️Secretius
9.5K subscribers
715 photos
431 videos
150 files
1.95K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Quyidagi gifga qarab turib, miyaning qaysi yarimshari faolroq ishlashini aniqlab olish mumkin!?
Javobni ertaga huddi shu vaqtda olasiz😉
#miya #mashq
👉@Secretius👇
Demak, javoblar👇
👉 Balerina soat mili yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotganini ko‘rsangiz, demak, sizda chap yarimshar faol ishlaydi;

👉 Balerina soat miliga qarshi tarzda harakatlanayotganini ko‘rsangiz, demak, sizda o‘ng yarimshar faol ishlaydi.

Miya yarimsharlaridan qaysi birining faolroq ekanligini aniqlab olish, qaysi sohada qobiliyatlar borligi, kuchli va zaif tomonlar, o‘z ustunliklarini bilishga yordam beradi.

🧠 O‘ng yarimshar faol bo‘lsa:
🔴 Intuisiya (ichki ovoz, oltinchi sezgi) yaxshi shakllangan
🔴 Belgi, imo-ishora, surat, yuz ifodasi, ramz, jest kabi noverbal aloqa orqali ma’nolarni tez payqab olishadi
🔴 Musiqa va raqs ijodkorligi mavjud
🔴 San’atni yaxshi tushunadi
🔴 Fantaziya va kreativlik yaxshi rivojlangan.

🧠 Chap yarimshar yaxshi rivojlangan bo‘lsa:
🔵 Mantiqiy fikrlash va tahlil kuchli rivojlangan
🔵 Matematika kabi aniq fanlar, hisob-kitobda o‘zini yaxshi namoyon etadi
🔵 Nutq so‘zlash va til o‘rganish ko‘nikmalari faol
🔵 Noverbal (ramz, ishora, jest, mimika) aloqani tushunishini qiyin, so‘zlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilishga moslashgan

Aytgancha, diqqatni jamlagan holda balerinaning har ikki tomonga harakatlanishini ilg‘ay olsangiz, super-puper odamsiz)
#miya #mashq