#Biz_kontrafaktga_qarshimiz
📍 Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti tomonidan Toshkent shahridagi savdo obyektlarida kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasini oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
ℹ️ Targ‘ibotlar davomida iste’molchilar va tadbirkorlarga kontrafakt mahsulotlarni realizatsiya qilishning salbiy oqibatlari hamda ularni sotganlik uchun belgilangan ma’muriy va jinoiy javobgarlik yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
✅ Shuningdek, joriy yil 8-avgust kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1080-son Qonunning mazmuni tushuntirilib, intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilgani alohida ta’kidlandi.
🎯 Targ‘ibot tadbirlarining asosiy maqsadi — aholining huquqiy savodxonligini oshirish va kontrafakt mahsulotlarning oldini olish ekanligi qayd etildi.
📚 Tadbir yakunida esa kontrafakt mahsulotlar haqida ma’lumot beruvchi kataloglar tarqatilib, aholining hushyorligini oshirishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib borildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM