️Secretius
10.4K subscribers
697 photos
425 videos
150 files
1.94K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Nega klaviaturada harflar alifbo tartibida joylashmagan?

Hozir ishonish qiyin lekin, eski yozuv mashinkalarida ham harflar aynan shu tarzda joylashtirilgan boʻlgan.

Eng birinchi yozuv mashinkalarida harflar aynan ingliz alifbosi tartibida ikki qatorga joylashtirilgan boʻlgan. Avvaliga hech qanday muammolar boʻlmagan.

Ammo foydalanuvchilar ularga o'rganib, tugmachalarni tezroq bosishni boshlashganda, mashinkaning bolg'achalari joyiga qaytishga ulgurmay bir-biriga o'ralashib tiqilib qolavergan. Bunga alifboda ketma-ket keladigan harflar, inglizcha so'zlarda ham koʻpincha yonma-yon yozilishi asosiy sabab boʻlgan.

Aynan shu muammoni to'g'irlash maqsadida hozirgi QWERTY deb nomlanadigan yangi klaviatura ixtiro qilgan. Bu klaviaturada endi harflar 4 ta qatorga joylashtirilgan va ingliz tilida birga koʻp qo'llaniladigan t-h, s-t, n-o, p-r kabi harflar bir biridan uzoqroqga joylashtirilgan edi.

Natijada mashinkada yozish yanada qulayroq va tezroq boʻlgan. Odamlar tez orada unga o'rganib qolishdi. Shuning uchun keyinchalik eng birinchi kompyuterlarda ham aynan shu klaviaturani saqlab qolishga qaror qilingan.

QWERTY so'zi lotincha klaviaturaning eng birinchi harflaridan yasalgan.
Kirillcha klaviatura esa harflarni terishni iloji boricha qulayroq va osonroq qilish uchun avval boshidan shu tartibda joylashtirilgan.

Boshqa klaviatura turlari ham bor:
Qwertz, Dvorak, Colemak, Azerty va b.

#nega #klaviatura

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Kompyuter brauzerida ishlayotgan vaqt kerak boʻluvchi ikkita buyruq

Hamma narsani ham "sichqonimiz" bilan qilmaslik kerakligini aytgan edim. Brauzerda eng kerak boʻluvchi 2ta buyruqni bilib olgan yaxshi.

1. Yangi sahifa ochish.
Windows Ctrl + T
MacBook Command + T

2. Bilmasdan yopilgan sahifani qaytarish.
Windows Ctrl+ Shift + T
MacBook Command + Shift + T

#kompyuter #klaviatura #hotkey

Obuna boʻling 😉👉 Bio.link/Secretius
​​Kompyuterda foydali amallar(Windows/пуск tugmasi bilan):

Win + prt sc - skrinshotni buferga emas, faylga saqlash. Prt sc tugmasi orqali faqatgina buferga saqlash mumkin.

Win + Shift + S - skrinshot olishning yana bir turi: kerakli joyni kesib, "oʻyib", ochilgan oynani yoki butun ekranni olish.

Win va (-)minus - aktiv oynani kichiklashtiradi, minus oʻrniga plus boʻlsa(Win +), aksincha.

Win + ⬆️ - oynani kengaytiradi, Win + ⬇️ esa aksincha.

Tegishli postlar:

https://t.me/Secretius/5133
https://t.me/Secretius/4016

#kompyuter #klaviatura

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Bir vaqtning oʻzida bir nechta fayl yoki jildlarni nomini oʻzgartirish

Baʼzida fayl/jild nomlarini oʻzgartirishga erinamiz. Buni tezorq qilishning iloji bor.

Qayta nomlash kerak boʻlgan fayl/jildlarni tanlang va F2 tugmasini bosing. Soʻng kerakli nomni kirib Enter tugmasini bosing.

Shundan soʻng bir xil, lekin qavs ichida raqamlangan nomdagi fayl/jildlarga ega boʻlamiz. Betartiblikdan koʻra yaxshiroq. Keyinchalik hohlasangiz alohida oʻzgartirib chiqish mumkin.

#klaviatura #hotkeys #hotkey

Tegishli postlar:
Windowsda oynalarni boshqarish uchun eng foydali kombinatsiyalar


@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.