ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.73K videos
39 files
9.45K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tashkent_Law_Spring_2025

Keyt B. Karter,
professor, “KDA Capabilities kompaniyasi” hamkori va
JustAskProf.com asoschisi:

Sunʼiy intellektdan qo‘rqmasligimiz kerak. Biz uni yordamchi sifatida qabul qilishimiz, undan to‘g‘ri foydalanishimiz kerak.

O‘zbekistonliklarni tabriklayman. “Tashkent Law Spring” tadbiri meni juda hayratda qoldirdi. Bu forum dunyo bo‘ylab turli sohalardagi isteʼdodlarni bir joyga to‘pladi va sunʼiy intellekt bilan huquq sohasining qay tarzda uyg‘unlashishi kerakligi haqida eng dolzarb fikrlar bildirildi.

Аyni paytda SI va huquq sohalari birgalikda rivojlanishi juda muhim. Chunki huquqiy tizim aholining eng kam taʼminlangan qatlami va eng kichik bizneslariga ham adolatli va barobar xizmat ko‘rsata oladi. Men ishonamanki, agar SI yuristlar, sudyalar va advokatlar uchun yordamchi sifatida ishlatilsa, adolat va barqarorlikni yanada yuqori darajada taʼminlash mumkin bo‘ladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

Akbar Musayev,
“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi direktori:

Huquq va texnologiya chorrahasida yangi davr


Lex.uz mamlakatimizda huquqni raqamlashtirishning asosiy markazi hisoblanadi. Ushbu elektron platformada 50 mingdan ortiq huquqiy hujjat jamlangan bo‘lib, u rasmiy manba sifatida xizmat qiladi.

O‘zbek, rus va ingliz tillarida ishlaydigan bu baza har oy 1 milliondan ziyod foydalanuvchi tomonidan ishlatilib, 8 milliondan ortiq hujjat ko‘rilmoqda. Lex.uz nafaqat bugunning ehtiyojlarini qondiradi, balki kelajakdagi loyihalar uchun muhim imkoniyatlar ochadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥1
#Tashkent_Law_Spring_2025

Byung Chun SO
Adjou universiteti huquq fakulteti huquq professori

Legal Tech imkoniyatlari va vazifalari


Huquqiy texnologiyalar biznesdagi shartnomalarni tahlil qilishni soddalashtiradi. Sun’iy intellekt model shartnomalarni tekshirishda yordam beradi. Janubiy Koreyada 2016-yilda joriy etilgan irts.molit.go.kr shartnomalarni raqamlashtirishda muvaffaqiyatli qadam bo‘lgandi.

Shartnoma tahlili uchun maxsus ma’lumotlar bazasi kerak. Bu tizimlar shartnomalarni xavfsiz va tez boshqaradi. Ammo SIga ortiqcha qaramlik huquqshunoslarning ko‘nikmalarini pasaytirishi mumkin. “Tashkent Law Spring” forumi xalqaro tajribalarni O‘zbekistonga moslashtirish uchun muhim imkoniyatdir.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tashkent_Law_Spring_2025

🇶🇦 🇺🇿 Qatar va O‘zbekiston: adliya sohasida raqamli kelajak sari

📅 29-may kuni “Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumi doirasida Adliya vaziri Akbar Toshqulov Qatar Adliya vaziri Ibrohim bin Ali bin Issa Al Hassan Al Mohannadi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda:
🔹 O‘zbekistonda qonunchilik, huquqiy xizmatlar va intellektual mulkni himoya qilish yo‘nalishlaridagi islohotlar;
🔹 Sun’iy intellekt asosidagi raqamli adliya tizimi;
🔹 Qatar Adliya vazirligining advokatura, notariat, ko‘chmas mulk va yuridik xizmatlar borasidagi tajribasi muhokama qilindi.

📌 Qatar tomoni O‘zbekistondagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish tajribasiga katta qiziqish bildirdi.
🤝 Uchrashuv yakunida ikki davlat adliya vazirliklari o‘rtasida sun’iy intellekt va boshqa sohalarda tajriba almashishni kuchaytirishga kelishib olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

Akbar Musayev,
“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi direktori:


“LexAI” platformasi orqali 34 ming hujjat o‘qitilganda, 2-3 soatlik ishlar 15 daqiqaga qisqardi. U “Lex.uz” milliy qonunchilik bazasi bilan birlashib, huquqiy savollarga 24/7 chat-bot orqali javob beradi.

“LexVoice” imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulaylik yaratib, media materiallarini ovozlashtirishni 90 foizga tezlashtiradi.

“LexDocument” hujjatlarni avtomatlashtirib, korrupsiya va gender tengligini tekshiradi, hujjat tayyorlash 50 foizga tezlashadi.

Yurxizmat.uz” esa 2 tilda hujjat shakllantirishda yordam beradi va 70–80 foiz vaqtni tejaydi. Har oyda 120 mingdan ortiq foydalanish qayd etiladi, yillik foydalanuvchilar soni 1,5 millionga yaqin.

“Big data”, blokcheyn, VR/AR va avtomatlashtirish kabi texnologiyalar huquqiy jarayonlarni rivojlantirishda katta imkoniyatlar yaratadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

Mishel DeStefano
Mayami universitetining huquq professori:

Yuristlarning yangi roli: Yetakchilik va ichki o‘zgarishlar


Bugungi yuristlar faqat qonun bilimdonlari bo‘lib qolmasdan, zamonaviy texnologiyalarni ham o‘zlashtirishi zarur. Yetakchilik xususiyati tug‘ma emas, balki o‘z ustida ishlash orqali shakllanadigan ko‘nikma. Zamonaviy yetakchilar o‘zlarining kuchli va zaif tomonlarini aniq anglab, jamoa a’zolarining ish uslublariga moslashish qobiliyatiga ega bo‘lishadi.

Jamoaviy hamkorlik, ochiq fikrlilik va mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuv huquqiy xizmatlarda ishonchli munosabatlar o‘rnatishga yordam beradi. Murakkab muammolarni hal qilishda yuristlar huquq doirasidan tashqariga chiqib, turli soha mutaxassislari bilan hamkorlik qilishga tayyor turishi kerak.

Jonli efirni onlayn tomosha qiling: https://youtube.com/live/OWvGO-tXrL4?feature=share

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Генеральный секретарь СНГ С.Лебедев направил приветствие участникам IV Международного юридического форума «Tashkent Law Spring».

https://eccis.org/news/29824
🇺🇿🤝🇦🇪 O‘zbekiston va BAA o‘rtasida huquqiy hamkorlik mustahkamlanmoqda

📌 Senatning VII yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi bilan BAA o‘rtasida fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun ma’qullandi.

📜 Bitim 2024-yil 17-sentabr kuni Toshkentda imzolangan bo‘lib:
🔹 ikki davlat fuqarolarini teng huquqiy himoya bilan ta’minlash;
🔹 fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish;
🔹 sud hujjatlarini tan olish va ijro etish;
🔹 nizolarni hal qilishda hamkorlikni nazarda tutadi.

📊 Hozirgacha O‘zbekiston va BAA o‘rtasida 30 dan ortiq sohalarda huquqiy va iqtisodiy kelishuvlar imzolangan.

Mazkur qonun huquqiy munosabatlarni mustahkamlash, sud-huquq sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

Kristof Zorge,
Saarland Universitetidagi huquqiy informatika kafedrasi rahbari
(Germaniya):

Yuristlar uchun SI: YI nuqtayi nazaridan imkoniyatlar va maxfiylikka oid muammolar


Sud qarorlarini bashorat qilishda SIning qo‘llanilishi cheklovlarga duch kelishi mumkin, chunki sud hujjatlaridagi ma’lumotlar ko‘pincha qaror qabul qilingandan so‘ng tuziladi.

Maxfiylikni saqlovchi SI texnologiyalari sohasidagi tadqiqotlar rivojlanmoqda, ammo huquqiy jarayonlarda ishonchli natijalarga erishish uchun yanada kengroq va sifatli ma’lumotlar zarur.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

🇸🇦 🇺🇿 Saudiya Arabistoni bilan yuridik hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

📅 29-may kuni Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov Saudiya Arabistoni Qirolligi Adliya vaziri o‘rinbosari Salman Al-Favzan bilan uchrashdi.

Uchrashuvda:
🔹 Adliya va huquq sohasidagi istiqbolli yo‘nalishlar;
🔹 Sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan “LexAI” platformasi;
🔹Lex.uz” tizimi bilan integratsiya;
🔹 2025–2026-yillar uchun Hamkorlik dasturi muhokama qilindi.

🤝 Ikki tomon 2017-yilda imzolangan Anglashuv Memorandumiga asoslangan holda, yangi Hamkorlik dasturini tez orada imzolashga kelishib oldi.

📌 Saudiya tomoni ushbu hamkorlik kelgusida huquqiy sohadagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tashkent_Law_Spring_2025

🇦🇪 🇺🇿 BAA bilan davlat boshqaruvida strategik hamkorlik

📅 29-may kuni “Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumi doirasida Adliya vaziri Akbar Toshqulov BAA Hukumat ishlari vaziri va Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi Mar’yam bint Ahmad Al-Xammadi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda:
🔹 BAAning davlat boshqaruvidagi ilg‘or tajribasi;
🔹 Qonunlar ijrosini KPI asosida baholash;
🔹 “Zero Bureaucracy” tashabbusi;
🔹 ADAA platformasi asosida “Ijro.gov.uz” tizimini rivojlantirish;
🔹 Davlat xizmatlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

📌 2024-yilda O‘zbekiston Prezidentining PF–111-son Farmoni bilan qonunlar ijrosini monitoring qilish va baholash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

🤝 Tomonlar kelgusida bu boradagi hamkorlikni, xususan, “Zero Bureaucracy” loyihasini O‘zbekistonda joriy etishni jadallashtirishga kelishib oldi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

🇹🇷 🇺🇿 Turkiya va O‘zbekiston: huquqiy aloqalar mustahkamlanmoqda

📅 29-may kuni Adliya vaziri o‘rinbosari Sherzod Rabiyev Turkiya Adliya vaziri o‘rinbosari Xurshit Yildirim bilan uchrashdi.

🤝 Uchrashuvda:
🔹 Raqamlashtirish, sud ekspertizasi, yuridik ta’lim sohalarida hamkorlik;
🔹 1994-yildan boshlangan huquqiy aloqalarning uzluksiz rivoji;
🔹 So‘nggi 3 yilda 10 dan ortiq qo‘shma tadbirlar o‘tkazilgani ta’kidlandi.

📜 Hozirga qadar tomonlar o‘rtasida quyidagi yo‘nalishlarda memorandumlar imzolangan:
– Adliya sohasida hamkorlik (2018-yil)
– Sud ekspertizasi (2022-yil)
– Yuridik kadrlar malakasini oshirish

🗣 Turk tomoni “Tashkent Law Spring” forumining yuqori saviyada tashkil etilganini alohida e’tirof etdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tashkent_Law_Spring_2025

🤝 O‘zbekiston – Pokiston: adliya sohasida hamkorlik mustahkamlanmoqda

📅 29-may kuni Adliya vaziri Akbar Toshqulov Pokiston Islom Respublikasi Adliya vaziri Azam Nazeer Tarar boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda:
🔹 “Tashkent Law Spring” xalqaro forumidagi faol ishtirok;
🔹 Adliya tizimini raqamlashtirish;
🔹 Davlat xizmatlari;
🔹 Intellektual mulkni himoya qilish;
🔹 Yuridik yordam ko‘rsatish kabi yo‘nalishlarda fikr almashildi.

📌 Uchrashuv yakunida 2025–2026-yillar uchun Hamkorlik dasturi imzolandi. Bu hujjat qonunchilik, kadrlar tayyorlash, xalqaro nizolar bo‘yicha hamkorlik, RIA tizimi va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.

🗣 Pokiston tomoni O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarni yuksak baholadi va do‘stona aloqalarni mustahkamlashga tayyor ekanligini bildirdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot