️Secretius
9.74K subscribers
703 photos
428 videos
150 files
1.94K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Pul nima? (1-qism)

Hammamiz bilamiz pul nimaligini, lekin uning qanday paydo boʻlgani va qanday ishlashini hamma ham bilmaydi.

Pulning birinchi shakli mahalliy buyum boʻlgan(qahva donalari, tuz va h.), keyin global miqyosdagi qimmatli buyumlar(birinchi tangasifat pullar) pul vazifasini oʻtagan. Pulning asosiy vazifasi ayirboshlash, ikkala tomonning qimmatlilik qiymati teng boʻlsa, ularni almashish mumkin.

Hozir pulning(qiymatning) turlari koʻpligi bilan vazifa oʻzgarmagan - ayirboshlash. Men siz bilgan pul haqida emas, kriptovalyuta haqida yozmoqchiman.

Biz bilgan va ommaviy ravishda koʻp qoʻllaniladigan pul turlari: naqt(qogʻoz, tanga, obligatsiyalar), elektron pullar (Bank kartasi) va qimmatli metallar(oltin, kumush va b.)

Bitkoin nima?
Bitkoin bu kriptovalyuta turi, uning turlari koʻp(Etherium, Tether, Dogecoin...), lekin ularning ishlash prinsipi deyarli bir xil. U ham oddiy valyutaday ishlaydi. Ularni kuchli videokartalar yoki shunga oʻxshash tez hisoblovchi qurilmalar orqali "qazib olishadi". Mayning quyidagicha boʻladi:

Oʻzingizni bitkoin deb faraz qiling, sizda murakkab ketma-ketlikdagi uzun parol bor, doʻstingiz(Mayner) esa buni topishi kerak. Har bir topilgan bitkoindan keyin parol oʻzgaradi.

Bunda videokarta oʻsha "parolni" hisoblab chiqib topadi va bitkoinga ega boʻladi. Bitkoin mayning dasturi ulangan elektron hamyonga tushadi.

#pul #bitkoin #nima

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.