️Secretius
9.91K subscribers
697 photos
426 videos
150 files
1.94K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Samsung Galaxy S21 Ultra kamerasi sifati bir yil oldingi eski model Samsung Galaxy S20 Ultra dan yomonroqmi?

Har holda Fransiyaning Dxomark agentligi reytingi shuni ko‘rsatmoqda. Kameralar sifatini baholovchi agentlik S21 Ultraga ga 121 bal berdi. Bir yil oldin S20 Ultra 126 bal olgandi. Bu ancha shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.

Lekin, Dxomark muammo kameraning o‘zida emas, undagi dasturiy ta’minotda ekanligini ta’kidlab o‘tgan. Samsung smartfonni dasturiy ta’minotda muammolar bilan chiqargan. Fevral oyining o‘zida xatolarni to‘g‘rilash uchun ikki marta dasturiy ta’minot yangilandi. S20 Ultra da bo‘lsa bir yil davomida dasturdagi xatolar to‘g‘rilangan. Endi S21 Ultra da Samsung o‘z xatolarini to‘g‘rilashini kutish qoldi.

#samsung #update #xatolik
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Twitter foydalanuvchisi Karl Shu IPhone'ni %p%s%s%s%s%n nomli Wi-fi tarmogʻiga ulaganda smartfonning Wi-fi moduli ishdan chiqib qayta yonmaydigan boʻlib qolibdi😂.

Muammoni afsonaviy "perezagruzka" ham yecholmabdi. Faqatgina qurilmadagi tarmoq sozlamalarini asliga qaytarish bilan muammo yechilgan.

Bu Apple qurilmalaridagi oʻrtacha kattalikdagi "hasharot" (bag, xatolik) boʻlib, shu va shunga oʻxshash gʻalati nomdagi tarmoqdan foydalanmaslik kerakligini bildiradi.

P.s Extiyot boʻlaslar "olmachilar"😁

#apple #bug #xatolik

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
MIUI 12.5.8.0 yangilanishi xatolarni tuzatish uchun chiqarilgan edi, lekin battar boʻldi.

Ushbu yangilanish Xiaomi, Redmi va POCO smartfonlari egalarining ko'plab shikoyatlariga javob bo'ldi - MIUI 12.5.2.0 versiyasi ularning qurilmalarida juda ko'p nosozliklar keltirib chiqardi. Shikoyatlardan biri Mi 11 smartfonlarining qizishi ortganligi edi - u Qualcomm Snapdragon 888 da ishlaydi, oʻzining yuqori harorati bilan ajralib turadi, ammo tizimdagi nuqsonlar bilan bir qatorda u g'ayritabiiy darajada qiziydi. MIUI 12.5.8.0 yangilanishi bu muammoni toʻxtatdi, lekin smartfonlar sekin ishlashni boshladi.

Xitoy forumlarida Mi 11 egalarining 90 foizi ishlashning pasayishi haqida shikoyat qilmoqdalar. Xususan, o'yinlar vaqti-vaqti bilan qotib qolgan, 120Hz rejimi oʻyin tugul hatto smartfon interfeysida ham ishlamaydi.

Avvalroq, Xiaomi muxlislari kompaniyaga petitsiya yozishdi, unda ular smartfonlarda global dasturiy ta'minot versiyalari sifati pastligidan shikoyat qilishdi, MIUIning xitoylik va global versiyalarining barqarorligini tenglashtirishni, shuningdek, Yevropa va Amerikada global versiyani chuqur sinovdan o'tkazishni talab qildilar. Murojaatga javoban Xiaomi xatolarni qidirish uchun maxsus guruh - MIUI Pioneer Group-ni yaratdi. Lekin foydasi sezilmayapti.

P.s Nega Xitoy va Global versiyalarda bunchalik katta farq bor, Xitoy veriyada muammolar kam?!
Nega Xiaomi ikkisini teng qilolmaydi?

#miui #xatolik #bug

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Dunyo boʻylab "Museum of gaps" (oʻzbekcha: Muvaffaqiyatsizliklar muzeyi) deb nomlangan muzeylar mavjud. Bunday muzeydan koʻpchilikni hafsalasini pir qilgan mahsulot va buyumlar oʻrin oladi.

Muzey kolleksiyasida turli xil muvaffaqiyatsiz gadjetlar, dasturiy ta'minot va o'yinlar mavjud. Masalan, Nokia n-gage geymer telefoni, kengaytirilgan reallik ko'zoynaklari (Google glass), Windows 8 pro ... endi esa Cyberpunk 2077 oʻyini diski ham shunday muzeyda bor.

Bu muzey Shvetsiyada joylashgan, 2017 yilda Xelsingburg shahrida shved kolleksiyachisi Samuel Vest tomonidan ochilgan.

Cyberpunk 2077 chiqqanda juda ko'p xato va qotishlar boʻlgan. Yil davomida xatolar tuzatildi, lekin...
Eskini yamaguncha esing ketadi degan maqol bor.

Sizningcha bunday muzey bizda ochilsa, birinchi boʻlib nima qoʻyilishi kerak?

P.s Men birinchi boʻlib birorta "Tiko"ni olib borgan boʻlardim, agar topsam😅

#xatolik

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Kabisa vaqti va vaqt oʻlchovi turlari

Hammamiz kabisa yili haqida bilamiz, har 4yilda "ortib" qolgan vaqtlar 1kunga yigʻilib 29-fevral boʻladi. Bu Grinvich vaqtining(GMT) xatoligi sabab, chunki Grinvich vaqti Quyoshga qarab oʻlchanadi.

Grinvich boʻyicha Yer shari 24ta vaqt mintaqasiga(15°dan) boʻlingan. Bir mintaqadan ikkinchi mintaqaga oʻtganda odam chalkashib ketadi. Masalan sizga chet eldan joʻnatma kelsa-yu joʻnatish vaqti ertangi kun boʻlsa 😵‍💫. Mana shu vaqt oʻlchovidagi xato. Bunday xato aviatsiya, XKS(Xalqaro kosmik Stansiya), ob-havo bashorati, yoʻldosh joylashuvini aniqlash kabi sohalarda kechirilmaydi.

Shuning uchun UTC(Universal Time Coordinated) oʻylab topilgan. U atom soati orqali oʻlchanadi(Quyosh soati emas), xatoliklari kam va yuqoridagi sohalarda qoʻllaniladi.

UTC vaqti va bizning vaqt orasidagi farq 5 soat
UTC vaqti

Telegramda ham bu vaqt oʻlchovi qoʻllaniladi. Kimni @spambot'ga ishi tushgan boʻlsa biladi.
Shunda nega spamdan chiqmadim deb oʻylagandirsiz. Shuning uchun koʻrsatilgan vaqtga 5soat qoʻshib kutishingiz kerak.

Bu jin urgurni yana koʻplab turlari bor: TAI, UT, ST, TT va boshqalar.
Batafsil bu yerda(inglizcha)

©B. Franklin: "Vaqt bu pul"

#vaqt #telegram #xatolik

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.