ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.46K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Joriy yilning 23-aprel kuni adliya vaziri Akbar Tashkulov Turkiyaning yangi tayinlangan elchisi Ufuk Ulutashni qabul qildi.

Uchrashuv boshida tomonlar Turkiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi anʼanaviy doʻstlik va hamkorlik aloqalarining yuqori dinamikasini qayd etishdi.

Adliya vaziri A. Tashkulov elchi janoblariga ikki davlat oʻrtasida adliya va huquq sohasidagi hamkorlik, yuridik taʼlim, sud ekspertizasi, notariat, mediatsiya va davlat xizmatlari sohasida amalga oshirilgan qoʻshma loyihalar haqida soʻzlab berdi.

Ufuk Ulutash janoblari oʻz navbatida ikki davlat adliya vazirliklari oʻrtasidagi munosabatlarni yuqori baholab, ularni yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

Uchrashuv yakunida A.Tashkulov 29-30-may kunlari tashkil etilayotgan “Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumiga muhtaram elchini hamda Turkiyaning yetakchi huquqshunos va olimlarini taklif qildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz ham oʻzingiz sevgan kitobni ulashing. Balki, u kimningdir hayotida yangi sahifalarni ochar.

Siz ham oʻqing, oʻrgating, ulashing!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro investitsion arbitraj ishida yutib chiqdi

2024-yil 10-oktabr kuni Investitsion nizolarni hal qilish xalqaro markazining (ICSID) arbitraj tribunali “Bursel Tekstil Sanayi Ve Diş Ticaret A.Ş.” (Turkiya) kompaniyasi va Turkiya Respublikasi fuqarolari (Bursel kompaniyasi) da’vosi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga qarshi ochilgan xalqaro arbitraj ishi bo‘yicha qarorini chiqardi.

Da’vo miqdori taxmiman 700 million AQSh dollarini tashkil etgan.


Ushbu chiqarilgan arbitraj tribunali qaroriga ko‘ra, Bursel kompaniyasining barcha da’volari rad etilib, ularga O‘zbekiston tomonining arbitraj xarajatlarini qoplab berish belgilangan.

Arbitraj ishi Bursel kompaniyasi tashabbusi bilan 2017-yilning iyul oyida boshlanib, qariyb 7 yil davom etgan.


Arbitraj qoidalariga ko‘ra, arbitraj tribunali qarori yakuniy va majburiy hisoblanadi.

Mazkur arbitraj ishida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda White&Case xalqaro yuridik firmasi (Vashington, AQSH) tomonidan ta’minlandi.

Bursel kompaniyasining manfaatlarini himoya qilish «Başpinar & Partners Law Firm», «Beckett Law LLC», «Cooley LLP», «Cooley LLP» (2020-yilga qadar), «Freshfields Bruckhaus Deringer LLP» (2022-yilga qadar) xalqaro yuridik firmalari tomonidan ta’minlandi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Shayxontohur tumani Davlat xizmatlari marakazida “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yana-da takomillashtirish” loyihasiga rasman start berildi.

Tadbirda, Adliya vaziri A.Tashkulov, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorlik bo‘limi rahbari janob Vim Riyempa, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fuji xonim, shuningdek, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar, milliy hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Shu o‘rinda, Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi bilan birgalikda amalga oshirilgan 2019-2024-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasining birinchi fazasi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Taʼkidlash joizki, o‘tgan 5 yil davomida loyiha doirasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Xususan, FHDYning dalolatnoma yozuvlari raqamlashtirildi, xizmatlarni real vaqt rejimida monitoring qilish bo‘yicha Situatsion markaz ishga tushirildi, pilot hududlarda xodimlarning salohiyatini oshirish bo‘yicha bir qancha treninglar o‘tkazildi.

Ayniqsa davlat xizmatlari markazlarida inklyuziv muhit yaratilganligi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun davlat xizmatlaridan foydalanishda teng imkoniyatlarni taʼminlashda, ularga qulaylik yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Jumladan, Nukus shahrida tashkil qilingan Davlat xizmatlari markazi bugungi kunga kelib 50 mingdan ortiq aholiga sifatli va qulay xizmatlar ko‘rsatmoqda.


Bugun start berilgan loyihada inklyuziv va foydalanuvchilarga yo‘naltirilgan davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish, raqamlashtirish orqali ilg‘or texnologiyalar va amaliyotlarni integratsiyalash kabi maqsadlar qo’yildi.

Shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda inson omilini kamaytirish orqali xizmatlarni avtomat shaklga o‘tkazish, proaktiv xizmatlarni kengaytirish, sunʼiy intellektni joriy qilish hamda aholining o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini oshirishga doir tadbirlarni amalga oshirish kutilmoqda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Men_bilgan_adliya

Adliya vazirligi tomonidan so'ngi yillarda intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan ishlardan qanchalik mamnunsiz? Adliya organlari va muassasalari faoliyatini qanday baholaysiz?

Ushbu savollarga taniqli adabiyotshunos olim, filolog, "Akademnashr" nashriyoti rahbari, "Yoki" audio kitoblar platformasi asoschisi Sanjar Nazar javob berdi.

Batafsil 👉 videoda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimlari Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga tashrif buyurdi.

Joriy yilning 24-aprel kuni Institutga tashrif davomida Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-son qarori ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Tashrif davomida Institut faoliyatini yoʻlga qoʻyish, “Raqamli institut” platformasini ishlab chiqish holati taqdimoti, o‘quv jarayonlarini raqamlashtirish, shuningdek, Institutning moddiy-texnik bazasi, o‘quv jarayonlari sifati, malaka oshirish dasturlarining amaliy samaradorligi va pedagogik salohiyat kabi masalalar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar koʻrib chiqildi.

Bundan tashqari, Institutning yangi binosiga tashrif buyurib, unda qurilish jarayonining yakuniy bosqichlari bilan tanishildi.

Tashrif yakunida, ta’lim sifatini hamda Institutning jozibadorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biz kitobxon millat emasmiz – Sanjar Nazar

“Gelik”da yuradiganlar xalqning qahramonimi? Аudio kitoblar oqibati va ermakka o'qilmaydigan kitoblar. Jamiyat nimani istaydi? “Qaroqchi”ning navbatdagi sonida dolzarb mavzuga doir muhim savollarga javoblar yangradi.

Toʼliq video:👉 https://youtu.be/zGkMrxg8Qu4

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlar diqqatiga!

⚡️
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq oliy ta’limdan keyingi ta’limning shakllaridan biri mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim — daraja.ilmiy.uz orqali hujjatlarni onlayn topshirish boshlandi.

Hujjatlar joriy yilning 15-may kuniga qadar qabul qilinadi.


📌Mustaqil izlanuvchilik(PhD)ga til sertifikati talab etilmaydi
.

Batafsil: 👇👇👇
https://sudex.uz/?p=8246
2026-yilgacha Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zobo‘lish O‘zbekiston uchun ustuvor maqsad etib belgilangan bo‘lib, bu jarayon doirasida milliy qonunchilikni JST bitimlariga uyg‘unlashtirish yuzasidan izchil ishlar olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan Adliya vazirligi tashabbusi bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida “O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi: milliy qonunchilik va xalqaro savdo qoidalari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, mas’ul vazirlik va idoralar, ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Seminar davomida milliy qonunchilikni JST bitimlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar va qonunchilik hujjatlari loyihalarini JST bitimlariga mos ravishda ishlab chiqish masalalari, Intellektual mulk huquqlarining savdo jihatlari bitimining (TRIPS) tuzilish tarixi, maqsadi, prinsiplari va uning global iqtisodiyotga ta’siri, shuningdek, bitimning qonunchilikka implementatsiyasi va uning doirasida ko‘rib chiqilgan muhim keyslar muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun: so‘nggi uch yil ichida 120 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar JST bitimlariga uyg‘unlashtirildi,shu jumladan intellektual mulk sohasida 30 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi va TRIPS bitimi qoidalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish darajasi 90%gayetkazildi.
 
📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM