Telegraph Uzbekistan
39.5K subscribers
815 photos
188 videos
270 files
1.31K links
O'zbekistondagi eng tezkor Telegram yangiliklari kanali.
Telegramning eng so'ngi yangiliklari o'zbekcha talqinda birinchilarda bizda!
· Savollaringiz bo'lsa: @GraphChat

→ Reklama va Hamkorlik: @Sindor
Download Telegram
🔎 Barcha uchun Story qo'yish imkoni va Telegram Stories haqida so'nggi ma'lumotlar

- Yaqin kunlarda, ehtimol, tug'ilgan kun arafasida, messenjer jamoasi barcha foydalanuvchilar uchun Stories'dan foydalanish imkonini beruvchi yangilanishni chiqaradi.

❗️ Lekin, foydalanuvchilar uchun cheklovlar mavjud bo'ladi:

• Haftasiga 7 story (⭐️ 70 story)
• Oyiga 30 story (⭐️ 300 story)

- Siz bu limitlarni bir kunda tugatib qo'yishingiz mumkin, ehtimol🌚

🌟 Bundan tashqari, Premium obunasi foydalanuvchilari uchun Stories'dan foydalanishda ba'zi imtiyozlar mavjud bo'ladi 👇

Ustuvorlik. Premium obunasi bo'lgan foydalanuvchining story'lari ro'yxatning yuqori qismida ko'rsatiladi.

Ko'rinmas rejim. Boshqa foydalanuvchilarning story'larini sezdirmasdan ko'rish.

Ko'rishlar arxivi. Hikoyangizni ko'rganlar ro'yxati hatto 24 soatdan keyin ham mavjud bo'ladi.

Story muddati. 24 soatlik standart qiymatdan tashqari, Tarixning boshqa muddatini (6 dan 48 soatgacha) kiritish mumkin bo'ladi.

Saqlab olish. Agar foydalanuvchi boshqa odamlarning Story'larni yuklab olishini cheklab qo'ymasa, Premium foydalanuvchilarida uni yuklab olish uchun maxsus tugma bo'ladi.

Uzunroq izohlar. Belgilar chegarasi 2048 gacha oshiriladi.

Havolalar va formatlash. Siz matnni qalin, kursiv yoki chizilgan qilib qo'yishingiz va havola qo'shishingiz mumkin.

- Ana, bu bizga Premium nima uchun kerakligiga yaxshi sababga o'xshaydi 😏

#stories #telegram #yangilanish
@TGraphUz | 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍59🤣3712🔥3😈3
👨‍💻 Telegram kanallar uchun hikoyalarni ishga tushirishga tayyorlanmoqda

-
Messenjer kodida ma'lumot topildi, unga ko'ra kanallar uchun hikoyalar mukofot tizimi orqali mavjud bo'ladi.

Shunday qilib, kuniga bir marta Premium obunasi foydalanuvchilari tanlangan bitta kanal uchun o'zlarining "ovozlarini" berishlari mumkin bo'ladi. Agar kanal Stories/Hikoyalar qulfini ochish uchun zarur bo'lgan "ovozlar" sonini ololsa, funksiya administratorlar uchun mavjud bo'ladi.

Shunga o'xshash mexanika allaqachon Discord platformasining imtiyozlar tizimi bilan taqqoslangan. Administratorlar turli darajadagi imtiyozlarni ochadigan "Boosts" deb ataladigan narsalar mavjud.

- Telegram’da ham shunga o‘xshash tizim bo‘lishi ehtimoldan xoli emas, biroq uning qo'shilish darajalari nimani o‘z ichiga olishi hozircha noma’lum.

💬 Xo'sh, agar bu amalga oshsa, Siz bizning kanalimizga ovoz berasizmi?

#stories #telegram #kanallar
@TGraphUz | 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍56🍌12🔥10🤷‍♂6👌5
Telegram 10.3 versiyaga yangilandi

Oʻxshash kanallar, hikoyalarni qayta joylash va yana 9 ta funksiya

🔍 Oʻxshash kanallar
• Kanallarni topishni osonlashtirish uchun biror kanalga qoʻshilganingizda siz endi shu mavzudagi oʻxshash ommaviy kanallar roʻyxatini koʻrasiz.
• Roʻyxatda faqat ommaviy kanallar chiqadi, ular auditoriya mosligi asosida avtomatik tanlanadi.
Oʻxshash kanallarga kanal profilidan ham kirishingiz mumkin.

🌟 Profil ranglari
• Telegram Premium sizga sahifani ajralib turadigan qilish uchun profilingizga logotiplar bilan unikal ranglar kombinatsiyasini (bular yoki bular kabi) sozlash imkonini ham beradi.
• Xabarlar yoki profilingizni moslashtirish uchun Android ilovada Sozlamalar > Chat sozlamalari > Rangingizni oʻzgartirish rukniga, iOS ilovada esa Sozlamalar > Koʻrinish > Rangingiz rukniga kiring.

🆕 Hikoyalarni qayta joylash
• Hikoyani qayta joylash sizga repostingiz uchun alohida koʻrinuvchanlik sozlamasi bilan birga matn, audio yoki hatto video fikr kabi qoʻshimcha kontent qoʻshish imkonini beradi.
• Hikoyani qayta joylash uchun ulashish strelkasini bosing va “Hikoyani qayta joylash” bandini tanlang. Maxfiylikni himoyalash uchun faqat koʻrinuvchanligi “Hamma” qilib sozlangan hikoyalarni qayta joylash mumkin.

📺 Hikoyalarda video xabarlar
• Endi hikoyalar ustidan fikrlaringiz bilan yoki shunchaki yuzingizni koʻrsatish uchun video xabarlar qoʻshishingiz mumkin.
• Video xabar yozish uchun hikoya muharririda kamera belgisini bosib turing. Tovush balandligini boshqarish uchun ekran quyi qismidagi video yoʻlakni bosib turing.

🌟 Siz va suhbatdoshingiz uchun fon rasmlari
• Endi Premium foydalanuvchilar bir xil koʻrinishni tatbiq qilgan holda oʻzi va suhbatdoshi uchun ham fon rasmini belgilashi mumkin.
Yakkama-yakka chatda maxsus fon rasmi belgilash uchun ⋮ (iOS ilovada foyalanuvchi profilini oching, keyin ⋯ belgisini tanlang) > Fon rasmini oʻzgartirish bandini bosing.

🎙 Barcha uchun ovozni matnga aylantirish
• Bu yangilanish bilan barcha foydalanuvchilar haftasiga 2 tagacha xabarni matnga aylantirishi mumkin. Uni sinash uchun shunchaki →A belgisini bosing.

📈 Kanallar uchun hikoyalar statistikasi
Hikoyalar joylay oladigan kanallar endi qamrovi va unumdorligini kuzatish uchun batafsil grafiklar bilan hikoya tomoshalariulashuvlar va reaksiyalar uchun statistikani koʻrishi mumkin.
• Hikoyalar statistikasini hikoyangizni koʻrayotganda ⋮/⋯ belgisini bosish yoki kanal profilida > ⋮/⋯ > Statistika rukniga kirish orqali koʻrishi mumkin.

Kanallar uchun maxsus reaksiyalar
• Standart reaksiyalarga qoʻshimcha ravishda, kanallar maxsus emojilar ham qoʻshishi mumkin. Ular har bir darajasiga 1 ta maxsus reaksiya oladi.

🧑‍💻 Xabarlarda kodlarni ajratib belgilash
• Endi barcha Telegram ilovalari kod formatida`` yuborilgan xabarlarda ishlatilgan kodlash tilini aniqlay oladi.

🎨 Mavzular uchun yaxshilanishlar
Mavzular yoqilgan guruhlarda ilovangiz guruhni qayta ochganingizda Xabarlar sifatida koʻrish yoki Mavzular sifatida koʻrish parametringizni saqlaydi.

📱 iOS ilovada “Tanos chertkisi” effekti
• iOS ilovada Avtomatik oʻchadigan xabarlar vaqti tugaganidan keyin ajoyib animatsiyaga ega boʻldi — ular butunlay oʻchib ketishidan oldin millionlab piksellarga bugʻlanishini tomosha qiling.

✔️ Boshqa yangiliklar
• Kanallardagi reaksiyalarning ochiladigan menyusi.
• Storylarda yuklab olingan videoning ovoz balandligini sozlang.
• Oxirgi postlar statistikasida yoqtirishlar hisoblagichi.
• Kanal sozlamalari va statistikasini ochishning yangi usuli.
• Reklama xabarlarining yangilangan ko'rinishi.

Bu yangilanish haqida batafsil:
👉🏻 VIDEO | 👉🏻 MAQOLA

📲PlayStore  | 📲AppStore | 📂APK

#telegram
#tgram
@TGraphUz | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1356760👍26🥱17
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥 TELEGRAMDA JONLI EFIR — YANGI FUNKSIYA!

- Endi har bir foydalanuvchi hikoyalarda jonli efir qila oladi. Tomoshabinlar esa guruh chatlaridagi kabi real vaqtida komment qoldirishi mumkin.

⭐️ Kommentni ajratib ko‘rsatmoqchimisiz?
- Telegram Yulduzlari bilan izohingizni yuqoriga qadab qo‘ying. Efir burchagidagi yulduzcha esa to‘plangan umumiy yulduzlar sonini ko‘rsatadi.

👥 Kimlar jonli efir qila oladi?
— Oddiy foydalanuvchilar
— Guruhlar va Kanallar

🔒 Maxfiylik sozlamalari esa Hamma / Kontaktlarim / Yaqin do‘stlar / Tanlanganlarni belgilab qo'ya olasiz.

🤩 Instagram “otmen”, endi Telegramda jonli efir qilamiz!

#stories #live #stars
@GraphUz — Obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🤯81