Telegraph Uzbekistan
39.5K subscribers
816 photos
188 videos
270 files
1.31K links
O'zbekistondagi eng tezkor Telegram yangiliklari kanali.
Telegramning eng so'ngi yangiliklari o'zbekcha talqinda birinchilarda bizda!
· Savollaringiz bo'lsa: @GraphChat

→ Reklama va Hamkorlik: @Sindor
Download Telegram
Kanallar yo‘q bo‘lib qolishi

TeleUz xabar berishicha - Bugun ayrim Telegram-kanallar yo‘qolishi yoki ular go‘yoki guruhga aylanib qolgani kuzatilmoqda.
- Jamoa bundan xabardor.
Muammo yaqin orada bartaraf etiladi.

💬 Agarda biron kimda bu xatolik kuzatilgan bo'lsa kommentariyada screenshotlar bilan bo'lishishini so'raymiz!

#nosozlik #kanal
💚 @TGraphUz | YouTube
⚡️ Keyingi, Telegram 10.1 yangilanishida bizni nimalar kutmoqda?

- Android uchun Telegram Beta versiyasida ilovaning navbatdagi yangilanishi uchun tayyorlangan qiziqarli yangiliklarini aniqladik.

Ovozlar (Boost) — Bu kanalning hikoyalarni nashr etishi uchun vosita. Hikoyalarni faqat Premium obunachilaridan yetarli miqdorda ovoz olgan kanallargina joylashtira oladi. Ehtimol, kelasida ma'lum miqdordagi ovozga ega kanallar uchun yangi imkoniyatlar paydo bo'ladi.

🌚 Siz ushbu havola orqali bizning kanalga ovoz berishingiz mumkin - https://t.me/TGraphUz?boost

📈 Kanallar statistikasida yangi ma'lumotlar — Messenjerning yangi versiyasida administratorlar Telegram Premium obunachilari soni va ularning barcha kanal o‘quvchilariga nisbatan ulushi haqidagi ma’lumotlarni ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, u yerda siz kanalingizga aynan kim ovoz berganini va u qancha vaqt davomida amal qilishini bilib olishingiz mumkin.

📎 Foto stikerlar, Ovozli stikerlar va tezkor reaksiya vidjeti — sizga hikoyada qo‘shimcha tasvirlar, fonda o‘ynaladigan audio va interaktiv vidjetni qo‘shish imkonini beradi, bu esa tomoshabinlarga ma’lum emoji yordamida postingizga tezda munosabat bildirish imkonini beradi.

💣 Media o'zini o'zi yo'q qilish yangi opsiyasi — suhbatdoshga fotosurat yoki videoni bir necha marta ko'rishga imkon bermaydi. Bu faqat shaxsiy chatlarda ishlaydi.

🔑 Yangilangan kirishni tasdiqlash tizimi — yangi qurilmada muvaffaqiyatli avtorizatsiya haqida ogohlantirishlar Telegram akkauntidan shaxsiy xabarlarga yuborilmaydi, lekin asosiy ekrandagi xabarlar roʻyxati tepasida koʻrsatiladi.

- Boshqa yangilanishlar orasida retouchni o'z ichiga olgan media muharririning yangilangan ko'rinishi va kanal adminlari uchun yangi ruxsatlar mavjud.

Siz yuqoridagilarning barchasini @SindorUzBot'dan Telegram Beta'ni yuklab olib sinab ko'rishingiz mumkin!

#story #kanal #beta
@TGraphUz | 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣52👍33👌5🤨5❤‍🔥4