ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Xalqaro iqtisodiy hamkorlik biznes forumi” bo’lib o’tdi

📍 Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Xalqaro iqtisodiy hamkorlik biznes forumi” doirasida O’zbekiston milliy iqtisodiy hamkorlik uyushmasi tomonidan Adliya vazirligi mas’ullari tadbirda faol ishtiroki, ochiq muloqotga asoslangan yondashuvi hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun e’tirof etildi.

🔹 Mazkur e’tirof Adliya vazirligining nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy institutsional salohiyatini mustahkamlash, fuqarolik jamiyati institutlari rivoji uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda davlat–NNT–biznes subyektlari o‘rtasidagi samarali hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi izchil faoliyatining amaliy natijasidir.

🔹 Forum doirasida nodavlat notijorat tashkilotlar imkoniyatlaridan foydalangam holda investitsiyalarni jalb etish, eksport-import munosabatlarini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va B2B uchrashuvlar orqali yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2
Forwarded from Rasmiy axborot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Yangi O‘zbekistonning ertasi qanday bo‘ladi? Prezident Murojaatnomasini o‘tkazib yubormang!

🔝 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi joriy yil 26 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

🎙Soat 11:00dan boshlab MTRK telekanallari muxbirlari voqea joyidan jonli reportajlarni efirga uzatishni boshlaydi.

Bu voqea nafaqat davlat boshqaruvi tizimidagi, balki har bir fuqaro hayotidagi muhim palla hisoblanadi. Murojaatnomada mamlakatimiz taraqqiyotining yaqin istiqboldagi strategik yo‘nalishlari belgilab beriladi hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi tub islohotlar yangi bosqichga ko‘tariladi.

✈️Yilning eng muhim siyosiy voqeasini o‘zingizga qulay tilda tomosha qiling:

✈️Surdotarjima bilan (o‘zbek tilida): «O‘zbekiston» telekanalida;

✈️Rus tilida tarjima bilan: «Dunyo bo‘ylab» va «Toshkent» telekanallarida;

✈️Ingliz tilida tarjima bilan: «Yoshlar» telekanalida.
〰️〰️〰️〰️

🔘 Onlayn: Prezidentning rasmiy veb-sayti (president.uz), Facebook, Instagram, YouTube va Twitter (X) sahifalari orqali.

📌Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichiga oid strategik rejalarni birinchilardan bo‘lib kuzating!


https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga Murojaatnomasi boshlandi.

So‘nggi to‘qqiz yilda biz sizlar bilan, el-yurtimiz bilan birgalikda katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdik.

Iqtisodiyotimiz yangidan shakllandi, bozor munosabatlari, ijtimoiy himoyani kengaytirdik, qonun ustuvorligini mustahkamladik.

Eng muhimi, islohotlarimiz samarasini har bir mahalla, har bir xonadon va har bir inson kundalik hayotida his qilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, biz islohotlarni aniq amaliy natijaga aylantirishni o‘rgandik.

Buning tasdig‘ini tobora yangicha qiyofa kasb etib borayotgan shahar va qishloqlarimizda, zamonaviy korxonalar, savdo-servis maskanlari, maktab, bog‘cha va shifoxonalar, obod ko‘cha va mahallalar, transport-logistika tizimi, raqamli xizmatlar misolida yaqqol ko‘rish mumkin
”,

– dedi davlatimiz rahbari so‘zining avvalida.

Facebook|Instagram|X
👍3🔥21
O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzi, xalqaro reytinglardagi o‘rni tobora mustahkamlanib bormoqda.

Xususan, yetakchi xalqaro reyting agentliklari mamlakatimizning suveren reytingini “BB-”dan “BB” pog‘onasiga ko‘tardi.

“Bu gaplar ko‘pchilikka oddiy bir fakt bo‘lib tuyulishi mumkin. Lekin iqtisodchilar, investor va bankirlar gap naqadar katta natijalar haqida borayotganini juda yaxshi tushunib turibdi.

Birgina ana shu o‘zgarish tufayli chetdan jalb qilinadigan resurslarning foiz stavkasi 1-1,5 punktga pasayib, tashqi qarz xarajati yiliga 250-300 million dollarga kamayadi
,

– dedi Prezidentimiz.

Shuningdek, Jahon banki e’lon qilib boradigan Davlatlarning texnologik yetuklik indeksida O‘zbekiston 71 pog‘ona yuqori ko‘tarilib, dunyoning TOP-10 ta mamlakati qatoridan joy oldi.

Facebook|Instagram|X
4👍2
Keyingi paytda yurtimiz global masalalar muhokama qilinadigan xalqaro muloqot maydoniga aylanib bormoqda.

Xususan, bu yil Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi, UNESCO Bosh konferensiyasining sessiyasi, “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti va xalqaro Iqlim forumiga mezbonlik qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston yetakchilarining mart oyida Xo‘jandda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida birinchi marta uch mamlakat davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risida tarixiy shartnoma imzolandi hamda “Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi deklaratsiya” qabul qilindi.

Mintaqamiz davlat rahbarlarining yaqinda Toshkentdagi Maslahat uchrashuvi chog‘ida integratsiya jarayonlarini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish uchun Markaziy Osiyo hamjamiyati strategik formatini tashkil qilish g‘oyasi ilgari surildi. Ozarbayjonni Markaziy Osiyo formatiga to‘la huquqli a’zo sifatida qabul qilish to‘g‘risidagi qaror tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, ushbu qadam Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz o‘rtasida strategik bog‘liqlik hamda barqarorlikni kuchaytirishi shubhasiz.

Facebook|Instagram|X
1👍1
2026-yil - "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish" yili
👏85
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga Murojaatnomasini quyidagi link onlayn kuzatib borishingiz mumkin

https://www.youtube.com/watch?v=St1E3kxNz-w
👍3
Kelgusi yilda iqtisodiyotda 6,6 foiz o‘sishni ta’minlab, yalpi ichki mahsulotni 167 milliard dollarga yetkazish prognoz qilinmoqda.

Agar mehnat unumdorligi, energiya samaradorligi va tannarx bo‘yicha qattiq ishlansa, bu ko‘rsatkichni yanada oshirish uchun barcha imkoniyatlar bor. Shu bois, sanoatda “Unumdorlik va samaradorlikni ikki karra oshirish” dasturi boshlanadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan mehnat unumdorligi va energiya samaradorligi bo‘yicha alohida loyiha amalga oshiriladi.

Ushbu loyihaga xalqaro moliya institutlaridan 200 million dollar kredit va grant jalb qilinib, sanoat korxonalari uchun xorijdan yuqori malakali texnolog va muhandislar olib kelinadi, biznes jarayonlari raqamlashtiriladi, energiya va boshqa xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha auditlar o‘tkaziladi, ilg‘or texnologiyalar transfer qilinadi.

Bu borada “To‘rtinchi sanoat inqilobi markazi” tashkil qilinadi. Markaz negizida robototexnika, “buyumlar interneti”, “aqlli fabrika” kabi “Industriya 4.0” yechimlarini sanoat korxonalarida joriy etish uchun “tartibga solish mexanizmi” yaratiladi.

Bunda korxonalar yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilishdan oldin ularni sinovdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi.

Facebook|Instagram|X
👍4
Keyingi yildan “Raqamli startaplar” dasturi kengaytirilib, startap g‘oyasidan to eksportgacha ko‘maklashadigan yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi.

Bu jarayonda xususiy startap markazlarini tashkil etish uchun Yoshlar jamg‘armasidan besh yil muddatga 5 milliard so‘mgacha foizsiz ssuda beriladi.

Bundan tashqari, Markaziy bankda Fintex ofisi va Innovatsion xab tashkil etilib, unga Singapurdan mutaxassislar jalb qilinadi. Natijada yiliga 15-20 ta fintex startapni tashqi bozorga olib chiqish, ularga jami 1 milliard dollar investitsiya jalb qilish imkoniyati yaratiladi.

Umuman, venchur fondlar, startaplar, fintex kabi yangi moliyaviy instrumentlar bozorini rivojlantirish, mazkur sohadagi barcha ishtirokchilar huquqlarini qonun bilan kafolatlab qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.

Prezidentimiz parlamentni Hukumat bilan birgalikda “Muqobil investitsiya jamg‘armalari to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqishga chaqirdi.

Facebook|Instagram|X
👍4
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasidan eng muhim iqtiboslar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍4
#Murojaatnoma

Kelgusi besh yilda yashirin iqtisodiyot ulushi 50 foizga qisqartiriladi.
1
#Murojaatnoma

Fuqaro aviatsiyasi universiteti tashkil etiladi.
1
#Murojaatnoma

2026-yilda 7 ta viloyatda "Kasblar shaharchasi" tashkil etiladi.
👍5
Iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlari uchun yuqori intellektual salohiyatga ega kadrlarni tayyorlashga e’tiborni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Jizzax politexnika institutini Vengriyaning nufuzli “Abuda” universiteti boshqaruviga berishga qaror qilindi. O‘zbekistonda “Sukuba” milliy universiteti bilan hamkorlikda aniq fanlar bo‘yicha yangi oliygoh tashkil qilish haqida kelishib olindi.

Bu tajriba davom ettirilib, aniq fanlar va texnika yo‘nalishidagi oliygohlarimizga dunyoning eng nufuzli universitetlari jalb qilinadi.

Yana bir masala – mehnat bozoriga yiliga 300 ming oliy ma’lumotli kadrlar kirib kelmoqda.

Endi oliygoh bitiruvchilari va ish beruvchilar o‘rtasida “ko‘prik” bo‘lib xizmat qiladigan raqamli ekotizim yaratiladi. Unda talabalarning akademik ko‘rsatkichlari va korxonalardagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar “onlayn” tarzda ko‘rinib turadi.

Ushbu ekotizim bitiruvchi kurs talabalari uchun o‘ziga mos ish topish, korxonalarga esa malakali kadrlarni jalb qilish imkonini beradi.

Facebook|Instagram|X
2👍1
#Murojaatnoma

2026-yilda har bir viloyatda "Yashil texnikum"lar tashkil etiladi.
2
Oltinchi ustuvor yo‘nalish – zamonaviy davlat boshqaruvi va adolatli sud-huquq tizimi borasidagi islohotlar davom ettiriladi.

Avvalo, 2026-yildan boshlab Elektron hukumat platformasi tubdan yangilanadi.

Endi barcha davlat idoralarining 1 mingdan ziyod davlat xizmatlari, 5 mingdan ortiq funksiya va vazifalari, 240 ta ma’lumot bazasi va axborot tizimi, 100 mingdan ziyod davlat xizmatchisining mahalla, tuman, viloyat, respublika darajasidagi vakolatlari Yagona raqamli platformaga integratsiya qilinadi.

Platformaga kelib tushgan murojaatlar, ularni ijrochilarga taqsimlash va ko‘rib chiqish muddatini nazorat qilish sun’iy intellekt orqali amalga oshiriladi.

“Eng muhimi, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda inson omilisiz, korrupsiya va ortiqcha byurokratiyadan xoli ekotizim yaratamiz. Davlat xizmatlarini proaktiv va jamlanma shaklda ko‘rsatish tizimini rivojlantiramiz”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Facebook|Instagram|X
1👍1
#Murojaatnoma

Bundan buyon davlat xaridlari, tovar, ish va xizmatlar to'g'ridan-to'g'ri sotib olish mumkin bo'lgan holatlar faqat va faqat qonun bilan belgilanadi.
👍2