Forwarded from #️⃣Hashtag | Rasmiy kanal
✅ #rasman
🇺🇿 O‘zbekistonda ayrim ijtimoiy tarmoqlar, jumladan, TikTok va Twitter cheklandi. Bu haqda «O‘zkomnazorat» axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, «Shaxsga doir maʼlumotlar to‘g‘risida»gi qonunning 27-1-moddasi talablariga zid ravishda O‘zbekiston fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berilayotgani uchun ayrim ijtimoiy tarmoqlar 2021 yil 2 iyuldan «Shaxsga doir maʼlumotlar subyektlari huquqlarini buzuvchilar reyestri»ga kiritildi va Internet tarmog‘ida mazkur resursdan O‘zbekiston hududida foydalanish o‘rnatilgan tartibda, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar cheklandi.
Shuningdek, «O‘zkomnazorat» VKontakte, Twitter va WeChat ijtimoiy tarmoqlarida o‘zbekistonliklarining shaxsiga doir maʼlumotlarga qonun talablariga zid ravishda ishlov berilayotgani uchun «Mail.ru Group», «Twitter Inc» va “Tencent-Inc” kompaniyalariga ko‘rsatmalar berilgani haqida maʼlum qilgandi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev 30-iyun kuni Botanika bog‘ida o‘tkazilgan yoshlar va talabalar forumidagi nutqi davomida ayrim tiktokerlarning xatti-harakatlarini tanqid qilgan edi.
Ⓜ️ bugun.uz
🔵 @hashtaguz