️Secretius
9.58K subscribers
723 photos
433 videos
150 files
1.95K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
​​#ibrat_vaqti Tenglikning foydasi

Iqtisodiyot professori bir kuni butun bir
guruhni qanday yiqitgani haqida hikoya
qilib berdi.
Guruh sosializmning yaxshi ekanligini, hech
kim kambagʻal ham, boy ham boʻlmasligi,
hamma teng boʻlishini aytib professor
bilan bahslashibdi. Professor debdi: yaxshi,
unda sosializmning foydaliligi borasida
guruhda tajriba oʻtkazamiz. Hammaning
olgan bahosini qoʻshib, oʻrtacha bahoni
chiqaramiz, hammaga bir xil baho qoʻyiladi,
hech kim “aʼlo” ham, “ikki” ham olmaydi.
Birinchi nazorat ishidan soʻng baholarning
oʻrtachasi chiqarilibdi va hamma “yaxshi”
baho olibdi. Zoʻr oʻqiydigan talabalarning
jahli chiqibdi, oʻqimaydigan talabalar esa
xursand boʻlishibdi. Ikkinchi nazorat
ishida esa oʻqimaydiganlar deyarli oʻqimay
qoʻygani, yaxshi oʻqiydiganlar esa oʻqimasdan
ham yaxshi baho olish mumkinligi uchun
kamroq oʻqiganlari oqibatida hamma “oʻrta”
baho olibdi. Bundan hech kim xursand
boʻlmabdi.
Uchinchi nazorat ishida esa barchaga
qoniqarsiz baho chiqibdi.
Oqibatda guruhdagilar bir-birlari bilan
bahslashib, janjallashib ketishibdi.
🔐 @Secretius 🔐
#ibrat_vaqti Tinchlikni sogʻingan it

Bir kuni hovlimizga qari, charchagan it
kirib qoldi. Boʻynidagi tasmasi va shishib
turgan qorniga qaraganda uning egasi boʻlib,
yaxshi boqishardi. It yonimga indamay
yaqinlashdi va men uni siladim. U ortimdan
ergashib uyga kirdi. Astagina ostonaga
boshini qoʻydi va uxlab qoldi. Bir soatdan
keyin uygʻonib eshik tomon yurdi. Eshikni
ochib uni chiqarib yubordim.
Ertasiga u yana hovlimda paydo boʻldi, men
bilan “salomlashib”, kechagi joyiga borib
yotib oldi va bir soatcha uxladi. Bu holat bir
necha hafta davom etdi. Men qiziqsinib
“Har kuni uyimga uxlagani keladigan bu
ajoyib itning egasi kim?” deb xat yozib, uni
itning tasmasiga qistirib qoʻydim.
Ertasiga it boʻynidagi tasmaga qistirilgan
javob xati bilan kirib keldi: “Bizning
oltita bolamiz bor, ulardan ikkitasi hali
uch yoshga ham toʻlmagan. Itimiz tinchgina
uxlashni istaydi. Ertaga itimiz bilan
birga men ham uyingizga borsam
boʻladimi?”
🔐 @Secretius 🔐