️Secretius
10.1K subscribers
697 photos
426 videos
150 files
1.94K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
​​#maslahat #security #internet

🔐 Parolingizni buzish qanchalik oson? Buni onlayn tekshirish yo‘li bor!

Ko‘pchilik saytlar, elektron pochta xizmatlari bizga imkon qadar murakkab parol tanlashimizni uqtirishadi. Bu bejiz emas – parol qanchalik sodda bo‘lsa, uni aniqlash, akkauntingizni buzib kirish shuncha oson kechadi-da.

Agar biror servis uchun tanlagan parolingiz qanchalik ishonchli ekanligini bilmoqchi bo‘lsangiz, "Kasperskiy laboratoriyasi" buni onlayn tarzda tekshirish imkonini taqdim etadi.

Buning uchun:

1. Quyidagi havola orqali o‘ting: https://password.kaspersky.com/ru/

2. Tekshirmoqchi bo‘lgan parolingizni "Test your password" maydonchasiga tering.

3. Tekshiruv natijasini ko‘ring.

#my #security
Masalan meni facebook va elektron pochtamga qoʻyilgan parolimni topish uchun 18 soat vaqt ketar ekan😂
🔐 @Secretius 🔐
Kiberhujum? Oʻzbekistonda?

Kiberhujum bu raqamli(parollar, bulutdagi fayllar, videolar va h.)maʼlumotlarni oʻgʻirlash va uni "yomon yoʻllar"da qoʻllash.

Men har doim hayron qolganim esa Oʻzbekistonda kiberhujum haqida kam yangilik boʻladi yoki kiberhujum boʻlsa ham yashirishadi. Kun.uz maʼlumotlariga koʻra 200ming Oʻzbekistonlikni maʼlumotlari tarmoqqa "sizdirilibdi". Unda OneID, DTM va boshqa katta tashkilotlarga aloqador, parollar, toʻlov maʼlumotlari(karta raqamlari) bor ekan.

Boʻlar ekan-ku! Parolga 12345678 yoki qwerty qoʻygandan keyin shunaqa boʻladi.

Tegishli:
https://t.me/Secretius/1189

#parol #xavfsizlik
@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.