ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.7K videos
39 files
9.36K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri A.Tashkulov Samarqand viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi hamda viloyat davlat arxivi faoliyati bilan tanishdi.

Tadbir davomida Adliya vaziri Samarqand viloyat davlat arxivida arxiv hujjatlarining saqlanish holati, hujjatlarni raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishdi.

Shuningdek, Samarqand viloyat davlat arxiviga 2026-yilda qurilishi rejalashtirilgan yangi qo‘shimcha saqlovxona binosi loyihasi ham ko‘zdan kechirilib, loyiha bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
🔥5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
👍6🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_kuni

Navoiy viloyati adliya boshqarmasida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o'tkazildi


Ayni paytda adliya boshqarmasida yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda. Unda Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i, Navoiy davlat universiteti rahbari hamda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i ishtirok etib, yoshlarning fikr-mulohazalari va takliflarini tinglamoqda.

Uchrashuv davomida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda dolzarb muammolarni hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ta’kidlash joiz, bunday uchrashuvlar yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bayram_shukuhi

Nurafshon shahar davlat xizmatlari markazida bayram shukuhi!

Muborak Hayit ayyomi va kirib kelayotgan Navro‘z bayrami munosabati bilan Nurafshon shahar davlat xizmatlari markazida bayramona shukuh ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda.

Mazkur videoda milliy qadriyatlarimiz, mehr-oqibat, hamjihatlik va yangilanish nafasi o‘z aksini topgan bo‘lib, bayramlarning chinakam shukuhi namoyon etilgan.

Navro‘z – yangilanish va yasharish, Hayit esa bag‘rikenglik va ezgulik timsoli. Ushbu muborak ayyomlar barchamizga tinchlik, baraka va quvonch olib kelsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
5🔥2
#Farovonlik_markazi

Qo‘shrabotda “Farovonlik markazi” faoliyati o‘rganildi

Adliya vaziri Akbar Tashkulov “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Qo‘shrabot tumani “Navkat” mahallasida barpo etilgan zamonaviy “Farovonlik markazi”da bo'ldi.

Xizmat safari davomida markazning bugungi faoliyati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xususan, quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
- bepul xorijiy til kurslari
- IT yo‘nalishidagi zamonaviy darslar
- tikuvchilik va hunarmandchilik ustaxonalari
- turli kasb-hunar o‘quv kurslari

Vazir markazda tahsil olayotgan yoshlar, tadbirkorlikni boshlagan fuqarolar hamda ish bilan ta’minlangan mahalla aholisi bilan ochiq muloqot qildi.

Suhbat jarayonida markaz faoliyatini yanada kengaytirish, o‘quv dasturlarini zamon talablari asosida takomillashtirish hamda yoshlarning xorijiy tillarni chuqur o‘rganishi orqali ularning qonuniy mehnat migratsiyasi imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha muhim takliflar bildirildi.

Ta’kidlanganidek, bunday “Farovonlik markazlari” yangi ish o‘rinlari yaratish, aholining daromadini oshirish va hududlarda iqtisodiy faollikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu esa aholi farovonligini ta’minlash yo‘lida yana bir muhim qadamdir.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
3🔥2