ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Tashkent_Law_Spring_2025

Anna Gilyard Sashko,
Mustaqil yurist-maslahatchi va arbitr (Fransiya Respublikasi):


Metaolamda aktivlarni tokenlashtirish jarayoni blokcheyn texnologiyasiga tayanadi. Blokcheyn bu xavfsiz, shaffof va oʻzgartirib boʻlmaydigan raqamli reestr. U orqali raqamli aktivlarning aniq mulkdori va uning harakatlanish tartibi qayd etiladi. Bu jarayonda aktivlar raqamli shakldagi tokenlarga aylantiriladi va ular bilan savdo qilish imkoniyati yuzaga keladi.

Metaolamda tokenlashtirish yoʻli bilan turli aktivlar raqamli shaklda taqdim etilishi mumkin. Bular qatorida virtual yer uchastkalari, infratuzilma obyektlari, NFT koʻrinishidagi raqamli sanʼat asarlari, avatarlar va oʻyin ichidagi elementlar kabilar bor.

Hozirda turli huquq tizimlari tokenlarning huquqiy tabiatiga turlicha yondashmoqda. Ayrim yurisdiksiyalarda tokenlar mulkiy huquq obyekti sifatida qaralsa, boshqalarida ular shartnomaviy huquqlar deb baholanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va
malakasini oshirish instituti va Singapurda faoliyat yurituvchi Sage Mediatsiya tashkiloti o‘rtasida Memorandumi imzolandi.

Ushbu hujjat tomonlar o‘rtasida yuridik kadrlar salohiyatini oshirish, huquqiy islohotlarni jadallashtirish, nizolarni muqobil hal etish yo‘llarini targ‘ib qilish va tajriba almashish kabi yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

Hamkorlik asosiy yo‘nalishlari:
• Sage Mediatsiyaning yetakchi mutaxassislarini Institut tinglovchilari va professor-o‘qituvchilariga mediatsiya va nizolarni muqobil hal qilish bo‘yicha ma’ruzalar o‘qishga jalb qilish;
• xalqaro tajriba almashinuvi, xususan, qo‘shma seminarlar, konferensiyalar va davra suhbatlarini tashkil etish;
• ilmiy-tadqiqot ishlari, adabiyotlar va tahliliy nashrlar almashinuvi;
• qisqa va uzoq muddatli hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish;
• mediatsiya madaniyatini Singapur va O‘zbekiston tajribasi asosida targ‘ib qilish.


Mazkur Memorandumning imzolanishi ikkitomonlama aloqalarni mustahkamlabgina qolmay, balki O‘zbekiston yuridik tizimida muqobil nizolarni hal etish mexanizmlarini kengroq joriy etish, huquqiy xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
#Tashkent_Law_Spring_2025

Pyali Chatterji,
ICFAI Universiteti, Chhattisgarh, Raipur, Huquq fakulteti bo‘lim boshlig‘i (Hindiston):


EctoLife inson embrionlarini ayol tanasidan tashqarida rivojlantirishga qaratilgan sunʼiy bachadonlardan foydalanishni koʻzda tutuvchi ilgʻor reproduktiv texnologiyalar konsepsiyasidir. Berlinda faoliyat yurituvchi biotexnolog Hoshim Al-Gʻayli taklif etgan EctoLife dunyodagi birinchi sunʼiy bachadon muassasasidir. U genetik muhandislik, biotexnologiya va sunʼiy intellekt texnologiyalarini uygʻunlashtirib, koʻplab muammolarga samarali yechimlar taklif etadi.

Bu innovatsiya, ayniqsa, tugʻishda muammoga duch kelayotgan juftliklarga anʼanaviy homiladorliksiz biologik farzandli boʻlish imkonini yaratadi. JSS maʼlumotiga koʻra, har yili homiladorlik bilan bogʻliq asoratlar tufayli 300 mingdan ortiq ayol hayotdan koʻz yumadi. EctoLife texnologiyasi bunday xavflarni kamaytirib, noqulay tugʻruqlarni bartaraf etish imkonini beradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

Aset Ordabayev,
Kasperskyning Markaziy Osiyo va Moʻgʻuliston boʻyicha davlat organlari bilan hamkorlik yoʻnalishi rahbari (Qozogʻiston Respublikasi):


Jadal raqamlashuv jarayonlari insoniyatga ulkan qulayliklarni taqdim etmoqda. Biroq bu jarayon ortidan kiberxavflar kabi yangi tahdidlar ham paydo boʻlmoqda.

2024-yil holatiga koʻra dunyo boʻyicha 6,1 milliard kiberhujum toʻxtatilgan. Bu shunchaki raqam emas har bir internet foydalanuvchisiga xavf soluvchi murakkab tahdidlarning masshtabidir. Shundan 437 million zararli hujumlar internet-resurslar orqali amalga oshirilgan, 325 ming unikal foydalanuvchi esa bank hisoblariga qilingan hujumlardan himoya qilingan.

Kundalik aniqlanayotgan zararli obyektlar soni 1 milliondan oshmoqda. Ular orasida fishing, skam, zararli URLlar va moliyaviy firibgarlik asosiy oʻrinni egallamoqda. Eʼtiborli jihati tahdidlarning 99%i avtomatlashtirilgan tizimlar orqali aniqlanmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

Doktor Hans Yoaxim Shramm,
Vismar amaliy fanlar universiteti professori:

– Ayni paytda amaldagi o‘quv dasturlari talabalarni real muammolarni hal qilishga tayyorlashda yetarli darajada moslashmagan, ayniqsa, raqamlashtirish oqibatlarini hisobga olish borasida.

SI vositalaridan foydalanish huquqshunoslardan yangi ko‘nikmalarni talab etadi. SI o‘qituvchilar uchun talabalarga topshiriq berishda alohida qiyinchiliklar tug‘diradi. Topshiriqlarnisun’iy intellektga asoslangan chat bot – ChatGPTga matn kiritish orqali hal qilish ma’noga ega emas.

Bu jarayonda topshiriqlar murakkabligini oshirish yoki og‘zaki imtihonlarni qayta joriy etish ehtimoliy yechimlaridan biri bo‘lishi mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

Sören A. Croll,
Jura One kompaniyasi-rahbari
(Germaniya Federativ Respublikasi)
:

Aqlli o‘qitish platformasi kelajak ta’limi uchun strategik yechimdir. Bunday platformalar faqat ta’limni emas, o‘rganish jarayonini ham individuallashtirib, sifat va samaradorlikni ta’minlash imkonini bermoqda.

Platforma huquqiy yondashuvlarga (deduktiv/induktiv) asoslanishi, ma’lumotnoma yoki interaktiv o‘quv resurs sifatida xizmat qilishi mumkin. Undan veb tarzida ish stolida yoki ilova shaklida mobil qurilmalarda foydalanish mumkin bo‘ladi.

Platforma internetga ulangan va uzilganda ham ishlayoladigan bo‘lishi lozim. Interfeysi tushunarli, foydalanishda sodda va o‘quvchiga o‘z o‘sishini kuzatish imkonini berishi shart.

Kelajakda aqlli onlayn o‘qitish platformalarining rivojlanishi ikki asosiy yo‘nalishda – aralash ta’lim modellari yoki faqat raqamli, sun’iy intellekt asosida davom etadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

🇸🇬🇺🇿 Adliya vaziri A. Tashkulov Singapur bosh prokurori Lucien Vongni qabul qildi

📍 2025-yil 30-may kuni Adliya vaziri A. Tashkulov hamda Singapur bosh prokurori Lucien Vong o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🤝 Uchrashuvda adliya va huquq sohalarida istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari hamda yangi tashabbuslar muhokama qilindi.

🔹 A. Tashkulov so‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilgan yuridik islohotlar, jumladan:
• davlat xizmatlarida BPR joriy etilgani;
• “Situatsion markaz”, “Litsenziya” va “E-Apostil” tizimlari yaratilgani;
• LexAI — sun’iy intellektga asoslangan yuridik platforma ishga tushirilgani haqida ma’lumot berdi.

📑 Tomonlar qonunchilik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish, xalqaro shartnomalarga muvofiqligini ta’minlash, tartibga solish ta’sirini baholash va korrupsiyaga qarshi ekspertiza borasida hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

🇺🇿🤝🇦🇿 O‘zbekiston va Ozarbayjon davlat xizmatlari sohasida tajriba almashmoqda

Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumi doirasida O‘zbekiston Adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiyev va Ozarbayjon Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlari va ijtimoiy innovatsiyalar bo‘yicha davlat agentligi raisi o‘rinbosari J. Salmanov uchrashdi.

💬 Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida samarali va ishonchli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi.

🔹 O‘zbekiston tomoni yurtimizda bu yo‘nalishda amalga oshirilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar bilan bo‘lishdi.

🔹 Ozarbayjon vakillari esa “Oson xizmat” loyihasi doirasidagi tajribalar haqida ma’lumot berdi.

📌 Tomonlar kelgusida ham tajriba almashinuvini davom ettirishga kelishib oldilar.

🟢 Uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tashkent_Law_Spring_2025

🇺🇿🤝🇦🇿 O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi adliya sohasidagi hamkorlik yangi bosqichda

Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Tashkulov Ozarbayjon Adliya vaziri Farid Axmedov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

🤝 Uchrashuvda tomonlar do‘stona va strategik hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

📑 Suhbat davomida ikki davlat adliya organlari o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

🖊 2025–2026-yillar uchun Hamkorlik dasturi imzolandi. U quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
• qonunchilik hujjatlarining ta’sirini baholash;
• yuridik kadrlar tayyorlash;
• notarial tizimni takomillashtirish;
• raqamlashtirish va sun’iy intellektni huquqiy sohalarga joriy etish bo‘yicha tajriba almashish.

🔰 Ozarbayjon tomoni “Tashkent Law Spring” forumini xalqaro miqyosdagi nufuzli maydon sifatida e’tirof etdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tashkent_Law_Spring_2025

🇺🇿🤝🇲🇾 O‘zbekiston va Malayziya: huquqiy hamkorlik yangi bosqichda

Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumi doirasida Adliya vaziri Akbar Tashkulov Malayziya Bosh vaziri Departamenti huzuridagi Huquqiy va Institutsional islohotlar vaziri Azalina Osman Said bilan uchrashdi.

💬 Uchrashuv avvalida mehmonning forumdagi ishtiroki va faol muloqotlari uchun minnatdorlik bildirildi.

📆 Tomonlar O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992-yildan buyon izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladilar.

🔹 Uchrashuvda quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi:
• qonun ustuvorligini ta’minlash;
• inson huquqlarini himoya qilish;
• davlat xizmatlarini raqamlashtirish;
• adliya sohasidagi islohotlar bo‘yicha tajriba almashish.

🖊 Uchrashuv yakunida ikki mamlakat o‘rtasida huquqiy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha memorandum imzolandi.

🌐 Malayziya tomoni O‘zbekistondagi islohotlarni yuqori baholab, ularni xalqaro darajada yuksak e’tirof etilayotganini ta’kidladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

🌍 Adliya vaziri A. Tashkulov va World Justice Project vakili M. Lewis uchrashuvi

📅 2025-yil 30-may kuni “Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumi doirasida Adliya vaziri Akbar Tashkulov Jahon odil sudlov loyihasi (World Justice Project)ning davlat sektori bilan hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Mark Lewisni qabul qildi.

🔹 Uchrashuvda O‘zbekistonda sud-huquq tizimi, davlat boshqaruvi, murojaatlar bilan ishlash va bepul huquqiy yordam ko‘rsatish yo‘nalishlaridagi islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

📌 M. Lewis O‘zbekistondagi islohotlarning hujjatlar bilan cheklanib qolmay, mahalla darajasida ham amaliyotga joriy etilayotganini yuqori baholab, bu yondashuv ko‘plab muammolarga samarali yechim bo‘la olishini ta’kidladi.

🌟 Shuningdek, u huquq ustuvorligini ta’minlash borasida O‘zbekiston mintaqadagi ilg‘or davlatlardan biri ekanini e’tirof etdi.

🤝 Tomonlar ushbu sohada hamkorlikni chuqurlashtirib, mavjud muammolarni bartaraf etishda birgalikda harakat qilishga kelishib oldilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

🏛 O‘zbekiston Adliya vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki: biznes muhiti uchun yangi bosqich

📅 2025-yil 30-may kuni Adliya vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

💬 Uchrashuvda O‘zbekistonda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, ayniqsa kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish yo‘nalishida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

🔹 Ikki asosiy yo‘nalishda kelishuvga erishildi:
1. Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish;
2. Statistik ma’lumotlarni taqdim etish tizimini avtomatlashtirish.

📌 Jumladan:
• texnik va ma’muriy to‘siqlarni baholash va yumshatish;
• har ikki yilda bir marotaba “regulyator gilotinasi” usulini qo‘llash;
• standart biznes hisobotlari tizimini yaratish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

📊 Hozirda ijtimoiy munosabatlar 83 mingdan ortiq hujjatlar bilan tartibga solingan bo‘lib, ulardan 39 mingdan ortig‘i tadbirkorlar uchun majburiy talablarni o‘z ichiga oladi.

Yangi tizim yordamida hisobot yuritish jarayoni soddalashadi va kichik hamda o‘rta biznes uchun katta qulaylik yaratiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

🇺🇿🤝🇦🇪O‘zbekiston va BAA adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik mustahkamlanmoqda

2025-yil 30-may kuni Adliya vaziri o‘rinbosari Sherzod Rabiev BAA Adliya vaziri o‘rinbosari, sudya Abdurahmon Murad Albaloshi bilan uchrashdi.

🤝 Uchrashuvda:
— huquqiy hamkorlikni kengaytirish,
— yuridik kadrlar tayyorlash,
— raqamli adliya bo‘yicha tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar 2025–2026 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini ishlab chiqish va elektron notariat, raqamli identifikatsiya, onlayn xizmatlar bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

BAA tomoni O‘zbekistonda norma ijodkorligi, davlat xizmatlari va notariat sohasidagi islohotlarni ijobiy baholadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tashkent_Law_Spring_2025

Raqamli davrda yuridik ta’lim beruvchilar qanday kasbiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak?


Soren A. Croll
Germaniyalik huquqshunos, Jura one kompaniyasi rahbari

O‘qituvchilar raqamli dunyoda an’anaviy (analog) dunyodagi kabi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak, lekin ular texnologiyalarni ta’lim jarayonini yaxshilash uchun qo‘llay olishi zarur. Biz amalga oshirayotgan model — bu gibrid ta’lim modeli: ya’ni o‘qituvchi dars beradi, biroq ma’lumotlarning ko‘p qismi talabalarga onlayn orqali yetkazilsa samaraliroq bo‘ladi, chunki bu oshkora va kompyuter orqali o‘rganish yaxshiroq natija beradi. O‘qituvchi esa shu texnologiyalarni o‘z ta’limiga joriy etib, umumiy ta’lim tajribasini yaxshilashi kerak.

Menimcha, sun’iy intellekt yordamida talabalarni yaxshiroq o‘qitish mumkin, chunki u individual va moslashtirilgan ta’limni taqdim etadi. Bu esa ta’lim tajribasini yaxshilaydi. Demak, agar siz sun’iy intellektni joriy qilsangiz, talabalar yaxshiroq va tezroq o‘rganishadi hamda ko‘proq qobiliyatga ega bo‘lishadi.

Men yurist sifatida sun’iy intellektdan foydalangani uchun yolg‘onchilikda ayblangan shaxslarga yordam berganman. Germaniyada bu masala bo‘yicha muhokamalar bor: bu foydali narsami yoki yolg‘onchilikmi? Shuning uchun bu savolga aniq javob berish qiyin, va Germaniyada huquq ta’limida sun’iy intellektdan qanday foydalanish bo‘yicha jiddiy muhokamalar olib borilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tashkent_Law_Spring_2025

Mashinalar bizning regulyatsiyalarimizni yaxshilashga yordam beradi, ammo inson omili har doim kerak boʻladi

Yurgita Malinauskayte
Brunel huquq maktabi (BLS)ning rahbari (Buyuk Britaniya)


Maʼruzamda “aqlli regulyatsiya” haqida gapirdim. Aqlli regulyatsiya nuqtayi nazaridan, men “innovatsiyani qoʻllab-quvvatlovchi yondashuv”ni taklif qilaman. Yaʼni regulyatsiya quyidagi beshta ustunga tayangan boʻlishi kerak:

Moslashuvchanlik, ishonch, hamkorlik, eksperimentlar, tashabbuskorlik, yaʼni ochiqlikka ega boʻlish.

Men doimo shunday deyman: insonni hech qachon mashina almashtira olmaydi. Mashinalar bizning regulyatsiyalarimizni yaxshilashga yordam beradi, ammo inson omili har doim kerak boʻladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tashkent_Law_Spring_2025

Biz raqamli davrning ilk bosqichidanoq toʻgʻri huquqiy asoslarni yaratishimiz zarur


Margarita Amaksopulu
Oksford universitetining Raqamli siyosat bo‘yicha postdoktorantura tadqiqotchisi (Buyuk Britaniya)


Bugungi amalga oshirilayotgan ishlar ijodkorlik va erkin ifoda salohiyatini ochib beradi. Biroq, boshqa tomondan, agar texnologiyalar va ular ortidagi xavf-xatarlarni yetarlicha jiddiy qabul qilmasak, katta muammolar yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun xavflar ham bu muhokamalar markazida boʻlishi kerak. Biz inson huquqlarini inobatga olib, ilk bosqichdanoq toʻgʻri huquqiy asoslarni yaratishimiz zarur.

Shaxsiy fikrimcha, bu jarayonning markazida inson turadi. Men bilaman, bu boshqalar uchun bahsli masala boʻlishi mumkin, ammo menimcha, inson ijodkorligi, insonning hissasi va inson qoʻli teggan ish hech qachon mashinaning natijalari bilan tenglashtirib boʻlmaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tashkent_Law_Spring_2025

Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan asarlar kimga tegishli bo‘lishi kerak?


Vladimir Razuvaev
Xalqaro bozorlarda yuridik boʻlim rahbari Yango Yuridik Tech


Men bugun ba’zi masalalar, ayniqsa, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan asarning muallifligi va undan kelib chiqadigan huquqlar kimga tegishli bo‘lishi haqida so‘z yuritmoqchiman. Bu mening nazarimda nihoyatda muhim masala, chunki bu inson tomonidan qilingan ijodiy hissaning qay darajada bo‘lganiga bog‘liq. Misol uchun, agar biz AIga so‘rov kiritgan bo‘lsak va u biz uchun rasm, matn yoki asar yaratib bergan bo‘lsa, bu yerda savol tug‘iladi: huquq egasi kim bo‘ladi? Sun’iy intellektning o‘zimi, so‘rov bergan insonmi yoki boshqa kimdir?

Bu yetarlicha jiddiy muammo bo‘lib, hozirda ushbu yo‘nalishda aniq-huquqiy tartibga solish mavjud emas. Men taqdimotimda aynan shu masalani ko‘tardim — ya’ni sun’iy intellekt yordamida yaratilgan asarlar kimga tegishli bo‘lishi kerak? Afsuski, bu savollarga baribir aniq javob yo‘q hozir. Men savollarni ritorik tarzda qo‘ydim, auditoriya javob izlashga harakat qildi va bu muammolar haqida jiddiy o‘ylab ko‘riladi degan umiddaman.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tashkent_Law_Spring_2025

Tashkent Law Spring” dunyoning har yeridagi yuridik amaliyotga ta’sir ko‘rsatmoqda

Alistair Wishart
London shahridagi Baker Botts yuridik firmasining hamkori


Men O‘zbekiston Angliya va AQShga nisbatan nimalarda oldinda ekanligini bilishga qiziqdim. Va menga O‘zbekistonda yuridik soha ba’zi boshqa joylarga qaraganda ancha ochiq va ilg‘or yo‘nalishda rivojlanayotgandek tuyuldi.

To‘g‘risi, men ilgari hech qanday forumlarda qatnashmaganman, ammo endi aynan shunday forumlarga, xususan, shu forumga kelishga qiziqishim ortdi. Men, forumning tashkiliy jihatlari va ishtirokchilar soni borasida juda katta taassurotga ega bo‘ldim. Tushunishimcha, tashkilotchilar hatto ba’zi odamlarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmay qolishgan, chunki juda ko‘p odamlar forumda ishtirok etishni istagan ekan.

Bu konferensiya O‘zbekiston va dunyoning boshqa mamlakatlaridan yuristlarni jamlab, yuridik sohadagi dolzarb va qiziqarli mavzularni muhokama qilishga xizmat qiladi. Aynan bu forum yuridik texnologiyalar va sun’iy intellekt mavzusiga bag‘ishlangan. Bu juda qiziqarli, chunki bu masalalar dunyoning har yeridagi yuridik amaliyotga ta’sir ko‘rsatmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tashkent_Law_Spring_2025

Sunʼiy intellekt va inson: mualliflik huquqi kimga tegishli boʻlishi yechilmayotgan muammo

Darya Kim
“Maks Plank” innovatsiyalar va raqobat institutining katta ilmiy xodimi


Sunʼiy intellekt mualliflik huquqlarini buzadimi? Menimcha, bu istisnolar va cheklovlarni qanday talqin qilishga bogʻliq. Bu boʻyicha juda kam sud amaliyoti mavjud. Agar himoya qilingan asarlar yoki boshqa materiallar sunʼiy intellekt tizimlarini ishlab chiqishda foydalanilsa, istisnolar va cheklovlar mezonlariga toʻliq javob bermaydi, deb oʻylayman. Ammo biz hozircha rasmiy qarorlarni kutmoqdamiz.

Sunʼiy intellektning raqamli kompaniyalar sohasidagi oʻrni yaxshi yoki yomon boʻlishi mumkin. Albatta, bu tadqiqot va ishlanmalarni, yaʼni innovatsiya jarayonini muayyan darajada yengillashtiradi. Agar u yangi dori vositalari yoki preparatlar ishlab chiqishda yordam bersa, u holda bu albatta katta foyda.

Intellektual mulk sohasida esa, masalan, oʻzini oʻzi boshqaruvchi avtomobil ixtiro qilindi, bu kashfiyotda AI va inson tafakkuri birgalikda qatnashgan. Agar bu qurilma bilan bogʻliq nimadir yuz bersa, kim javobgar boʻladi? – bunga hozircha yechim yoʻq.
Menimcha, asosiy xavf yoki muammo shundaki, maʼlum bir kashfiyotda hamisha ham haqiqiy ixtirochi bormi-yoʻqmi, yaʼni yetarli darajada hissa qoʻshgan inson bormi-yoʻqmi – bu aniq emas. Baʼzan juda oddiy hissa qoʻshgan shaxsni ham haqdor deb topish mumkin, bu esa toʻgʻri emas. Menimcha, bu aynan axborot texnologiyalaridagi muhim muammolardan biri.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tashkent_law_spring_2025

"
Tashkent Law Spring2025" IV xalqaro yuridik forumi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot