️Secretius
10.1K subscribers
697 photos
426 videos
150 files
1.94K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Ekzoskeletlar nogironlar uchun samarali ekanligini isbotlandi

Yaqinda ishlab chiqilgan ekzoskeletning sinovlari shuni ko'rsatdiki, umurtqa pog'onasi shikastlanishi tufayli nogiron bo'lib qolgan odamlar uchun bu mutlaqo xavfsiz va samarali.

Eksperimentda tananing, yuqori yoki pastki aʼzolarning aksariyat qismi falaj bo'lgan ellik nafar ko'ngilli ishtirok etdi. Ularning har biri o'ttizdan ortiq seansdan iborat reabilitatsiya kursidan o'tdi.
Har o'n ikkinchi mashg'ulotdan so'ng olimlar ishtirokchilarning rivojlanishini uchta turdagi testlar orqali qayd etishdi:
1. 10metrga yurish;
2. 6daqiqa yurish;
3. Stuldan turish.

Natijada, ko'plab ko'ngillilar ekzoskelet yordamida ajoyib natijalarga erishishdi. Barcha reabilitatsiya kursi tugagandan so'ng, ishtirokchilarning taxminan 80% birinchi vazifani, 82% - ikkinchi, 84% - uchinchi vazifani uddalay olishdi.
P.s Yuqoridagi vazifalar nogironlar uchun katta yutuqligini esdan chiqarmang, demak keyinchalik kiborglar(yarim odam, yarim robot) oramizda boʻladi, lekin bunga hali 10yilcha bor😅.
#kiborg #ekzoskelet #robot
👉@Secretius👇