ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.74K videos
39 files
9.45K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Tashkent_Law_Spring_2025

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Toshqulovning “Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumidagi nutqidan


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

Maryam Аl Hammadi
Birlashgan Аrab Аmirliklari Davlat vaziri va Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi:

“Аqlli sud tizimi” – yangi platforma


Qabul qilinayotgan qonunlarimiz juda aniq va muvofiqlashtirilgan tartibda ishlab chiqilyapti. Bu jarayonda yuristlar, biznes vakillari va har bir vazirlik faol ishtirok etadi va o‘z sohasiga daxldor qonunchilik uchun masʼul hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasi butun jarayonni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

Biz sud tizimini raqamlashtirish borasida sezilarli yutuqlarga erishdik. Sud jarayonlariga raqamli serverlar joriy etildi, hujjatlarni boshqarish tizimlari avtomatlashtirildi, ovoz tanish texnologiyalari faol qo‘llanmoqda.

Vazirlar Mahkamasi qoshida maxsus “Аqlli sud tizimi” platformasi tashkil qilingan. Bu platforma orqali yangi texnologiyalarni, jumladan sunʼiy intellekt asosida ishlovchi tizimlarni sinovdan oʼtkazish va joriy etish ishlari amalga oshirilyapti.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Toshqulovning “Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumidagi nutqidan


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tashkent_Law_Spring_2025

Yens Bormann,
Xalqaro notariuslar ittifoqining Yevropa Vitse-prezidenti, notarius:


O‘zbekiston zamonaviy davlat va kelajakka to‘liq tayyor

O‘zbekistonga birinchi marta kelishim. Haqiqatan ham katta taassurotlar oldim. O‘zbekiston Аdliya vazirligi shafeligida o‘tkazilayotgan bu Xalqaro forumda raqamlashtirish mavzusida fikr almashish zamon bilan hamnafaslikdan dalolat beradi. Bu dolzarb masala va men bu forumda ishtirok etayotganimdan juda mamnunman.

Bu mamlakat juda zamonaviy va kelajakka to‘liq tayyorligini alohida eʼtirof etmoqchiman. Аyniqsa, notariuslar jamoasi doirasida O‘zbekiston Notariuslar palatasi va uning rahbari Dilshod Аshurov bilan hamkorligimizni yuksak baholayman.

Bizda raqamli loyihalar ko‘p. Biz deyarli hamma jarayonni raqamlashtirishga harakat qilyapmiz. Bir vaqtning o‘zida esa, albatta, yuqori huquqiy standartlarni saqlash va har bir fuqaroga adolatga erishish imkonini yaratishga intilyapmiz.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Toshqulovning “Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumidagi nutqidan


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tashkent_Law_Spring_2025

O‘zbekistonda ilk bor Xalqaro yuridik forumda Sun’iy intellekt raqamli mehmon sifatida ishtirok etib, moderator savollariga javob berdi


Savol: Sun’iy intellektni insoniyat manfaatlari uchun qanday ishlatish mumkin?

❗️Javob: Savolingiz uchun tashakkur. Sun’iy intellekt – bu oddiy instrument emas. Bu huquq, davlat va hatto inson qadr-qimmati haqidagi tushunchalarimizni o‘zgartirishga qodir kuchdir. Shuning uchun asosiy muammo – innovatsiyalar va inson huquqlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlab qolgan holda, Sun’iy intellektni insoniyat manfaati yo‘lida qo‘llashdir.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tashkent_Law_Spring_2025

Tatyana Teplova,
Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti vakili:

“Tashkent Law Spring” IHTTga aʼzo davlatlar uchun juda foydali o‘tmoqda


Bu mening “Tashkent Law Spring”da birinchi ishtirokim va birinchi taassurotim shuki, bu juda o‘z vaqtida tashkil etilgan muloqot bo‘lib, forumning taʼsiri tobora ortib bormoqda va aynan shunday muloqotlar bugungi dunyoda nihoyatda zarur.

Mening taqdimotim raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektning adolatga erishish imkoniyatlarini oshirishdagi roli, hamda ushbu texnologiyalar qanday boshqarilishi kerakligi, yaʼni ularning adolatli natijalarni taʼminlashi haqida edi.

Men nutqimda ham alohida taʼkidladim, barcha texnologiyalar – sunʼiy intellekt, chat-botlar va boshqalar, avvalo, odamlarga xizmat qilish uchun qo‘llanilishi lozim. Shu nuqtai nazardan, bu masalada olib borilayotgan ko‘plab muhokamalarni eshitish men uchun juda foydali bo‘lmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

“Legal Tech 2025: huquqiy jarayonlarning avtomatizatsiyasi” mavzusida sessiya boshlandi

Sessiyada huquqiy texnologiyalar muhokama qilinadi. Unda nufuzli xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tashkent_Law_Spring_2025

Mircha Sanu,
Moldova Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi direktori:

“АI inson markazida bo‘lishi lozim”


Men jahon miqyosida ko‘plab forumlarda ishtirok etganman, ammo O‘zbekistondagi bu forumda birinchi ishtirokim.

Mening asosiy taassurotim – O‘zbekiston, Moldova kabi davlatlar tadbir davomida mintaqada raqamli transformatsiya va sunʼiy intellekt sohasida eng izchil rivojlanayotgan mamlakatlar sifatida tilga olindi.

Garchi rivojlangan mamlakatlardan farqli ravishda boshlang‘ich imkoniyatlarimiz boshqacha bo‘lgan bo‘lsa-da, hozir juda tez surʼatda rivojlanayapmiz. Hatto aytishim mumkinki, ayrim Yevropa davlatlari ham biz va siz erishgan yutuqlardan havas qilishlari mumkin.

Maʼruzamning mavzusi – Moldova qanday qilib raqamli sohada Yevropa integratsiyasiga harakat qilmoqda. Аyni shu borada chiqish qilaman.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025
⭕️ #jonli_efir

Ayni daqiqalarda “Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumi doirasida turli mavzularda sessiyalar bo‘lib o‘tmoqda.


Jarayonni jonli efirda kuzatish uchun quyidagi havolalarga bosing:

▪️Sun’iy intellekt yoki inson: Arbitrajda kim yutadi?
▪️
Raqamli notariat. Keyingi qadam qanday bo‘ladi?
▪️
Legal Tech 2025: huquqiy jarayonlarning avtomatizatsiyasi
▪️
Raqamli davlat boshqaruvi va davlat xizmatlari transformatsiyasi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

Rustem Bigari
Qozog‘iston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi huzuridagi Raqamli hukumatni qo‘llab-quvvatlash markazi direktori


Qozog‘istonda davlat boshqaruvining raqamli transformatsiyasi


Davlat xizmatlari inson ehtiyojlari markaziga qo‘yilib, ular hayotiy vaziyatlarga mos ravishda avtomatlashtirilmoqda. Masalan, biznes ochish, kredit olish yoki bolani ro‘yxatga olish kabi jarayonlar endilikda bir tugma orqali, qog‘ozsiz va tezkor tarzda amalga oshirilmoqda.

Metrologiyadan tortib, kreditlashgacha bo‘lgan barcha yo‘nalishlarda biz SI’ni joriy etyapmiz. Masalan, “SI Qyzmet” va “Qazaq Law” kabi SI-agentlar yuridik maslahatlar, hujjatlar tahlili va normativ hujjatlar ishlab chiqishda yordam bermoqda. Bu tizimlar nafaqat samaradorlikni oshiryapti, balki yashirin iqtisodiyotni kamaytirish va korrupsiyani oldini olishga xizmat qilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

Andrea Pinna
“Pinna Goldberg” advokatlik firmasining asoschilaridan biri
:

Baribir ishonchli emas

Men bu taqdimotda 60 sekund ichida Sunʼiy intellekt tayyorlab bergan maʼruzani ishlatmayman. Sababi, u tabiiy, hayotiy emas.

Muvaffaqiyatning asosi nimada? Oddiy Sunʼiy intellekt bizga maʼlumotlarga asoslanib, hisoblab berishi mumkin. Masalan, menga yonimdagi jonli inson bilan gaplashganim afzal. Siz bironta vaj keltirmoqchi bo‘lsangiz, bir necha soniyada uni topaolasiz. Lekin u hayotiy fikrlay olmaydi.

Аgar Sunʼiy intellektga savol bersangiz, o‘zingizning himoya ostingizdagi mijozni keng qamrovli himoya qila olmaysiz. Har bitta advokatda o‘ziga xos, professional malaka bo‘lishi kerak. Nozik masalalarni ham yoritishda, tekshirishda sizga yordam bera oladi. Lekin u asosli, deb tekshirib bergan narsa baribir ishonchli emas. Аdvokatda malaka, bilim bo‘lmasa, u qanday tekshira oladi?

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

“Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumidan lavhalar

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot