Telegram messenjeridagi qoidalar va ularni buzsa nima boʻladi: spam, blok, ban
2-qism
Har bir tarmoq foydalanuvchisi tizim talablariga boʻy sunishga majbur boʻladi. Biz sevib ishlatadigan Telegram messenjerining ham oʻz talab-majburiyatlari va qoidalari mavjud. Ularni buzganlarga tegishli jazolar qoʻllaniladi.
Bugun shu haqida hikoya qilib beraman. Yaxshilab oʻrnashib oling😁. Bir qancha vaqt avval oʻz akkaunti avatar rasmiga "Saqlangan xabarlar" va "Telegram" rasmini qoʻyib, nomiga ham shunday yozib olganlarning akkauntlari "uchib" ketishayotgani haqida xabarlar koʻp uchragan edi. Nega?
Chunki Telegram tizimi ularni firibgarlik sodir etmoqchi deb oʻylashadi va buff. Albatta bu ular kimgadir yozganidan keyin sodir boʻladi. Haqiqiylaridan adashib shaxsiy maʼlumotlarini soxta "Saqlangan xabarlar/Saved messages/избранные"ga joʻnatishlari mumkinligi uchun ularning raqamlari bloklanadi, userlari yaroqsiz ahvolga keladi.
Turli xil soxta odam koʻpaytiruvchi dasturlardan foydalanish ham hisobingizdan ayrilishingizga sabab boʻladi. Bunda Telegram Instagramdagi tizimni olib yaxshigina qaʼtiylashtirgan. Instagramda kuniga maʼlum sondagi odamlarga obuna boʻlishingiz yoki obunani oʻchirishingiz mumkin. Agar shubhali ravishda hisobingizga koʻplab odamlar obuna boʻlishsa sizni bloklab qoʻyishadi. Telegram esa bira toʻla hisobni oʻchirib tashlaydi. Chunki siz Telegram qoidalarini buzyapsiz.
Telegram - odamlarning ishini yengillatish, maʼlumot almashish, uzogʻini yaqin qilish uchun yaratilgan. Lekin baʼzilar undan notoʻgʻri foydalanishmoqda. Ular odamlarni aldashmoqda. Shunda telegram @notoscam xizmatini ishga tushirgan. Unda siz foydalanuvchi, guruh va kanallar ustidan asosli ravishda shikoyat qilsangiz(isboti bilan - skrinshot, xabarini uzatish, video(audio)), koʻrib chiqilib ularga Scam, Fake, Firibgar tamgʻasi qoʻyiladi, foydalanuvchilarni ogohlantiruvchi xabar qoldiriladi.
Tegishli maqola:
1-qism
Telegram bot
#spam #telegram
Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.