ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Andijon viloyatida O'zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan adliya organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar.

❗️Batafsil yuqoridagi 👆 ko'rsatuvda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targʼibot

Adliya: Soliq idorasida mahorat darsi

🔹Navoiy viloyat soliq boshqarmasi xodimlariga kontrafakt mahsulotlarni aniqlash bo‘yicha master klass tashkil etildi. Tadbir intellektual mulk sohasidagi kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida imzolangan "Kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish" bo‘yicha qo‘shma qarorga muvofiq tashkil etildi.

🔹Tadbirda kontrafakt mahsulotlarni asl mahsulotlardan farqlash, bunday mahsulotlarning iqtisodiyotga zararlari toʻgʻrisida tadbir ishtirokchilariga tushuntirishlar berildi. Shuningdek, Tadbir davomida:
▪️ kontrafakt mahsulotlarni aniqlash usullari;
▪️ huquqiy tartib va ta’sir choralarini qo‘llash mexanizmlari;
▪️ adliya va soliq organlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

🔹Mazkur hamkorlik kontrafakt mahsulotlar aylanmasiga qarshi kurashishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
"Madad” NNT va Buyuk Britaniya elchixonasi hamkorligi yangi bosqichda!

🛡 “Madad” NNT ijrochi direktori Saidov Shakir Kamalovich Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bo‘lim boshlig‘i Xelen Brodrik xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda tashkilotning amalga oshirgan ishlari va 2025 yilga mo‘ljallangan muhim yangi loyihalari haqida ma’lumot berildi.

📌 Elchixonaga taqdim etilgan 2025-2026 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatish va odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini ta’minlash” nomli loyiha muhokama qilindi.

Tomonlar mamlakatimizda huquqiy xizmatlar sifatini oshirish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni davom ettirishga kelishib oldilar.
Uchrashuv ikki tomonlama samarali hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

👉 Batafsil o‘qing: advice.uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Joylarda davlat xizmatini koʻrsatishga masʼul idoralarda (bek-ofis) xizmat koʻrsatishdagi byurokratik omillar oʻrganilmoqda.

🔹Xususan, ishchi guruhi tomonidan Sirdaryo viloyatining Guliston shahri hamda Xovos, Mirzaobod tumanlaridagi maktab va maktabgacha taʼlim, transport, sport, bandlikka koʻmaklashish idoralarida ortiqcha tartib-taomillarni qisqartirish, xizmat koʻrsatish jarayonini yanada soddalashtirish orqali davlat xizmatini koʻrsatish samaradorligini oshirishga eʼtibor qaratilmoqda.

🔸Monitoring yakunlari boʻyicha davlat xizmatidan foydalanishda aholiga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha aniq choralar koʻrilishi rejalashtirilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot