ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.7K photos
2.73K videos
39 files
9.45K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Tashkent_Law_Spring_2025

David Asatyani,
Gruziya Advokatlar kollegiyasining raisi:


Gruziyada advokatura sohasiga raqamlashtirish kirib kelgani ish jarayonlarimizni tezlashtirdi. Bizda maxsus platforma ishlab chiqilgan. Uzoq hududlarda yashaydigan insonlarga ham tezkor, qulay xizmat ko‘rsatadi. Masofaviy transformatsiya bilan ishlash aholiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudlarga bormasdan, masofadan turib, elektron tizim orqali ishlash imkonini berdi.
Sun’iy intellekt xavflarini, ma’lumotlarni saqlash tizimlarini o‘rgandik va advokatlarning yangi muhitga moslashishi ustida alohida tadqiqot olib bordik.

Yuristlar uchun bu platformada malakasini oshirish imkoniyati yaratilgan. Bunday elektron platformalarni faqat advokatlar uchun emas, imkoniyati cheklanganlar foydalanishi uchun ham qulay shaklda tashkil qilganmiz.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

Anar Ramiz oʻgʻli BAGHIROV,
Ozarbayjon Advokatlar kollegiyasining raisi:


2024-yildan boshlab, ish jarayonlarini yanada soddalashtirish maqsadida advokaturani raqamlashtirish tizimi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. “e-Vekil” elektron ilovasidan foydalanish yoʻlga qoʻyildi. Ushbu ilova orqali advokatlar qulay raqamli muhitda professional harakatlarni amalga oshirishi, yaʼni elektron shartnomalar tuzishi, jarayonlarni kuzatib borishi, taʼlim dasturlariga qoʻshilishi mumkin boʻldi.

Ozarbayjon Respublikasi Advokatlar kollegiyasi tuzilmasida “Elektron advokatlik”, “Kiberxavfsizlik” qoʻmitalari tuzildi. Bu ixtisoslashtirilgan qoʻmitalarda amaliyotchi yuristlar, axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali xodimlar, huquqshunoslar faoliyat yuritishadi. Ushbu qoʻmitalar joriy ekspertizani amalga oshiradi, qonun hujjatlarini, uni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

Mark Hammerson,
Curtis, Mallet-Prevost, Colt & Mosle LLP
xalqaro yuridik firmasi hamkori (London):


Huquq raqobat muhitida yaxshi ishlaydi. Bugungi kunda professional advokat bo‘lmaganlar ham qo‘shimcha daromad olish uchun yuridik xizmatlarni taklif qilmoqda. Zamonaviy texnologiyalarni yaxshi o‘zlashtirmaslik advokaturani boshqa kasblar bilan raqobat qilishga majbur qiladi.

Aslida yuridik xarajatlar yirik biznes vakillari va badavlat shaxslardan tashqari hamma uchun juda qimmat. Yuqori xarajatlar, qonunchilikning murakkabligi yuridik xizmatlar, xususan, advokat xizmatlaridan keng foydalanmaslikka olib keladi.

Biz SI inqilobining boshida turibmiz. SI allaqachon kichik huquqshunos darajasida ishlay oladi. Ammo kichik advokatning ishi kattalar tomonidan tekshirilganidek, sun’iy intellektning ishi ham inson tomonidan tekshirilishi kerak.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Ҳуқуқ оламидаги аёллар – улар қандай муваффақиятга эришганлар?

Ҳуқуқшунослик эркакча соҳа деган қараш бор. Лекин қатъиятли ва тартибли ҳуқуқ оламида аёллар ҳам катта муваффақиятлар қозонишади.

Тошкент ҳуқуқ баҳори – 2025” халқаро юридик форуми доирасида машҳур ҳуқуқшунос аёллар билан бизнес-нонушта уюштирилди. Тадбир GIZ Uzbekistan қўллови остида ташкил қилинди.

Унда арбитраж афсонаси Керолин Лэмм (White & Case юридик фирмаси ҳамкори), Гарвардни битирган биринчи ўзбек қизи Диёра Зияева, Адлия вазирлиги бўлим бошлиғи Хурлиман Айтниязова, Chervets.Partners юридик фирма асосчиси ва TIAC арбитри Евгения Червец каби машҳур ҳуқуқшунос аёллар иштирок этишди.

Уларнинг ҳар бирида муваффақиятга олиб келган ўз тарихи, ҳикояси бор.

Рағбатлантирувчи руҳда ўтган тадбирда, масалан, мана бундай қизиқ саволлар берилди: “Ўзингизнинг 20 йил олдинги версиянгизга қандай маслаҳат берган бўлар эдингиз?”

Маслаҳатлар турлича бўлса ҳам, ҳамма бир гапни айтди: “Қийинчиликлар чиниқтиради. Нима бўлган тақдирда ҳам, синиб қолма, тик туриб олдинга интил”, дейишди.

Нонуштада турли мамлакатлардан келган ва юртимизда фаолият юритаётган 100 дан ортиқ ҳуқуқшунос аёллар иштирок этишди. “Мақсади мотивация бериш бўлган тадбир мақсадига етди: кўплаб бўлажак ҳуқуқ олами юлдузларига қанот бағишлади: шунча аёл кўзлари ёниб, қаддини янада тик тутиб ишига кетди.

Бу ҳали бошланиши!
#Tashkent_Law_Spring_2025

Lazar Yelena,
Doimiy arbitraj sudining a’zosi (Ruminiya):


Sun’iy intellekt bugungi kunda nafaqat taraqqiyot vositasi, balki jinoyat quroli sifatida ham faol qo‘llanmoqda. Jinoyatchilar sun’iy intellekt yordamida an’anaviy jinoyatlarni, jumladan, fishing hujumlari, tovlamachilik va zararli dasturlarni amalga oshirmoqda.

Deepfake texnologiyasi jiddiy xavf omiliga aylandi. SI yordamida yaratilgan soxta audio va video materiallar firibgarlik, tovlamachilik va ijtimoiy manipulyasiyalar uchun ishlatilmoqda. Masalan, 2024- yilda Arup kompaniyasi 25 million dollarlik deepfake firibgarligiga uchradi. Shuningdek, ovoz klonlash orqali bank operatsiyalarida firibgarliklar qayd etilmoqda.

Bunday texnologiyalar ijtimoiy muhandislik hujumlarida ham keng qo‘llanmoqda. Chatbotlar uzoq muddatli, ishonchli suhbatlar orqali foydalanuvchilarning maxfiy ma’lumotlarini bilib olishga urinadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

🇺🇿🇰🇬 “Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumi doirasida O‘zbekiston va Qirg‘iziston Adliya vazirliklari vakillari o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi.

🔹 2025-yil 30-may kuni Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov Qirg‘iziston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari Kuban Kazakov bilan muzokaralar o‘tkazdi.

📌 Uchrashuvda adliya va huquq sohasini raqamlashtirish, “LexAI” chat-boti va “E-Huquqshunos” platformasi imkoniyatlari, bepul yuridik yordam ko‘rsatish va intellektual mulkni xalqaro standartlar asosida himoya qilish borasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar taqdim etildi.

🗣 Qirg‘iziston tomoni esa inson huquqlarini ta’minlash, qonun ijodkorligi va huquqiy xizmatlar sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida axborot berdi.

🤝 Tomonlar adliya tizimida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va davlat xizmatlaridagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha tajriba almashinuvini davom ettirishga kelishib oldilar.

🟢 Uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025
⭕️ #jonli_efir

Ayni daqiqalarda “Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumi doirasida “Yuridik ta’lim 4.0: yangi kompetensiyalar, texnologiyalar va muammolar” mavzusida sessiya bo‘lib o‘tmoqda.


Jarayonni jonli efirda kuzatish uchun quyidagi havolaga kiring:

▪️“Yuridik ta’lim 4.0: yangi kompetensiyalar, texnologiyalar va muammolar”

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025
⭕️ #jonli_efir

Ayni daqiqalarda “Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumi doirasida “Metakoinotning huquqiy chaqiriqlari: virtual dunyo va real qonunlar” mavzusida sessiya bo‘lib o‘tmoqda.


Jarayonni jonli efirda kuzatish uchun quyidagi havolaga kiring:

▪️Metakoinotning huquqiy chaqiriqlari: virtual dunyo va real qonunlar

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

Saymon Tompson,
Sasseks universiteti xalqaro ishlar bo‘yicha prorektor o‘rinbosari (Buyuk Britaniya)


Biz bugun muhim tarixiy bosqichda turibmiz – raqamli davr nafaqat huquq amaliyotini tubdan o‘zgartirdi, balki huquqni o‘rganish, o‘qitish va tushunish usullarida ham inqilob yaratdi. Sun’iy intellekt, blokcheyn, raqamli shartnomalar va katta ma’lumotlar endilikda sud zallari, komplayens nazorati va huquqiy xizmatlarni qayta shakllantirmoqda.

Internet va sun’iy intellekt axborot olisni yengillashtirdi. Ushbu axborort oqimida yo‘nalishni topish, saralash va tushunish uchun huquqiy ta’lim markaziy o‘rin tutishi shart. Universitetlar raqamli texnologiyalarni ijodkorlik va faollikni rivojlantiruvchi omil sifatida qabul qilishi kerak.

Texnologiyalarni ta’limga joriy etishda uchun izlaning, |sinab ko‘ring, tayyorgarlik ko‘ring zarur qo‘llanmalar, QR kodlar va havolalarni oldindan tayyorlang.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

Elchin Abuzar Khalafov,
Ozarbayjon Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Adliya akademiyasi prorektori (Ozarbayjon Respublikasi)


Bugungi globallashuv va raqamli inqilob davrida huquqiy tizimlar ham tezkor oʻzgarishlarga duch kelmoqda. Zamonaviy huquq faqat joriy ehtiyojlarga javob beribgina qolmay, balki kelajakda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni ham oldindan koʻra oladigan darajada dinamik boʻlishi zarur.

Sud jarayonlarining avtomatlashtirilishi, shartnomalar tuzishda smart-kontraktlar ishlatilishi – bular zamonaviy huquqiy texnologiyalarning namunalaridir.

Tez oʻzgarayotgan texnologik muhitda qatʼiy va doimiy qonunlar oʻrniga dinamik va vaziyatga moslashuvchan yondashuvlar talab qilinmoqda.

Xalqaro hamkorlik va transmilliy huquqiy normativlar milliy qonunchilikka tobora koʻproq taʼsir koʻrsatmoqda.

“Kelajak qonuni” – bu inson huquqlarini zamonaviy texnologiyalar fonida himoya qiladigan, moslashuvchan va oldini oluvchi huquqiy tizimdir.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

Dr. Stergios Aydinlis,
Durham yuridik maktabining sun’iy intellekt kafedrasi dotsenti (Buyuk Britaniya):


Sunʼiy intellektning huquqiy amaliyotdagi imkoniyatlari tobora kengayib bormoqda. Shu bilan birga, uning chegaralarini aniqlash zarurati ham yuzaga kelmoqda. Yaqinda 750 nafardan ziyod strategiya maslahatchisi oʻrtasida oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, sunʼiy intellekt ularga mazmunli kontentni tez va sifatli tayyorlashda yordam bergan. Ammo vazifa faqat SIning imkoniyatlari doirasida boʻlgan.

Promptlar – sunʼiy intellektga beriladigan koʻrsatmalar yoki savollar boʻlib, ular SIni belgilangan yoʻnalishdagi javobga yoʻnaltiradigan “kompas” vazifasini bajaradi. Yuridik prompt muhandisligi – huquqiy ishda samarali promptlar tuzishning sanʼati va ilmi hisoblanadi. Va bu jarayonning asosiy maqsadi – huquqiy ishda ishonchli natijalarga erishish va sunʼiy intellektdan samarali foydalanishdir.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

Kei HIROTA,
Yaponiya Adliya vazirligining Ilmiy-tadqiqot va ta’lim instituti professori, hukumat advokati (Yaponiya)


Huquqiy-texnik hamkorlik — bu Yaponiyaning rivojlanayotgan davlatlarga huquqiy sohadagi bilim, tajriba va resurslarini ulashish orqali qoʻllab-quvvatlashini anglatadi.

Bu hamkorlik quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
•Qonunchilik islohotlari boʻyicha maslahatlar;
•Sud va prokuratura tizimini rivojlantirish;
•Huquqshunoslar, prokurorlar va sudyalar uchun malaka oshirish kurslari;
•Xalqaro huquq boʻyicha seminar va konferensiyalar tashkil etish.

Yaponiyaning huquqiy-texnik hamkorlik faoliyati — bu faqat bilim almashinuvi emas, balki umuminsoniy qadriyatlar — adolat, tinchlik va huquq ustuvorligi uchun global hamkorlikdir. Bu faoliyat orqali dunyoda barqaror huquqiy tizimlar yaratishga hissa qoʻshiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

MIYAKI Yasuhiro,
Nagoya universiteti Oliy yuridik maktabi professori (Yaponiya)



– Professional Skills Instruction Materials Consortium (PSIM) Yaponiyaning turli huquq maktablarini birlashtirgan holda, kasbiy tayyorgarlik dasturlari va ta’lim materiallarini ishlab chiqishbilan shug‘ullanadi.
PSIM ishtirokchi maktablari o‘rtasida PSIM Web platformasi yaratgan bo‘lib, unazariy bilimni amaliy mashqlar bilan uyg‘unlashtirishga yordam beradi. Sud simulyatsiyalari va huquqiy amallar orqali huquqshunoslar uchun zarurko‘nikmalar rivojlantiriladi.

PSIM video ta’lim materiallari, generativ AI avatarlari orqali huquqiy maslahatlar,rol-o‘yinlar uchun qo‘llanmalar ishlab chiqmoqda. KEIJISOSHO & MINJISOSHO dasturlari yordamida jinoyat va fuqarolik ishlarini interaktiv o‘rganishimkoniyati taqdim etilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

Adrea Guachero,
Roma Tre universitetining tijorat huquqi professori (Italiya Respublikasi):


Metaolam – foydalanuvchilar avatarlar orqali oʻzaro muloqot qiladigan, doimiy, sinxron va kengayuvchan onlayn muhitlardan iborat boʻlgan uch oʻlchamli virtual dunyodir. Bu muhitlar real dunyodan mustaqil boʻlishi mumkin, biroq koʻp hollarda uni toʻldiruvchi va boyitish xususiyatiga ham ega.

Metaolamning hududsiz, yangi ijtimoiy-iqtisodiy makon sifatida shakllanishi, uning uchun mustaqil, fuqarolik va iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy tizimni yaratish zaruratini tugʻdiradi. Maqsad metaolamni individual tanlov asosida qoʻllanadigan, isteʼmolchi huquqlarini kafolatlaydigan va anʼanaviy huquqiy tizimlarga bogʻliq boʻlmagan huquqiy makon sifatida shakllantirish.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot