️Secretius
10.1K subscribers
697 photos
426 videos
150 files
1.94K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Qoʻshiq ishqibozlari uchun

Qo'shiqni eshitganda har doim ham soʻzlariga aniq tushunavermaymiz, Genius xizmati esa mana shu muammoni hal qiladi.

Saytda qo'shiq haqida batafsil ma'lumot, shu jumladan uning so'zlari bilan tanishishingiz mumkin.

Sayt: Genius.com

#xizmat

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Dasturlashni qiziqarli tarzda oʻrganish(boshlovchi va yoshi kichiklar uchun)

Biror narsani oʻrganishda oʻyinlardan/oʻxshatishlardan va qiziqishlardan foydalanish yaxshi natija beradi. Quyidagi ilova va xizmatlar dasturlashning asoslarini oson tarzda oʻrgatadi(ingliz, rus va boshqa tillarda):

1. Swift Playgrounds
Bu ilova har qanday bolaga dasturlashni o'rgata oladi. O'yin sizga Swift dasturlash tilini o'rganishga yordam beradi.

2 Code.org
Bu dasturlashni o'rganish uchun to'liq xizmat bo'lib, u sizga dasturlash asoslarini tushunishga va algoritm qanday qilib JavaScript kodiga aylanishini o'rganishga yordam beradi.

3. Kodu Game Lab
Bu Microsoft kompaniyasining oʻquv oʻyini boʻlib, u sizga nafaqat kodlashni va dizayn qilishni oʻrganishga, balki kompyuter yoki Xboxda oʻynashingiz mumkin boʻlgan haqiqiy 3D oʻyinni yaratishga yordam beradi.

4. Tynker
Bu JavaScript, Python, HTML va CSS asoslarini o'rganish uchun to'liq platformadir. Hammasi bo'lib Tynkerda 2000 ga yaqin o'yinlar, jumladan, kengaytirilgan reallik va robototexnika mavzulari mavjud.

5 Grasshopper
JavaScript-ni o'rganish uchun Google mobil o'yini. O'yinning mohiyati dasturlashning asosiy tushunchalarini vizual boshqotirmalar orqali tushunishdir. Va bunda chiroyli yashil chigirtka yordam beradi.

Tegishli postlar:
Android dasturlashni qanday oʻrganish mumkin?

Minglab bepul kurslar

ITga oid eng yaxshi kurslar

#xizmat #dasturlash

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.