xorazmiy nomidagi istirohat bog‘ida keng jamoatchilik ishtirokida “Adolat sayli” huquqiy aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbir “Sog‘lom turmush tarzi uchun 5 000 qadam” huquqiy marshi bilan boshlandi. Unda adliya organlari xodimlari, hamkor tashkilotlar vakillari, yoshlar va aholi faol qatnashdi.

🔹Adolat sayli” doirasida huquqiy targ‘ibot, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, “Zakovat” intellektual o‘yini, “Street law” loyihasi, huquqiy viktorinalar hamda “Adliya – bu...” mavzusida rasm chizish tanlovlari tashkil etildi.

🔹Shuningdek, intellektual mulk huquqlari, sud ekspertizasi faoliyati, qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha ko‘rgazmalar, hunarmandlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar mahsulotlari yarmarkasi, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi hamda kitoblar ko‘rgazmasi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

🔹Aksiya doirasida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun sayyor qabullar tashkil etilib, davlat xizmatlari ko‘rsatildi hamda bepul huquqiy maslahatlar berildi.

🏆 Sport musobaqalari, madaniy dasturlar va yoshlar uchun tashkil etilgan interaktiv loyihalar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

📌Adolat sayli” aholining huquqiy savodxonligini oshirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va davlat organlari bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
3👍2