️Secretius
9.9K subscribers
699 photos
427 videos
150 files
1.94K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Sunʼiy intellekt? What the Fu*k?

Insoniyat oʻz aqlini tanibdiki hayotini yengillashtirish uchun bor kuchi bilan harakat qilmoqda. Maqolani misollar va dalillar bilan toʻldirish uchun erinchoqligim yoʻl qoʻymayapti, shuning uchun shartli soʻzlardan foydalanaman.

Sunʼiy intellekt(inglizcha "artificial intelligence" qisqartmasiga AI ) - inson tomonidan qilingan eng yirik ilmiy kashfiyot. U hammasini tez oʻrganadi, oʻrganganlarini analiz-sintez qilib toʻgʻri qaror chiqaradi, xato kam qiladi, ovqatlanmaydi, his tuygʻularga berilmaydi, sotilmaydi.

Lekin insoniyatga xavf solmaydimi?
Yaqin 3-4oy ichida AI insoniyat tezligini yanada oshirdi. Googlening Deepmind loyihasi filmlarga senariy yozsa, uning yana bir loyihasi 40% orginal dasturlash kodini yozyapti, Midjournay esa sizga ajoyib rasmlarni soniyalar ichida yetkazib bermoqda, Open AI loyihalaridan biri ChatGPT esa odamlarga murakkab savollarni javobini topib, murakkab vaziyatlardan olib chiqyapti.

AI sekin asta atak-chechak qilayotgan vaqtda hamma uni shunchaki koʻngilhushlik uchun yaratilgan insoniyatning ovunchogʻi deb oʻylagan edi, lekin AI hozir kompaniya boshqaruvini ham qoʻlga olgan desam ishonasizmi?

Men aytganlarimni hammasi rost va "guglatib" toʻliq maʼlumot olishingiz mumkin.

Endi savol: Kelajakda insoniyat qoʻlida AI oʻyinchoq boʻladimi yoki AI qoʻlida bizni oʻynatadimi?
U bizga dushman boʻlishi mumkinmi?

#ai #si #suʼniyintelekt
@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.