ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.34K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#e'tirof

Navoiyda yana 417 nafar fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan uy-joylariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.

👍
Joriy yilning 18-mart kuni Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashining navbatdagi yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

👍 Mazkur sessiyada jami 417 nafar fuqarolarning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan huquqlari e'tirof etildi.

Xususan:
Nurota tumanida 112 nafar
Xatirchi tumanidan 103 nafar
Qiziltepa tumanidan 39 nafar
Karmana tumanida 73 nafar
Navbahor tumanida 36 nafar
Zarafshon shaharda 7 nafar
G'ozg'on shaharda 32 nafar
Navoiy shaharda 4 nafar
Uchquduq tumanida
3 nafar
Konimex tumanida 1 nafar
Tomdi tumanida 7 nafar.


🔵Ma’lumot uchun: Bugungi kunga qadar viloyatda jami 2 085 nafar fuqaroning huquqlari e'tirof etilishi ta'minlandi va bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.


Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
Senatning yalpi majlisida qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq tizimini izchil isloh etish hamda odil sudlov samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim huquqiy hujjat – “Sud-ekspertlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.

Sud-ekspertlik faoliyati sud ishlarini har tomonlama, xolis va adolatli ko‘rib chiqishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Sud ekspertizasi xulosalarining ilmiy asoslanganligi va ishonchliligi sud qarorlarining qonuniy, asosli va adolatli qabul qilinishi uchun muhim shart hisoblanadi.

Oxirgi yillarda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar bilan birgalikda ayrim o‘z yechimini kutayotgan masalalar ham mavjudligi senatorlar tomonidan alohida qayd etildi.

Ushbu Qonun amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi bo‘lib, sohadagi muammolarni bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan. Unda:

– nodavlat sud ekspertlarining huquqiy maqomi, ularni tashkil etish, faoliyat yo‘nalishlari belgilanmoqda, shuningdek, nodavlat sud-ekspertlariga byuro tashkil etgan holda yakka tartibda faoliyat yuritishga ruxsat berilmoqda;
– advokatning so‘roviga asosan hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq shartnoma asosida davlat va nodavlat sud ekspertlari tomonidan tadqiqotlar o‘tkazish tartiblari nazarda tutilmoqda;
– sud-ekspertlik faoliyatining yanada ishonchliligini oshirish maqsadida akkreditatsiya va validatsiya institutlari joriy etilmoqda;
– sud-ekspertiza muassasalari (tashkilotlari), sud ekspertlari hamda sud-ekspertiza tadqiqotlarida foydalaniladigan uslubiyotlar ro‘yxatining davlat reestrini yuritish yo‘lga qo‘yilmoqda;
– davlat sud-ekspertiza muassasalari ekspertlari hamda nodavlat sud ekspertlari faoliyati yuzasidan ekspert-malaka komissiyalari tuzilmoqda;
– sud ekspertlarining kasb-etika qoidalari va ekspertizani o‘tkazishga doir cheklovlar joriy qilinmoqda (ekspertning yaqin qarindoshi, nodavlat ekspertiza muassasasi mulkdori bo‘lsa va b.);
– Vazirlar Mahkamasi hamda vakolatli davlat organi sifatida Adliya vazirligining sud-ekspertlik sohasini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatlari aniqlashtirilmoqda;
– nodavlat sud ekspertlarini birlashtiruvchi, ularga yaqindan ko‘maklashuvchi Sud ekspertlari palatasini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda;
– sud ekspertizasini chet davlatning sud ekspertlarini jalb qilish orqali o‘tkazish mexanizmlari belgilab berilmoqda.


Muhokama davomida senatorlar ta’kidlaganidek, Qonunning qabul qilinishi sud-ekspertlik faoliyatining mustaqilligi va shaffofligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash hamda fuqarolarning odil sudlovdan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Muhokama yakunida senatorlar Qonunni ma’qulladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1
Senatning 14-yalpi majlisida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda
davlat organlari va tashkilotlarining yoki ular mansabdor shaxslarining o‘z faoliyati davomida amalga oshirgan qonunga xilof qarori yoxud harakati
(harakatsizligi) yuzasidan jismoniy (yuridik) shaxsga yetkazilgan zararni pul shaklida qoplash;
zararlarni qoplash uchun hududiy maqsadli jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish va ularning manbalari;
zararni qoplash to‘g‘risidagi sud hujjati va ijro varaqasini sud qarzdor joylashgan yerdagi davlat ijrochisi va hududiy hokimliklarning yuridik xizmatiga yuboradi, bunda inson omili aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi;
Jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, hududiy Kengashlarga davriy hisobot taqdim etib borishi.

Qonun qabul qilinishi bilan fuqarolarga davlat organlarining yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof faoliyati tufayli yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan qoplanishi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash hamda aybdor mansabdor shaxslardan belgilangan tartibda regress tartibda unidirishning qonuniy asoslari belgilanadi.

Senatorlar qayd etganidek, Qonunning qabul qilinishi qonunga xilof qarorlar tufayli yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan qoplanishi to‘g‘risidagi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashga hamda aybdor mansabdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga xizmat qiladi.

Muhokama yakunida senatorlar Qonunni ma’qulladi.
5👍1🔥1
❗️ Xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi

⚡️ Avval xabar berilganidek joriy yilning 2-4-aprel kunlari Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo mamlakatlarning sud-ekspertiza muassasalari o‘rtasida Turkiy sud ekspertizasi tarmog‘ini (Turkic Forensic Science Network — TFSN) tashkil etish borasida muhim tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tarmoqni tashkil etishga qaratilgan Memorandum imzolandi.

✔️ Mazkur tadbirda O‘zbekiston sud ekspertiza muassasalari delegatsiyasi, xususan, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi strategik tarmoqning ta’sischi-a’zosi sifatida ishtirok etdi.

✔️ Shuningdek, mazkur tadbir davomida Markaz direktori A.Xalilov tomonidan tarmoqqa a'zo davlatlarning sud ekspertiza muassasalari rahbarlari bilan qator uchrashuvlar otkazildi. Unda yurtimizda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilgan natijalar haqida ma'lumotlar berilib, sud ekspertiza sohasida keng qamrovli hamkorlik masalalari muhokama etildi.

✔️ Muhokamalar natijasiga kora sud ekspertiza sohasini to‘liq raqamlashtirish, sun’iy intellektdan foydalanish, kiberjinoyatchilik va sintetik giyohvandlikka qarshi kurashish hamda xodimlar stajirovkasini tashkil etish bo‘yicha bir qator kelishuvlarga erishildi.

✔️ Bundan tashqari, tadbir davomida Ozarbayjon Respublikasi Adliya vazirligining Sud ekspertiza markazi bilan uchrashuvlar otkazilib, kelgusidagi hamkorlik masalalari hamda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi va Ozarbayjon Respublikasi Adliya vazirligining Sud ekspertiza markazi o‘rtasida imzolangan 2025-2027-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi ijrosii muhokama qilindi hamda amaldagi hamkorlikni yanada jadallashtirish kelishib olindi.

2024-yilning 23-avgust kuni Oʻzbekiston va Ozarbayjon Davlatlararo oliy kengashining birinchi majlisi yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi va Ozarbayjon Respublikasi Adliya vazirligining Sud ekspertiza markazi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi maqsadlar bayonnomasi imzolangan.

2025-yil 3-martda
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi hamda Ozarbayjon Respublikasi Adliya vazirligining Sud ekspertiza markazi o‘rtasida 2025-2027-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi
imzolangan bo‘lib, hujjatda ikki davlat sud ekspertiza markazlari o‘rtasida hamkorlik yo‘nalishlari, hamkorlikni rivojlantirish choralari va o‘zaro tajriba almashish choralari nazarda tutilgan.

Batafsil ma'lumot⬇️
💬71-209-11-55
✉️ info@sudex.uz

Telegram | Facebook | 🌐Instagram | 📹youtube | 🌐sudex.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥1
📚 Intellektual mulk yo‘nalishida targ‘ibot ishlari davom etmoqda

Adliya vazirligi hamda Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Termiz davlat pedagogika institutida seminar-trening hamda Termiz shahridagi “Tinchlik” sanoat zonasida tadbirkorlar uchun profilaktik tadbirlar tashkil etildi.

Seminarda talaba va ilmiy izlanuvchilarga mualliflik huquqlariga rioya qilish, plagiatning oldini olish hamda intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblari tushuntirildi.

Shu bilan birga, sanoat zonasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga mahsulot ishlab chiqarishda brendlardan qonuniy foydalanish, litsenziya shartnomalarini tuzish zarurligi hamda tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

💡 Mazkur tadbirlar orqali intellektual mulk huquqlarini himoya qilish va qonunchilikka rioya etish madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2