ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tkazilgan navbatdagi tovar belgilari bilan tanishing.

Brend
- kompaniya nufuzi, mahsuloti haqida ma'lumot berib, iste'molchi e'tiborini jalb qiladi. Ayniqsa tovar nomi jarangdor bo'lsa yanada yaxshi, chunki Sizning mahsulotingiz boshqalarnikidan ajralib turadi.

🔹Yuqoridagi rasmda "Mavera", "Mustafo", "Notebookoff" kabi tovar belgilarini ko'rishingiz mumkin.

Ⓜ️ Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish brendni himoya qilish va biznesni rivojlantirish uchun muhim omildir.

🧐 Unutmang tovar belgisi BIRINCHI BO'LIB HUJJAT TOPSHIRGAN shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

📘"Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida"gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.

🌐Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
📣Bolalar sevib iste’mol qiladigan ko‘zcha shaklidagi saqichni kontrafakti aniqlandi

👁‍🗨Adliya vazirligi tomonidan murojaat asosida olib borilgan o‘rganish natijasida “Relax Tex” MChJning tovar belgilariga (ko‘z tasvirli) tasviriy hamda grafik jihatdan iste’molchini adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan belgilardan huquq egasining roziligisiz qonunga xilof ravishda foydalanilayotganlik holati aniqlandi.

⛔️Holat yuzasidan huquqbuzar “G.D” MChJga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritilib, jamiyat omborxonasida mavjud 48 quti kontrafakt mahsulotlar yo‘q qilinishi ta’minlandi.

❗️Eslatib o‘tamiz boshqa shaxsga tegishli tovar belgisi, ixtiro, foydali model, sanoat namunasi yoki asarlardan (she'r, musiqa, kino, fotografiya va boshqalar) egasining roziligisiz foydalanganlik qonunga muvofiq javobgarlikni keltirib chiqaradi.


📞Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Intellektual mulkka bo‘lgan huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#xalqaro_hamkorlik

📣Adliya vazirligida Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamgʻarmasida (IRZ) Yaqin Sharq boʻycha loyihalar rahbari Sidi Kairi qabul qilindi.

🔹Joriy yilning 28-aprel kuni adliya vaziri oʻrinbosari M. Ikramov, Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Y. Kanyazov va Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamgʻarmasida (IRZ) Yaqin Sharq boʻycha loyihalar rahbari Sidi Kairi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

❗️Uchrashuvda adliya vaziri oʻrinbosari M.Ikramov IRZ bilan adliya va huquq sohasida amalga oshirilgan loyihalar hamda istiqboldagi yangi tashabbuslar haqida soʻzlab berdi.


🔹Shuningdek, Germaniya Federativ Respublikasi Adliya vazirligi bilan huquqiy hamkorlik toʻgʻrisida Qoʻshma deklaratsiya loyihasi ustida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

❗️Sidi Kairi , oʻz navbatida Deklaratsiyaning imzolanishi kelgusida ikki davlat oʻrtasida adliya va huquq sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qilishini, shuningdek, ushbu deklaratsiyada nazarda tutilgan masalalar bilan cheklanmasdan boshqa yangi loyihalarni amalga oshirishda amaliy yordam berishga tayyorligini bildirdi.


🔹Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Y. Kanyazov institutning yangi vazifa va funksiyalari haqida soʻzlab berdi va taʼlim jarayoniga xorijiy ekspertlarni jalb qilish, hamkorlikda xalqaro konferensiya va seminarlar tashkil qilish va institut xodimlarini Germaniyada tajribasini oshirish boʻyicha aniq takliflar bildirdi.

🤝Uchrashuv yakunida M.Ikramov Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamgʻarmasi (IRZ) vakillarini 29-30-may kunlari tashkil etilayotgan IV Xalqaro Yuridik Forum “Tashkent Law Spring”ga taklif etdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

📹"Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida Qiziltepa tumanida amalga oshirilgan ishlar tafsiloti


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | Prezident qarorlari - hayotda va nazoratda


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣“Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumi tashkilotchilarining qizgʻin ish jarayonlari!

📆Forumga sanoqli kunlar qolmoqda!

📌Tayyorgarlik ishlari avjida. Har bir lahza — muhim, har bir bosqich — katta masʼuliyat!

2025-yil 29-30-may “Tashkent Law Spring”

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_sarhisob

Bor-baraka, sotildi

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Mingbuloq tuman adliya bo'limi aralashuvi bilan 22 yillik muammo hal bo'ldi!


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Elon

“Raqamli texnologiyalar davri: kelajakka huquqiy nazar”


📆2025-yil 29-30-may kunlari Toshkent yana “Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumiga mezbonlik qiladi.

📌Forum doirasida:
🔹Plenar majlis va 20 ga yaqin tadbirlar
🔹4 ta tematik koʻrgazma
🔹Ilk marotaba Xalqaro yoshlar yuridik forumi oʻtkaziladi.

🔝Forumda nufuzli xalqaro va xorijiy tashkilotlar vakillari, xorijiy mamlakatlar adliya vazirlari, olimlar, yirik xalqaro yuridik kompaniyalar vakillari spiker sifatida ishtirok etishi kutilmoqda.

Forum yakunlari boʻyicha xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, qonunchilik hujjatlarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.


🤝Mahalliy va xorijiy OAV vakillarini Forumda ishtirok etishga, shuningdek axborot hamkorlikka taklif etamiz.

📞Bog‘lanish / ro‘yxatdan o‘tish uchun:
71 2070458 (ichki raqam 1072)
axborot_xizmati@adliya.uz

QONUN KELAJAGINING QISMI BO‘LING!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_sarhisob

Qaysi qonunchilik hujjati eng ko'p o'qildi?

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_axborot_minbari

❗️Energoresurslar iste'moli uchun yil bo'yi kompensatsiya ajratiladi


⚖️ “Energoresurslar iste'moli uchun yil bo'yi kompensatsiya ajratiladi” mavzusida ekspertlar bilan suhbat tashkil etiladi.

Ovozli chat 30-aprel kuni soat 16:00 da Huquqiy axborot telegram kanalida boshlanadi.

🎙Suhbat spikerlari: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ hamda "Hududgazta'minot" AJ mutaxassislari.

📥 Savollaringizni @mehnatpodkast_bot telegram boti orqali oldindan yoki to'g'ridan to'g'ri onlayn muloqot vaqtida berishingiz mumkin.

📌 Mazmunan bir-biriga yaqin savollarga umumlashtirilgan holda javob beriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣Bugun, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida O‘zbekiston Respublikasining “Intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblarini soddalashtirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

❗️Mazkur qonun loyihasi bilan intellektual mulk sohasiga oid 7 ta qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi nazarda tutilmoqda.

Qonun loyihasida quyidagi masalalar ko‘zda tutilgan:
🔹intellektual mulk obyektini ro‘yxatdan o‘tkazishda davlat bojini to‘lash uchun belgilangan 3 oylik muddat o‘tkazib yuborilganda, ushbu muddatni qo‘shimcha to‘lov evaziga (patent bojining 50 foizi) 6 oygacha uzaytirish;

🔹seleksiya yutuqlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda talab etiladigan ayrim hujjatlarni (seleksiya yutug‘idan foydalanmaganligi to‘g‘risida deklaratsiya, sinovdan o‘tkazish uchun materialni belgilangan muddatda ixtisoslashtirilgan tashkilotga taqdim etish majburiyati) bekor qilish;

🔹sanoat mulki obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarida talab qilinadigan davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishni bekor qilish;

🔹EHM uchun dasturlarni va ma’lumotlar bazalarini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan talabnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish muddatini 10 kun etib belgilash;

🔹intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi muhofaza hujjatlarini yagona QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan holda elektron shaklda avtomatik tarzda berish;

🔹tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan o‘tkazish muddatini 7 oydan 1 oyga qisqartirish;

🔹intellektual mulk sohasiga oid ayrim qonun hujjatlaridagi ayrim tahririy jihatdan o‘zgartirishlar kiritish.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❗️Turagentlik faoliyati uchun litsenziya bekor qilinadi.

📣Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi qabul qilindi.

Ushbu Qonun bilan 13 turdagi litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinmoqda.

3 turdagi litsenziya xabarnoma shakliga o‘tkazilmoqda.

Jumladan, endilikda Turagentlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olish tartibi bekor qilinib, uning o‘rniga Turagentlik faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma yuborish tartibi joriy etiladi.

🔹Qonun loyihasining qabul qilinishi litsenziya va ruxsat berish sohasidagi byurokratik holatlarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

☝🏻Mazkur Qonun loyihasi Senat tomonidan maʼqullanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangach va qonunda belgilangan tartibda rasmiy manbalarda eʼlon qilingach, yuridik kuchga ega bo‘ladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_sarhisob

Huquqiy ekspertiza statistikasi

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM