️Secretius
10.1K subscribers
697 photos
426 videos
150 files
1.94K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
DNS orqali reklamani blokirovka qilish.

9.0 versiyasidan boshlab Android DNS serverini sozlash va o'zgartirish imkoniyatiga ega. Ushbu xususiyat biz uchun foydalidir, chunki biz uni barcha ilovalardagi reklamalarni blokirovka qilish uchun ishlatishimiz mumkin.

⚙️Yo'riqnoma:
1) Sozlamalarga o'ting
2) Tarmoq va Internet
3) "Shaxsiy DNS-server" yorlig'ini bosing va dns.adguard.com ro'yxatdan o'ting
4) Reklamasiz hayot)

Agar sizda 9-versiyadan past Android bo'lsa, unda ushbu yordam dasturidan foydalanishga urinib ko'rishingiz mumkin, u DNS sozlamalariga kirishni ochadi.

Dasturiy ta'minotga qarab parametr biroz farq qilishi mumkin. Shaxsan ba'zi xizmatlar ushbu DNS bilan tezroq ishlay boshladilar.
#reklama #oʻchirish
👉@Secretius👇
Jaloliddin Mirzayev aytgan robotni kimdir sotib oldi yoki reklama qilyapti☺️😅
#reklama #robots
👉@Secretius👇
😱 Ilon Mask WhatsApp o'rniga Signaldan foydalanishga chaqirgandan soʻng, kompaniya aksiyalari 600 foizga ko'tarildi. Kompaniyaning kapitallashuvi 55 million dollardan 660 million dollarga o'zgargan.

P.s Reklama qanchadan ekan-a?😁
#musk #ilon #signal #app #reklama
👉@Secretius👇
Hammaning hiqildogʻiga kelgan narsa bu REKLAMA.

Bugun brauzerdagi reklamalarni qanday oʻchirishni koʻrsatib oʻtamiz, avval u bilan tanishib olsak).

PUSH xabarlar - brauzerdan keluvchi xabar koʻrinishidagi reklama. Siz bilan qaysidir Katya tanishmoqchi boʻladi, Youtubedan qandaydir videoni koʻrish taklif qilinadi, aslida ular reklama va sayt shu orqali pul topadi. Bu yerda aybdor oʻzimiz, lekin biz brauzerlarni ayblab oʻtiramiz😂.

Bu qanday boʻladi:
- siz biror saytga kirdingiz
- sayt sizga bildirishnomalarni ko'rsatishni taklif qildi
- siz OK tugmachasini bosdingiz va "easy easy tamam tamam 😂"

Yechimi bor🙂.
Android:
- brauzeringizni oching
- 3 nuqta yoki chiziq
- sozlamalar
- bildirishnomalar
- qaysi saytlarga ruxsat berilganini tekshirib, keraksizini oʻchiring.

Oson varianti ham bor, telefondan:
- sozlamalarni oching
- ilovalar
- brauzerni tanlang
- xotira
- keshni yoki ma'lumotlarni tozalang

#reklama #xavfsizlik

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Telegram messenjerining reklamalari kanallarda paydo bo'ladi(yaqin qoldi). Kanaldagi barcha postlar ostida homiylik reklamasi ko'rsatiladi.

Avvaliga reklamadan faqat Telegram daromad oladi va asosiy xarajatlar qoplanganda messenjer daromadni kanal ma'murlari bilan bo'lishishni boshlaydi.

P.s Sizning fikringiz?

#telegram #reklama #daromad

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Asabbuzar reklamalardan batamom qutulish(Android 9 va undan balandlarida bor funksiya)

1: Mobil qurilmangizni sozlamalar bo'limiga kirib "Ulanish" degan bandiga kirasiz.
2: U yerga kirgach pastrog'ida "Qo'shimcha ulanish parametrlari" degan band bor shu yerga kirasiz.
3: Keyingi ish "Maxfiy DNS" deb nomlangan bandga kirasiz.
4: "Maxfiy DNS" bandining "Maxfiy DNS ta'minotchisi xost nomi" deyilgan joyini tanlaysiz va dns.adguard.com deb yozib qo'yasiz. "Saqlash"ni bosasiz.
Endi reklamalar sezilarli kamayadi.

P.s Agar sizda Android 9dan kichik versiya boʻlsa mana bu ilovani oʻrnating.

iOS uchun ➡️

#lifehack #reklama

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.