ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Matbuot kotibi, devonxona mudiri, inspektor kabi lavozimlar davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritildi

🔹Adliya vazirligi tomonidan Davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati hamda lavozimlarining davlat reyestriga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3705, 2025-yil 14-noyabr).

🔹Unga ko‘ra, Davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxatiga quyidagilar kiritilmoqda:
- Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi (21.08.2025 yildagi PF–142 Farmon bilan yangi tashkil qilingan);
- Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi (22.09.2025 yildagi PF–174 Farmon bilan yangi tashkil qilingan);
- Kasbiy ta'lim agentligi (23.10.2025 yildagi PF–190 Farmon bilan yangi tashkil qilingan).

🔹Shu bilan birga, Respublika, hududiy va tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri quyidagi lavozimlar bilan to‘ldirilmoqda:
- vazirlik va idoralarda 16 ta turli lavozimlar (axborot xizmati rahbari (matbuot kotibi), bosh inspektor, bosh maslahatchi, bosh yuriskonsult va boshqalar);
- hududiy bo‘linmalarda 14 ta turli lavozimlar (matbuot kotibi, devonxona mudiri, yetakchi maslahatchi, katta maslahatchi va boshqalar).

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat xizmatlarida gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha Kuzgi maktab bo'lib o'tmoqda.

🇪🇺🇺🇳 Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorligida, Adliya vazirligi ko‘magida 17–20-noyabr kunlari Samarqand shahrida “Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda gender masalalari” mavzusidagi to‘rt kunlik Kuzgi maktab tashkil etilmoqda.

🔹 Tadbirda 14 ta pilot hududdan 30 dan ortiq Xotin-qizlar maslahat guruhi (WAG) ekspertlari va Davlat xizmatlari markazlari xodimlari, shuningdek, adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev, Latviyaning O‘zbekistondagi elchisi janob G.Yaunzems hamda BMT TDning O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari janob A.Qarman ishtirok etishmoqda.

🔹 Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar:
— ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi bilan samarali muloqot qilish,
— ziddiyatli vaziyatlarni yumshatish,
— psixologik birinchi yordam ko‘rsatish,
— gender asosidagi zo‘ravonlik holatlariga javob berish va yo‘naltirish bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar.


🔹 Mashg‘ulotlar davomida raqamli davlat xizmatlari va moliyaviy savodxonlik bo‘yicha sessiyalar o‘tkazilib, qishloq joylardagi ayollarni my.gov.uz platformasidan samarali foydalanishga o‘rgatish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

❗️Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida o‘tkazilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1🎉1
#Bayrogim_faxrim

❗️Mangu hilpirayver - davlat bayrog'i

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasida O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'ining 34-yilligiga bag'ishlangan "Ranglar jilosi" rasmlar tanlovi bo'lib o'tdi.

Tanlovda viloyatning turli hududlaridan kelgan inklyuziv ta'lim olayotgan o'quvchilar ishtirok etdilar va davlat bayrog'iga bo'lgan munosabatlarini o'z rasmlarida aks ettirdilar.

Ishtirokchilarning ijod namunalari adliya xodimlari tomonidan xarid qilindi. Tadbir so'ngida tanlov ishtirokchilariga boshqarmaning diplom hamda esdalik sovg'alari topshirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍5🔥2👏2
#Adliya_aralashgach

Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, "Bo‘ston" MFYda yashovchi fuqaro X.E. foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun belgilangan kompensatsiya pullarni undirishda amaliy yordam so‘rab tuman adliya bo‘limiga murojaat qilgan.

O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, fuqaro X.E. 1996-yildan buyon tuman sog‘liqni saqlash bo‘limida mehnat faoliyatini amalga oshirib kelgan bo‘lsa-da, 2025-yil 21-iyunda ishdan bo‘shatilganidan so‘ng unga foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun belgilangan pullik kompensatsiyalar to‘lanmagan.

Mazkur qonunbuzilish yuzasidan Ishtixon tuman adliya bo‘limi tomonidan tegishli tashkilotga taqdimnoma kiritilib, qonuniy ta’sir choralari qo‘llanildi.

Taqdimnoma natijasida fuqaro X.E. foydasiga 55 280 000 so‘m miqdorida foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun kompensatsiya pullari to‘lab to‘lab berilishiga erishildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍2🔥1👏1
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️Pedagoglarga har oylik ustama tayinlandi

Uchko'prik tumani adliya bo'limi tomonidan 35-umumiy o'rta ta'lim maktabi pedagog xodimlarining har oylik ustamalar tayinlanmaganligidan norozi bo'lib qilgan murojaati ko'rib chiqildi.

Ma'lum bo'lishicha pedagog xodimlar har oylik ustama tayinlash uchun ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni Ishchi guruhga taqdim qilgan bo'lsa-da, turli bahonalar bilan ularning arizasi va ustama tayinlash uchun asos bo'luvchi hujjatlari ko'rib chiqilmasdan, har oylik ustama tayinlash ortga surib kelingan.


Adliya bo'limi tomonidan ustama tayinlash uchun asos sifatida taqdim qilingan hujjatlar o'rganib chiqilganda 14 nafar pedagog, psixolog hamda kutubxonachilar tomonidan 2024-2025-o'quv yilida amalga oshirilgan ishlar belgilangan mezonlarga javob berishi aniqlanib, taqdimnoma ta'sir chorasi qo'llanildi.

Taqdimnomaga asosan 35-umumiy o'rta ta'lim maktabining 14 nafar xodimlariga har oylik ustama tayinlandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍1👏1
🤝 Institut va Mayer Brown yuridik firmasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi

Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Mayer Brown yuridik firmasi o‘rtasida yuridik ta’lim va malaka oshirish sohalarida hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan hamkorlik Memorandumi imzolandi.

📌 Memorandum doirasida tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi belgilangan:

➡️xalqaro savdo huquqi, JST nizolari va zamonaviy tendensiyalar bo‘yicha yuridik salohiyatni oshirish;

➡️Mayer Brownning yetakchi mutaxassislari ishtirokida ma’ruzalar, mahorat darslari va o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish;

➡️vebinarlar, davra suhbatlari hamda ikki tomonlama o‘quv tashriflarini amalga oshirish;

➡️ilmiy, huquqiy va axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish;

➡️qisqa, o‘rta va uzoq muddatli qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish.


🔹 Ushbu kelishuv Institutning xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdagi navbatdagi muhim qadamidir.

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8