ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
O‘tgan hafta Xalqaro valyuta jamg‘armasi e’lon qilgan hisobotda yuqori iqtisodiy faollik orqali O‘zbekiston kuchli va barqaror iqtisodiy o‘sishni saqlab qolayotgani qayd etildi.

Prezidentimiz yana bir ko‘rsatkichga e’tibor qaratdi: joriy yil yurtimiz nufuzli “Iqtisodiy erkinlik indeksi”da 14 pog‘ona yuqorilab, ilk bor “iqtisodiyoti mo‘tadil erkin” davlatlar qatoridan joy oldi.

“Buning uchun qanday qiyin va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tganimizni bilganlar biladi.

Umuman, yil boshidan erishilgan natijalar, ko‘rsatkichlar mehnatimizga yarasha bo‘ldi. Lekin ishlamay quruq oylik olib o‘tirganlar ham ishlaganlar bilan “bitta poyezdda ketyapti”.

Zamon, iqtisodiyot va odamlar talabi kun sayin ortmoqda. Yilning uchdan biri o‘tib bo‘ldi. Afsuski, ayrimlar hali ham “uyg‘ongani yo‘q
,

– dedi Prezidentimiz.

Facebook|
Instagram|X
1
#Sayyor_qabul

Sayyor qabul – aholi bilan muloqotning samarali usuli

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan Kasbi tumanidagi Istirohat bog’ida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

🔰Sayyor qabulda Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Nuriyev, Kasbi tumani hokimi To’xtamurod Meyliyev , shuningdek, soha mutasaddilari ishtirok etishdi.

🔺Sayyor qabulda jami 80 dan ortiq fuqaro ishtirok etdi. Qabul davomida 50 ya yaqin sayyor davlat xizmati ko‘rsatilib, fuqarolardan kadastr hujjatlarini shakllantirish yuzasidan arizalar qabul qilindi.

Shuningdek:
• 15 nafar fuqaroga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda meros huquqi masalalari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi;
• 15 nafar fuqaroning murojaati ish yurituviga olindi;
• 10 nafar fuqaroning murojaati joyida hal etildi;
• 10 dan ortiq fuqarolarga turli masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍53
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥🔥🔥

❗️Farg'ona viloyat adliya boshqarmasida viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda tabiiy hamda texnogen tusdagi xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalari yuzasidan o'quv mashg'ulotlari o'tkazildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥5👏2🎉1
#ochiq_eshiklar_kuni

🔴 Adliya vazirligida bo‘lajak yuristlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi


🔹Bugun Adliya vazirligida Toshkent davlat yuridik universiteti bitiruvchi bosqich talabalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etilib, unda 120 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.

🔹Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — bo‘lajak yuristlarni adliya tizimi faoliyati, unda olib borilayotgan islohotlar hamda amaliy ish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish, ularni kasbiy jihatdan to‘g‘ri yo‘naltirishdan iborat bo‘ldi.


🔹Tadbir davomida ishtirokchilar vazirlikning asosiy yo‘nalishlari, huquqiy siyosatni shakllantirish, normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish jarayonlari, shuningdek, tizimda joriy etilgan zamonaviy boshqaruv va xizmat ko‘rsatish mexanizmlari bilan yaqindan tanishdi.

🔹Shuningdek, yoshlar Adliya vazirligi kutubxonasi va adliya muzeyiga tashrif buyurib, sohaning boy tarixiy merosi, huquqiy adabiyotlar fondi hamda amaliy faoliyatga oid manbalar bilan tanishdi.

🔹Uchrashuv davomida tuman adliya bo‘limlari faoliyati, xususan, Davlat xizmatlari markazlari (DXM), Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari (YXKM) hamda FHDY organlari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ularning ahamiyati va amaliy jihatlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

🔹Alohida ta’kidlanganidek, adliya tizimida joriy etilgan “karyera modeli” yosh mutaxassislar uchun shaffof va aniq rivojlanish yo‘lini belgilab beradi. Talabalarga ishga qabul qilish tartibi, lavozimda o‘sish imkoniyatlari, xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari hamda mavjud ijtimoiy imtiyozlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.


🔹Tadbir yakunida ochiq muloqot tashkil etilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita mutaxassislardan javob oldi, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi.

📌 “Ochiq eshiklar kuni” yoshlarni kasbiy yo‘naltirish, ularni adliya tizimiga jalb etish hamda malakali kadrlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🔥52