ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Forwarded from Anasxon Xamdamov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
So‘nggi yillarda intellektual mulk sohasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Tovar belgisi, brend, kontrafakt, geografik ko‘rsatkich nima? Tadbirkor nima uchun Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishi shart? O‘zbek brendi huquqlari chet-elda ham himoya qilinadimi? Xorijiy brendlarni olib kirish uchun nima qilish kerak? “Huquqshunos oshxonasi”ning navbatdagi sonida intellektual mulk sohasidagi muhim yangiliklar haqida so‘z bordi.

To‘liq video: 👉 https://youtu.be/Su250Ho87P0

Kanalga ulanish👇🏻👇🏻👇🏻
https://t.me/anasxon_xamdamov
Hududlarda ommaviy sayyor qabullar davom etmoqda

Adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev tomonidan "Buloq ariq" mahallasida joylashgan 3-maktab binosida sayyor qabul oʻtkazildi. Tegishli mutasaddi tashkilotlar masʼullari qatnashib, 30 nafardan ziyod fuqarolarning murojaatlari tinglandi

Sayyor qabul davomida 3 ta murojaat joyida hal etildi, 19 ta murojaat koʻrib chiqish uchun ish yurituvga olindi, qolgan masalalar yuzasidan tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.

Qabul davomida davlat xizmatlari koʻrsatilib, 2 ta oilaning farzandi maktabgacha taʼlim tashkilotiga navbatga qoʻyilishi taʼminlandi.

"Shirin" MFY fuqarosi Ĝ.Mirzaaxmedovga turar-joyi bòyicha arxivga manzilli sòrov arizasi kiritib berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri o‘rinbosari Bekobod shahrida yoshlar bilan uchrashdi

Bekobod shahrida adliya tizimi vakillari va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda Bekobod shahar hokimi N.Babayev va Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev ishtirok etib, mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, qonunchilikdagi imtiyozlar hamda ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish va bartaraf etish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganini ta’kidlashdi.

Tadbir davomida Adliya vazirligi tomonidan muntazam ravishda yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilayotgani alohida qayd etildi. Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqotda huquqshunoslik sohasi bilan qiziquvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniga ega bo‘lishdi.

Mazkur uchrashuv yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va kelajakda huquqshunoslik sohasida faoliyat yuritishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM