Telegraph Uzbekistan
39.2K subscribers
816 photos
188 videos
270 files
1.31K links
O'zbekistondagi eng tezkor Telegram yangiliklari kanali.
Telegramning eng so'ngi yangiliklari o'zbekcha talqinda birinchilarda bizda!
· Savollaringiz bo'lsa: @GraphChat

→ Reklama va Hamkorlik: @Sindor
Download Telegram
⚡️ O'CHIRILGAN XABARLARNI SAQLAB QOLISH

Ko'pchilik bu bo'yicha bosh qotirdi. Ba'zilar eski versiyadan foydalanib, aynan shu funksiya sababli Telegram yangiliklaridan qolib ketdi.

😎 Endi eski versiyadan foydalanishni keragi yo'q! O'chirilgan va tahrirlangan xabarlarni endilikda bemalol Ghost rejimi bilan birgalikda, Telegram yangiliklaridan qolib ketmagan holda ko'ra olamiz!

Ushbu videoni ko'rish orqali siz barchasini bilib olasiz👇🏻👇🏻

https://youtu.be/rMDGlhSEbSE

p.s: youtube kanalim kuzatuvchilari 3700dan oshdi, obuna bo'lishni esdan chiqarmang.
#videodarslik #ghost #xabar
💚 @TGraphUz | YouTube
🎉 Telegram 1 000 000 000+ dollar jalb qildi

"Yana yaxshi yangilik — Telegram dunyodagi eng yirik va eng bilimdon investorlarga obligatsiyalarni (qarzdorlikning bir turi) sotish orqali 1 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ to‘plaganini e’lon qilishdan mamnunman. Bu Telegram'ga mustaqil va o‘z qadriyatlariga sodiq qolgan holda global miqyosda o‘sishda davom etishiga imkon beradi. Ushbu vositalar men dekabr oyida taqdim etgan monetizatsiya strategiyasini amalga oshirishga ham hissa qo‘shadi.

Deyarli 8 yil oldin Telegram ishga tushirilganida aytganimdek, Telegram'ning asosiy maqsadi — bir necha yillar (hatto asrlar) davomida insoniyatga xizmat qila oladigan moliyaviy barqaror loyihaga bo‘lishdir. Bugungi yangiliklar bu maqsad sari yana bir qadamdir."

Pavel Durov. (teleuz tarjimasi)

#telegram #durov #xabar
💚 @TGraphUz | YouTube
Telegram foydalanuvchilarga muhim xavfsizlik o'zgarishlari to'g'risida xabar beradi

Telegram foydalanuvchilarni telefon raqamining o'zgarishi to'g'risida xabardor qilish ustida ishlamoqda. Ilgari xizmat faqat ikki bosqichli parol/autentifikatsiyadagi o'zgarishlar to'g'risida xabar berar edi.

Endi, agar siz ikki bosqichli autentifikatsiya sozlamalariga o'zgartirish kiritsangiz yoki hisobingizni yangi telefon raqamiga o'tkazsangiz, Telegram barcha faol seanslardagi o'zgarishlar to'g'risida sizga xabar beradi.

#yangilanish #xabar
💚 @TGraphUz | YouTube
⚡️ TELEGRAM ESKI VERSIYALARDAN QUTILMOQDA.

– Eski versiyali Telegram mijozlaridan akkauntingizga kirmoqchi bo'lgan paytingizda rasmdagi xatolik sizda ham chiqgan bo'lsa kerak.

↑ Esingizda bo'lsa Sentabr oyidagi shoshilinch telegram yangilanishi sababi ma'lumotlar saqlash formatini int64'ga yangilash bo'lgan edi.
Chunki, eski - 32 bitli formatda faqat 2 milliardgacha foydalanuvchi ID raqamlarini saqlash mumkin edi holos.

- Telegram tomonidan razrabotchiklarga yuborilgan xabardagi "Foydalanuvchilar uzilib qolmasligini taʼminlash uchun ilovangiz ushbu yangi IDlarni iloji boricha tezroq qoʻllab-quvvatlashi kerak." degan jumlasi ham eski versiyalar endi kerak emasligini takidlamoqda.

→ Demak, eski versiyali mijozlarimizni o'chirib tashlaymiz va yangi versiyali Telegram mijozlaridan foydalanishni boshlaymiz.

Manbani ko'rsatgan holda foydalaning!
#malumot #xabar
💚 @TGraphUz | YouTube
👍1👎1🔥1
⚡️ TELEGRAM ESKI VERSIYALARI ISHLASHDAN TO'XTADI

– Kuni kecha xabar berganimizdek Telegram eski versiyali mijozlardan int64 ID formatiga o'tish uchun login qilishni cheklab qo'ygan edi.

Bugun esa barcha eski versiya mijozlar foydalanuvchilariga Telegram xabar yubordi va u ishlashdan to'xtadi.

Ishlatish mumkin bo'lgan Telegram mijozlari ro'yhati:
- Telegram (rasmiy) v8.2.7
- Telegram X v0.24.2
- Telegraph v9.4
- Telegraph 2,3 v9.4
- iMe Messenger v8.2.4
- Plus Messenger v8.2.3
- TurboTel v8.2.7
- Vidogram v2.2.2

👻 Ghost rejimi 2022
- https://youtu.be/JwzKBvrTbac

👥 Odam qo'shish dasturingiz ishlamay qolgan bo'lsa - @sindorad'dan sotib oling! Bizda ishlayabdi ;)

#malumot #xabar
💚 @TGraphUz | YouTube
👍7👎3