Smartfonda olinmaydigan (nesyemnыy) batareya - ijobiy va salbiy tomonlari
Ilgari smartfonlar olinadigan batareyalar bilan jihozlanar edi. Ular qurilma bilan birga sotilgan va batareyani o‘rnatish va olib tashlash oson bo‘lgan. Buning muhim bir afzalligi bor edi: 1-2 yildan keyin batareya zaryadni yomonroq ushlaganda, uni o‘zingiz yangisiga osongina almashtirishingiz mumkin edi. 2007 yilda Apple olinmaydigan batareyali birinchi iPhone ni chiqardi va avvaliga bu qaror tanqidga uchragan bo‘lsada, lekin tez orada barcha ishlab chiqaruvchilar shu yo‘lni tanlashdi.
Olinmaydigan batareya nima?
Olinmaydigan batareya — bu mobil qurilma korpusining bir qismi bo‘lgan batareya. Bunday smartfonlar orqa qopqog‘ini osongina yechib, batareyani chiqarib bo‘lmaydi. Ba’zida batareyaga smartfonning boshqa tarkibiy qismlari orqali yetib borish mumkin.
Ushbu konstruksiya tufayli smartfon ishlab chiqaruvchilari qurilmalarning dizaynini yaxshilashga va qalinligini kamaytirishga erishishdi. Smartfonlarni qo‘lda ushlash qulayroq bo‘lib, qimmatroq materiallar orqa qopqoq sifatida ishlatila boshlandi.
Olinmaydigan batareyalarning afzalliklari va kamchiliklari
Afzalliklari:
• Batareyasi olinmaydigan smartfonlar ixchamroq.
• Smartfonning orqa qopqog‘ini yechayotganda, tasodifan uning ichki qismiga zarar yetishi oldi olinadi. Shuningdek, qurilma zarbalarga chidamliroq bo‘ladi.
• Batareyasi olinmaydigan smartfonlar qismlarga ajralmaydigan korpusga ega bo‘lgani uchun, suv o‘tkazmaydigan qurilmalarni yaratishga imkon beradi.
• Foydalanish davomida, ko‘pincha yechiladigan orqa qopqoq tufayli yuzaga keladigan korpusning g‘ijirlashi va ochilib qolishi kabi muammolar kuzatilmaydi.
Kamchiliklari:
• Batareya eskirganidan so‘ng, yangi batareyani sotib olib bir zumda o‘zingiz almashtira olmaysiz.
• Batareyani faqat USB-kabeli yordamida zaryadlash mumkin. Batareya quvvati 0% ga tushib ketib qolganda yoki smartfon USB tirqishi (porti) ishdan chiqqanda, ustaga murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi. (olinadigan batareyani “lyagushka” bilan ham zaryadlash mumkin).
• Agar smartfon qotib qolsa, batareyani olib qo‘yish usuli orqali uni tezda qayta ishga tushira olmaysiz.
• Korpus ichiga suyuqlik (suv) kirgandan so‘ng, olinmaydigan batareyali smartfonni quritish ancha qiyin.
Olinmaydigan batareyani qanday almashtirish mumkin?
Bu kabi batareyalarni o‘zingiz almashtirishingiz biroz mushkul. Ba’zi smartfonlarda batareyaga yetib borish uchun, qurilma ekranini korpusdan maxsus instrumentlar bilan ajratib olish kerak bo‘ladi. Shu sababli mutaxassisga murojaat qilganingiz ma’qul.
#ma’lumot
M: @Gsmgurus_FAQ
@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.