ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.71K videos
39 files
9.37K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Adliya vazirligida ayollarga hurmat va ehtirom ko'rsatildi

Bugun Adliya vazirligida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun bayramona tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida ayollarga alohida hurmat va ehtirom ko'rsatilib, ularning jamiyat hayoti hamda adliya tizimidagi fidokorona mehnati e'tirof etildi. Bayram munosabati bilan ularga esdalik sovg'alari topshirilib, ko'tarinki kayfiyat ulashildi.

Adliya vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xotin-qizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan yana bir bor samimiy muborakbod etamiz!

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ayollar!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
21👍13🔥4
🇺🇿🇹🇷Istanbulda e-notarius.uz elektron platforma imkoniyatlari namoyish qilindi

Batafsil
Батафсил

Рус | Eng | Facebook | X | YouTube | Instagram
3🔥3🎉1
#Strategiya_2030

Fuqarolik, maʼmuriy va iqtisodiy ishlar boʻyicha advokatlar hamda sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari oʻrtasida elektron hujjatlar almashinuvi darajasi 50 foizga yetkaziladi.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1
“Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida hafta davomida amalga oshirilgan ishlar

Xalqaro seminar-treninglar tashkil etildi
Adliya, soliq, bojxona hamda prokuratura organlari xodimlari uchun Xalqaro tovar belgilari uyushmasi (INTA) va “React” nodavlat notijorat tashkiloti mutaxassislari ishtirokida seminar-treninglar o‘tkazildi. Unda kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizmlari, xalqaro tajriba hamda amaliy yondashuvlar muhokama qilindi.

Tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Samarqand viloyati Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda tadbirkorlar uchun intellektual mulk va brendlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida tadbirkorlarga o‘z brendlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, intellektual mulkni himoya qilishning ahamiyati hamda ushbu yo‘nalishda yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Vakolatli organlar bilan hamkorlikda nazorat tadbirlari o‘tkazildi
Vazirlik hamda bojxona organlari mas’ul xodimlari ishtirokida TIF bojxona chegara postlarida kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish yuzasidan nazorat tadbirlari amalga oshirildi. Tadbir davomida bojxona organlari xodimlariga kontrafakt mahsulotlarni aniqlash bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1🔥1👏1