Telegraph Uzbekistan
39.5K subscribers
815 photos
188 videos
270 files
1.31K links
O'zbekistondagi eng tezkor Telegram yangiliklari kanali.
Telegramning eng so'ngi yangiliklari o'zbekcha talqinda birinchilarda bizda!
· Savollaringiz bo'lsa: @GraphChat

→ Reklama va Hamkorlik: @Sindor
Download Telegram
Ommaviy so'rovnomalar va viktorinalar

Barcha platformalar uchun Telegramning kelasi yangilanishida "So'rovnoma" funksiyasi takomillashtiriladi.

Faqat Anonim so'rovnomalar emas, endilikda ommaviy so'rovnomalar, bir necha variant belgilash imkoni bo'lgan so'rovnomalar, yana so'rovnoma viktorinalar ya'ni aniq bir to'g'ri javobga ega so'rovnomalardan ham foydalanishimiz mumkin bo'ladi.

Hozirgi paytda esa barcha so'rovnomalar yaratilgandan so'ng bir variant tanlash imkoni bor anonim so'rovnomaga almashib qoladi, ommaviy so'rovnomalarni esa kanalga yuborib bo'lmaydi. Demak sabr qilamiz)

#Beta #macOS @SindorbekUz Tarjimasi
@TGraphUz
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Viktorinali so'rovnomada to'g'ri va noto'g'ri variant belgilangandan so'ng kuzatiladigan animatsiya.

Bunaqa so'rovnomalarda variant belgilangandan so'ng orqaga qaytarib bo'lmaydi(retract vote).
Video: @tginfo
Kanalimiz: @tgraphuz

#Beta #macOS
Chatlarni turi bo'yicha ajratish

Telegram macOS ning Beta-versiyasida chatlarni turi bo'yicha ajratish funksiyasi qo'shildi. "Chatlar" tabiga sichqonchaning o'ng taraf tugmasini bosish orqali filtrni chiqarish mumkin.

#Beta #macOS
@TGraphUz
macOS mijozida Chat Talblari!

Telegram macOS'ning Beta-versiyasida Chat Tablarini qo'llash sozlamasi qo'shildi.

Endilikda «Filters» punktidan foydalanuvchilar chat tablarini yoqib qo'yishlari mumkin.

Demak hamma kutgan vaqt yetib keldi ;)

#Beta #macOS
💚 @TGraphUz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Telegram macOS ning stable versyasida Filtr

Filtrni stable versiyada yoqish uchun razrabotchik menyusiga o'tish kerak(sozlamalar ikonkasiga 5 marta bosing) va "Enable filters"ni yoqib qo'yish kerak.

Bu uchun mijozning 5.9.3(191684) versiyasi talab qilinadi.
Telegram rasmiy sayti yoki AppStoredan yuklab oling.

#macOS
Takomillashgan so'rovnomalar (beta-versiyada)

Sekundomer
@Quizbot boti orqali o'tkazilgan so'rovnomada viktorinani o'tkazish vaqti to'g'ridan-to'g'ri xabarda ko'rsatiladi. 6 soniyadan kamroq vaqt qolganda vaqt ko'rsatkichi qizil rangga aylanadi.

💡 Javoblarni izohlash
Foydalanuvchi javob bergandan so'ng, pop-up bildirishnomasida sharhni ko'radi. Foydalanuvchi ismlariga ruxsat beriladi, matnning maksimal uzunligi 400 belgidan iborat bo'lishi kerak.

#macOS #Beta
@tgraphuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Darts o'yini Telegram'da!

MacOS uchun Telegram-ning Beta-versiyasida "Darts" o'ynash imkoniyati qo'shildi. Dart emoji yuborilganda, messenjer uni nishonga urish animatsiyasini ko'rsatadi.

Hammasi bo'lib, markazdan tortib omadsizlikkacha 6 ta variant bor ;)

#macOS #beta
@tgraphuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ekran tasviri namoyishi

MacOS uchun Telegram'ning Beta versiyasida siz endi ekrandagi tasvirni suhbatdoshingiz bilan baham ko'rishingiz mumkin. Ayni paytda siz namoyish uchun alohida oynani tanlay olmaysiz.

⁉️ Beta-versiya haqida.

#macOS #beta #tginfo
💚 @TGraphUz | YouTube
Takomillashtirilgan nusxalash

MacOS uchun Telegram'ning Beta versiyasida audio fayl (qo'shiq) nomlarini nusxalash imkoniyati paydo bo'ldi.

⁉️ Beta-versiya haqida.

#macOS #beta #tginfo
💚 @TGraphUz | YouTube
Takomillashtirilgan qidiruv

MacOS uchun Telegram'ning Beta versiyasida global qidirishda media turi bo'yicha qidiruv filtri qo'shildi.

⁉️ Beta-versiya haqida.

#macOS #beta #tginfo
💚 @TGraphUz | YouTube
👍1
Bot egalik huquqini o'tkazish

MacOS uchun Telegramning Beta versiyasi fayllarida botdagi egalik huquqini o'tkazish funktsiyasi ustida ish olib borilganligi aniqlandi.

Bir yil oldin, messenjerda guruhlar va kanallar uchun egalik maqomini o'tkazish imkoniyati qo'shilgandi.

Ma'lumki, botni o'tkazish uchun sizga quyidagilar kerak bo'ladi:
- Ikki bosqichli autentifikatsiya egalik o'tkazilishdan kamida 7 kun oldin yoqilgan bo'lishi kerak.
- O'tkazish amalga oshiriladigan foydalanuvchilar 24 soat vaqt oralig'ida tarmoqda bo'lgan bo'lishi kerak.

Egalikni o'tkazish Interfeysi keyinroq paydo bo'ladi.

#macOS #tginfo
💚 @TGraphUz | YouTube
🤩 Tez kunlarda Telegramda...

Biz kutayotgan yangilanishda bizni nimalar kutayotganini bilasizmi?

🎰 Animatsion Slot.
- Ko'plab filmlarda, yokida kazino o'yinlar va istirohat bog'larida ko'rgan Slotlar edni animatsion ko'rinishda telegramga qo'shiladi.
Slot emojisini istalgan chatga yuborish orqali siz o'z omadingizni sinab ko'rishingiz mumkin.
❗️ Bu xozircha faqat #MacOS mijozining beta versiyasida mavjud.

🗃 Fayllarni albom holatida jo'natish.
Bir vaqtning o'zida bir nechta faylni jo'natmoqchi bo'lsangiz eng qo'l keluvchi hususiyat desayam bo'ladi.
❗️ Bu xozircha faqat #MacOS mijozining beta versiyasida mavjud.

📌 Shaxsiy chatda xabarlarni qadash.
Shaxsiy chat(lichka)da suhbatdoshingiz yoki sizning muhim xabaringiz tepada qistirilgan holatda turishi qanchalik qiziqarli bilmadimu, lekin ko'pchilik ushbu funksiyani kutgan ekan😁

p.s: Demak keyingi yangilanishda Telegram ozroq quvnoqlashadi va qulaylashadi ;)

#yangilanish #beta #animatsion
💚 @TGraphUz | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Takomillashtirilgan 'Qadalgan xabarlar'

Telegramning macOS uchun Beta versiyasida qadab qo'yilgan xabarlar xususiyati takomillashtirildi.

Yangiliklar:
• Har qanday suhbatda (hatto shaxsiy suhbatlarda) bir nechta xabarni pin qilish imkoniyati.
• Qadalgan xabarlarni almashtirib ko'rish va barcha qadalgan xabarlar bilan alohida sahifani ochish imkoniyati.

Ayni paytda funktsiyalar faqat test serverida ishlaydi.

p.s: demak bu safar pin hususiyati yanada qulaylashadi😎

#beta #macos
💚 @TGraphUz | YouTube
Guruh qo'ng'iroqlari Telegramda.

MacOS uchun Telegram mijozining manba kodida guruh qo'ng'iroqlariga aloqador bo'lgan qatorlar topildi.

Ehtimol, tez kunda har qanday administrator (yoki maxsus ruxsatga ega bo'lgan administrator) guruh qo'ng'irog'ini boshlashi mumkin va suhbat ishtirokchilari unga ulanishlari mumkin bo'ladi.

#macOS #tginfo
💚 @TGraphUz | YouTube
Telegraph Uzbekistan
Live stream started
🔥 Kanallarda Ovozli Chat

Telegram Desktop
ning 2.6.2 Beta versiyasida Kanal ovozli chatini qo'llab quvvatlash imkoniyati paydo bo'ldi.
Bundan tashqari bu imkoniyat #ios va #macos uchun mijozning beta versiyasida ham mavjud.

Ovozli chatda qanday nomda qatnashishni tanlash, tinglovchi bo'lsangiz - garpirish uchun "qo'lingizni ko'tarish", gapirish yoki tinglashga taklif qilish uchun alohida link olish imkoni mavjud.

#telegram #beta #desktop
💚 @TGraphUz | YouTube
⚡️ Androidda Beta

Kecha post qilingan imkoniyatlar endilikda Telegram Android Beta'da ham mavjud!

Tez orada bu funksiyalar barqaror versiyaga yangilanadi. ehtimol oy oxirida*

#android #telegram #beta
💚 @TGraphUz | YouTube
Boshqa qurilmalar screensharing-ini qo'llab-quvvatlash

Telegram
MacOS 7.8 Beta versiyasida kompyuterga kabel orqali ulangan qurilmalar ekranini ulashish imkoniyati qo'shildi.

Bundan tashqari MacOS'da virtual kamerani qo'llab-quvvatlash va Android'da yangi dizaydagi bot komandalari menyusi va boshqa ko'plab o'zgarishlar xozirda beta versiyada mavjud.

p.s: menimcha oy oxirida barqaror versiya taqdim etiladi.

#macOS #Android
@TGraphUz | YouTube
🤔 BIZNI QANDAY YANGILANISH KUTMOQDA?

— Yaqin kunlarda Telegram tanlovi tugaydi va Telegram X uchun eng yaxshi Videoqo'ng'iroq va Ovozli chat dizayni tanlanadi. Natijada esa Telegram X yangi funksiyalar bilan taqdim qilinadi.
- Tarjima platformasidan aniqlanishicha Telegram X'ga Telegram'ning Direct versiyasidagi kabi "dastur ichida yangilanish" imkoniyati qo'shilishi kutilmoqda.

— Telegram MacOS ning so'ngi beta yangilanishida esa foydalanuvchi bilan Videoqo'ngiroq vaqti "ekranni uzatish" imkoni qo'shildi. Bu xozircha Test versiyada. Tez orada barcha platformalar uchun buni kutib qolamiz!

💬 Siz qanaqa yangiliklar kutayabsiz? Kommentariyada yozib qoldiring.

#telegramx #macos
💚 @TGraphUz | YouTube
Telegram Premiumni sovg'a qilish imkoniyati

MacOS uchun Telegram’ning beta-versiyasida boshqa foydalanuvchiga Premium obunasini sovg‘a qilish ikoniyati qo'shildi.

Hozirda sovg'aning 3ta turi mavjud:

3 oyga (5% chegirma bilan) — $14.39 ≈ 158.000uzs🇺🇿
6 oyga (10% chegirma bilan) — $26.99 ≈ 296.400uzs🇺🇿
1 yilga (15% chegirma bilan) — $49.99 ≈ 548.900uzs🇺🇿

#macos #beta #premium
💚 @TGraphUz | YouTube
🐳137💩38🕊27🌭27🤡25
🙂 Biznes uchun Premium funksiyalar haqida batafsil ma'lumot. 

🖥MacOS uchun: Telegramning beta-versiyasida @tgcrawl biznes funksiyalari uchun ikonkalar topildi.

📌Hozirda bu imkoniyatlarning aniq tavsifi yo‘q: Lekin @TGraphUz muharrirlari aytib o‘tilgan variantlarning har biriga quyidagi vazifa yuklanadi, deb taxmin qilishadi:

🤝Salomlashish: Mijozlar biznes hisobi bilan suhbatni boshlaganlarida ularga yuboriladigan salomlashish xabarini yaratish imkoniyati.

🔇Band bo'lishda: Siz yo‘qligingizda mijozlarga yuboriladigan xabarni tayyorlash imkoniyati.

🕒Soatlar: Mijozlar biznes masalalari bo'yicha biznes hisobiga qachon kirishlari mumkinligini bilishlari uchun messenjerda tashkilotingizning ish vaqtlarini belgilash imkoniyati.

📍Joylashuv: Biznes hisob qaydnomangiz profilida ko‘rsatiladigan tashkilotingiz manzilini belgilash varianti.

💬Tez javob: Tez-tez beriladigan savollar uchun tayyor javob shablonlaridan foydalanish, matn formatini qo'llash, shuningdek, rasm va videolarni biriktirish imkoniyati.

📰Bot: Katta ehtimol bilan, kiruvchi xabarlarni qayta ishlovchi va ularga avtomatik javob beradigan uchinchi tomon chat-botlarini hisobingizga integratsiyalash mumkin bo‘ladi.

#macOS #premium
Kanalga obuna bo'ling.
@TGraphUz × @UzTeleTG
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24👏541🌚1