ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.7K videos
39 files
9.36K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Sayyor_qabul

Sirdaryoda xotin-qizlar huquqlariga bag‘ishlangan sayyor qabul o‘tkazildi

“Xotin-qizlar huquqlari kafolatlari” aksiyasi doirasida Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan "Bahor" mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbir avvalida xotin-qizlarning huquqiy himoyasini ta'minlashga qaratilgan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Shundan so'ng sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, bandlik, ijtimoiy himoya, kadastr, kredit olish va boshqa huquqiy masalalar yuzasidan 30 ga yaqin murojaat qabul qilindi. Ularning aksariyati joyida hal etildi, 10 ta murojaat esa ish yurituvga olinib, ijrosi nazoratga olindi.

Tadbir doirasida mehnat yarmarkasi, tibbiy ko'rik hamda sayyor davlat xizmatlari tashkil etildi. Shuningdek, “Sog'lom avlod uchun” jamg‘armasi tomonidan 50 nafar fuqaroga bepul dori-darmonlar tarqatildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
👍21
#mehnat_yarmarkasi

Toyloqda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yarmarka o‘tkazildi


Adliya vazirligi tashabbusi bilan joylarda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkalari o'tkazilmoqda.

Samarqand viloyati, Toyloq tumanida tashkil etilgan mehnat yarmarkasi natijasida 2 nafar ishsiz xotin-qiz tumandagi 28- va 44-maktabgacha ta’lim muassasalariga ingliz tili o‘qituvchisi sifatida ishga joylashish uchun yo‘llanma oldi.

Mazkur tashabbus xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish yo'lida xizmat qilmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
2👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Strategiya_2030

📊 "O‘zbekiston-2030" strategiyasining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan samaradorlik ko‘rsatkichlari

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#adliya_hudud

Namanganda keng qamrovli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

Davlatimiz rahbarining mahallalarda xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan qarori ijrosi doirasida Mingbuloq tumani Madaniyat markazida xotin-qizlar va yoshlar uchun keng qamrovli tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida aholi salomatligiga alohida e’tibor qaratilib, 62 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, shundan 6 nafariga bepul dori-darmonlar tarqatildi.

Shuningdek, xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Tadbir doirasida 14 nafar xotin-qizlarga psixologik maslahatlar ko‘rsatildi, yoshlar ishtirokida vatanparvarlik ruhidagi amaliy tadbirlar tashkil etildi.

Ayni kuni ajrim yoqasiga kelib qolgan 5 ta oila bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning 3 tasida yarashuvga erishildi.

Davlat xizmatlari markazi tomonidan 10 ta sayyor davlat xizmati ko‘rsatildi, FHDY bo‘limi tomonidan esa 2 ta oilaga nikoh guvohnomasi topshirildi.

Mazkur tadbir aholi, ayniqsa xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash hamda sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
5