Forwarded from TSTB Instituti | Rasmiy kanal
📄 Hamkorlik memorandumi imzolandi
🤝 2025-yil 23-aprel kuni Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
☝️Mazkur memorandum doirasida parlamentarizm, siyosat, iqtisodiyot va boshqa sohalarda quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan:
✅ normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini tartibga solish ta’sirini baholash;
✅ qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish va takomillashtirish;
✅ ilmiy va ilmiy-amaliy tadqiqotlar o'tkazish.
Uchrashuvda Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish taʼsirini baholash instituti direktori N.Tillyayev mazkur memorandum ikki tashkilot oʻrtasida uzoq muddatli va samarali hamkorlikni mustahkamlab, qonunchilik barqarorligini ta'minlashga hamda aholi va tadbirkorlarning huquqlarini kafolatli himoya qilishga xizmat qilishini ta'kidladi.
#RIAInstituteNEWS #Memorandum #Hamkorlik
📌 Kanalga ulanish