️Secretius
9.65K subscribers
717 photos
433 videos
150 files
1.95K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
​​#telegramda_kanal_yuritish #maslahat

📣 Telegram kanali nofaol obunachilardan qanday tozalanadi?

Telegram kanalini tozalash uchun davriy tarzda bir oydan ortiq kirmagan hamda o‘chgan akkauntlarni o‘chirib turish lozim.

Qoida bo‘yicha Telegram’dagi kanal muallifi o‘z kanalida faqat 200nafarini koʻra oladi. Har bir foydalanuvchining o‘ng tomonida u qachon oxirgi marta tarmoqda bo‘lganligini ko‘rsatuvchi sana va vaqt ko‘rinib turadi.

♻️ Kanalni tozalashingiz mumkin:

- Qo‘lda.
- Bu uchun maxsus ishlab chiqarilgan @crosser_bot boti yordamida.

📲 Buning uchun kerakli qadamlar:

1️⃣. Ushbu botni o‘z kanalingiz adminlari safiga qo‘shasiz, unga “adminlarni qo‘shish” huquqini berasiz.
2️⃣. Botning o‘zida “Аудитория” funksiyasini tanlaysiz.
3️⃣. Unga o‘z kanalingiz havolasini yuborasiz.
4️⃣. Hisobotni olasiz.
5️⃣. Hisobotda ko‘rsatilgan o‘chgan yoki nofaol akkauntlarni tanlagan holda, barchasini yoki bir qismini o‘chirasiz.

Bu bir oydan ortiq kanalga kirmagan obunachilar bo‘ladi.

Obunachilar sonining kamayishi sizni har qancha tashvishga solmasin, kanalning qatnashchilarini onda-sonda shunday tozalab turish maqsadga muvofiqdir.

🤔 Keling bu nima uchun kerakligini keltirib o‘tamiz:

✔️ Bu faqat raqamlardir, agar odamlar Telegram’dan foydalanmayotgan va unga anchadan buyon kirmayotgan bo‘lishsa, ular shunchaki statistikani buzishadi va ulardan shunchaki foyda bo‘lmaydi;
✔️ Reklama uchun belgilangan narxga bu ta’sir ko‘rsatmaydi (rus segmentida ko‘proq uchraydigan holat), chunki odamlar obunachilarning soniga emas, balki postlardagi kuzatishlar soni va auditoriyaning qanchalik jalb etilganligini kuzatishadi (har doim ham emas, o‘zbek segmentida ko‘pchilik reklamaga buyurtma berishda avvalambor kanal obunachilari soniga qaraydi va ko‘p holatlarda shunchaki aldanadi);
✔️ Boz ustiga siz mahsulotingizni reklama qilish orqali, u qanchalik zo‘r bo‘lmasin, shunchaki o‘tkaza olmaysiz - bu shunchaki raqamlar va ular sizga hech narsa bermaydi.

Siz uchun nima muhim, ko‘p obunachilarga ega bo‘lish - lekin ularning kam jalb etilganligimi yoki kam bo‘lsa ham - lekin e’tiborli, postlaringizni intiqlik bilan kutadiganlarimi?

Hamma o‘zi uchun o‘zi qaror chiqaradi. Yaxshi kanal vaqt o‘tishi bilan baribir o‘sib ketadi.

Ko‘rib turganingizdek, kanalni tozalab turish muhim! Bu yaxshi kanal rivojlanib borishining zaruriy shartidir. Kamaygan auditoriyaning o‘rnini esa har doim yangi auditoriya hisobiga to‘ldirish mumkin.

P.S. Botning yana bir foydali jihati, bu botni ikki kanalga admin qilgan holda, shu ikki kanalni solishtirib, u va bu kanalda jami nechi kishi bir vaqtning o‘zida a’zo bo‘lganligini aniqlay olish imkoniyatidir. Masalan, Azamat Bahodirov (kimningdir ismi va familiyasiga mos kelib qolsa, oldindan uzr so‘raymiz) har ikki kanalda obuna bo‘lgan bo‘lsa, qidiruv natijasida bir inson deb chiqib keladi. Buni har ikki kanalda admin bo‘lgan taqdiringizdagina tekshira olasiz.
👉@Secretius👇
Kuniga qancha post qilish kerak?

Bu avvalo obunachilarning qanchalik tushuna olishiga bog'liq.

Kichik matnli oddiy videolar/ rasmlar/giflar:
5-10 ta.

Matn tarkibida 2 dan ortiq jumla (+ rasm) bo'lgan post boʻlsa:
2-4 ta.

Telegraph va shunga oʻxshash maqolalar boʻlsa:
1-2 ta.

Tegishli maqola
#telegramda_kanal_yuritish #maslahat

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.