Bionik kontakt linzalari Vashington universiteti tadqiqotchilari tomonidan ishlab chiqilgan. Ular elastik kontakt linzalarini bosilgan elektron sxemalar bilan ulashga muvaffaq bo'lishdi. Ushbu ixtiro foydalanuvchiga o'z tasavvuriga binoan kompyuterlashtirilgan dunyoni ko'rishga yordam beradi. Ixtirochilarning fikriga ko'ra, bionik kontakt linzalari haydovchilar va uchuvchilar uchun ko'rsatmalar, ob-havo ma'lumoti yoki transport vositalariga oid ma'lumotlarni ko'rsatish orqali foydali bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, ushbu kontakt linzalar odamning xolesterin darajasi, bakteriya va viruslar kabi jismoniy ko'rsatkichlarini kuzatishi mumkin. Yig'ilgan ma'lumotlar simsiz uzatish yordamida kompyuterga yuborilishi mumkin.
#linza #koʻz
Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
#linza #koʻz
Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.