ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.46K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
📣GULISTON SHAHAR DEHQON BOZORIDA TARG'IBOT

🔹Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi, prokuratura, ichki ishlar,soliq hamda Guliston shahar hokimligi mutasaddilari ishtirokida Guliston shahar dehqon bozorida tashkil etilgan tadbirda bozorlar faoliyatini qonuniy tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

🔹Tadbir davomida bozorlar va savdo komplekslarini amaldagi qonunchilik talablari va zamonaviy yondashuvlar asosida tartibga keltirish, bozorlar va savdo komplekslaridan tushadigan bir martalik yig‘imlar, ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatini belgilangan tartibda undirilishi holati o‘rganilib, bu borada aniq vazifalar belgilab olindi.

🔹Shuningdek, yashirin iqtisodiyotga barham berish maqsadida adliya xodimlari tomonidan tadbirkorlar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilib, 10 nafar tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹Guliston shahri markaziy bozori hududida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🏆 Adliya vazirligi tomonidan "Lokomotiv" futbol klubining rasmiy belgisi xizmat ko'rsatish belgisi sifatida ro'yxatdan o'tkazildi.

⚽️ Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi bu bir yuridik va jismoniy shaxslar tovarlari va xizmatlarini boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning shu turdagi tovarlaridan farqlash uchun xizmat qiladigan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan belgilardir.

⚽️ Bungacha "Paxtakor" futbol klubining belgisi ro'yxatdan o'tkazilgan va huquqiy muhofazaga olingan edi.

⚽️ Lekin O'zbekistondagi boshqa hech bir futbol klubi o'z rasmiy belgisini tovar yoki xizmat ko'rsatish belgisi sifatida ro'yxatdan o'tkazmagan.

🌐Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Ахborot 24 | Favqulodda vaziyatlar tizimida ta’lim va huquq integratsiyasi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Hech_bir_shaxs_hujjatsiz_qolmaydi

Sahovatlik Zarifa hujjatli bo'ldi

Adliya organlari va muassasalarida bugungi kunda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda joylarda fuqarolarga bepul birlamchi huquqiy ko‘mak berish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan “Hech bir fuqaro hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi o‘tkazib kelinmoqda.

Mazkur aksiya doirasida Yangi Namangan tuman, Sahovat MFYda istiqomat qiluvchi aholini muammolari o’rganildi. O’rganish davomida shaxsini tasdiqlovchi xujjati yo’q, yoki oila tarkibida muammosi bor fuqarolarga huquqiy yordam ko’rsatildi.

Jumladan, 25 yildan buyon tug’ilganlik guvohnomasini olmagan Xolmatova Zarifa Ilxomjon qiziga tug’ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi. Buning natijasida mazkur fuqarolarning 25 yillik muammosi ijobiy yechim topdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
✍️Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar Yagona elektron reyestri shakllantirilishi davom etmoqda.

📊Raqobat - 219 ta.
💳Savdo - 218 ta.
🛡Sug'urta - 206 ta.
💰Kapital bozor - 431 ta.


🧾Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9- noyabrdagi PF–244-son Farmoniga muvofiq Tadbirkorlikka oid barcha majburiy talablarning Yagona elektron reyestri ishga tushirilishi belgilangan.

🏛Аdliya vazirligi tomonidan sohaga masʼul tashkilotlar bilan birgalikda bugungi kunga qadar 700 dan ortiq hujjatlar xatlovdan oʼtkazilib, ularda 35 mingga yaqin majburiy talablar mavjudligi aniqlandi.

📢Shundan, 17 mingdan ortiq majburiy talablar Yagona elektron reyestrda eʼlon qilinishi taʼminlandi.

👉Majburiy talablar yagona elektron reyestriga oʼting.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Nuroniylar ziyo ulashdilar!


Bugun erta tongda 9-may "Xotira va qadrlash kuni' bayrami arafasida Nuroniylar jamiyati Namangan viloyat boʻlimi raisi Ikromxon Najmiddinov boshchiligidagi bir guruh nuroniylar Namangan shahar davlat xizmatlari markazida bo'ldilar.

Markaz faoliyati bilan yaqindan tanishish barobarida o'zlari bilan olib kelgan turli xil adabiyotlarni kutubxona uchun sovg'a qildilar.

Siz ham ziyo ulashing Aziz hamyurtlar! "Ziyo ulash" aksiyasi davom etadi...

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot