ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.46K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#tanlov

🏆 Yilning “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” aniqlandi.

Joriy yilning 2–3-may kunlari Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Ilk marotaba oʻtkazilgan tanlovda respublika boʻyicha 10 mingga yaqin "Davlat va huquq asoslari" fani oʻqituvchilari qatnashdi.

Respublika bosqichida ishtirok etgan 42 nafar o‘qituvchidan 3 nafari koʻrik tanlov g'olibi, 6 nafari esa “Eng yaxshi notiq” va “Eng yaxshi taqdimot” nominatsiyalarini qo‘lga kiritdi.

Tanlov gʻoliblari quyidagicha diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

🥇1-oʻrin – Odilova Dilobar Xolmamatovna (Samarqand viloyati, Jomboy tumani 28-maktab oʻqituvchisi) — I darajali diplom va 30 mln soʻm pul mukofoti;
🥈2-oʻrin – Norova Mehriniso Sheraliyevna (Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumani 1-maktab oʻqituvchisi) — II darajali diplom va 20 mln soʻm pul mukofoti;
🥉3-oʻrin – Baymuratov Azat Amangeldi uli (Qoraqalpog'iston Respublikasi, Shumanay tumani 16-maktab oʻqituvchisi) — III darajali diplom va 10 mln soʻm pul mukofoti.

Mazkur ko‘rik-tanlov Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-avgustdagi 532-son qarori asosida tashkil etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

SAMARQAND YANGILIKLARI  | "YURIDIK YORDAM" AXBOROT TIZIMI: YUTUQ VA MUAMMOLAR

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
📣GULISTON SHAHAR DEHQON BOZORIDA TARG'IBOT

🔹Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi, prokuratura, ichki ishlar,soliq hamda Guliston shahar hokimligi mutasaddilari ishtirokida Guliston shahar dehqon bozorida tashkil etilgan tadbirda bozorlar faoliyatini qonuniy tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

🔹Tadbir davomida bozorlar va savdo komplekslarini amaldagi qonunchilik talablari va zamonaviy yondashuvlar asosida tartibga keltirish, bozorlar va savdo komplekslaridan tushadigan bir martalik yig‘imlar, ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatini belgilangan tartibda undirilishi holati o‘rganilib, bu borada aniq vazifalar belgilab olindi.

🔹Shuningdek, yashirin iqtisodiyotga barham berish maqsadida adliya xodimlari tomonidan tadbirkorlar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilib, 10 nafar tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹Guliston shahri markaziy bozori hududida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🏆 Adliya vazirligi tomonidan "Lokomotiv" futbol klubining rasmiy belgisi xizmat ko'rsatish belgisi sifatida ro'yxatdan o'tkazildi.

⚽️ Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi bu bir yuridik va jismoniy shaxslar tovarlari va xizmatlarini boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning shu turdagi tovarlaridan farqlash uchun xizmat qiladigan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan belgilardir.

⚽️ Bungacha "Paxtakor" futbol klubining belgisi ro'yxatdan o'tkazilgan va huquqiy muhofazaga olingan edi.

⚽️ Lekin O'zbekistondagi boshqa hech bir futbol klubi o'z rasmiy belgisini tovar yoki xizmat ko'rsatish belgisi sifatida ro'yxatdan o'tkazmagan.

🌐Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot