Telegraph Uzbekistan
39K subscribers
816 photos
188 videos
270 files
1.31K links
O'zbekistondagi eng tezkor Telegram yangiliklari kanali.
Telegramning eng so'ngi yangiliklari o'zbekcha talqinda birinchilarda bizda!
· Savollaringiz bo'lsa: @GraphChat

→ Reklama va Hamkorlik: @Sindor
Download Telegram
🇰🇿Telegramning Qozog'istondagi vakolatxonasi.

🔧Qozog‘iston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Jaslan Madiev AQSh Savdo-sanoat palatasi hamda Amerikaning Meta va Apple kabi yirik kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi . Uchrashuvlarda maʼlumotlar xavfsizligi, soxta akkauntlarga qarshi kurashish va foydalanuvchilarni himoya qilish bilan bogʻliq asosiy masalalar muhokama qilindi.

“Shuningdek, biz Telegram bilan nomaqbul kontentni zudlik bilan oʻchirish va buzgʻunchi kanallarni blokirovka qilish uchun faol hamkorlik qilmoqdamiz. Qonunchiligimizga ko‘ra, Telegram, WhatsApp va TikTok kabi internet platformalar endi Qozog‘istonda o‘z vakiliga ega bo‘lishi shart. Telegram bilan allaqachon oʻz vakilini tayinlash va ofis ochish boʻyicha kelishuvga erishilgan – kontent ustidan nazoratni kuchaytirish uchun muhim qadam”, — dedi Jaslan Madiev.

Telegram maʼmuriyati Qozogʻistonda oʻz vakolatxonasi ochilishiga hozircha izoh bermadi.


#kz #TGraph
Kanalga obuna bo'ling.
@TGraphUz × @UzTeleTG
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍12👏6😐5🤨4