️Secretius
9.53K subscribers
731 photos
433 videos
150 files
1.95K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
#no_boredom #birthday

Zerikgan vaqtingizda kirish tavsiya qilinadigan ajoyib sayt. Kiring va oʻz tugʻilgan kuningizni belgilang. Shundan soʻng, sayt sizga tugʻilganingizga 1000, 5000, 10000, 25000 kun bilan vaqtlarni va ayni bugun necha kunlik ekaningizni hisoblab beradi.

Manzil👉 https://www.yourmetricbirthday.com

👉@Secretius
Bugun faqat "ahmoq qilish" kuni emas.
45 yil oldin, 1976 yil 1 aprelda Apple Computer shirkati tashkil etilgan edi

Stiv Jobs, Stiv Voznyak va Ronald Ueyn Apple Computer Inc kompaniyasini ro'yxatdan o'tkazish uchun yig'ilib, Apple I shaxsiy kompyuterini ygʻishni boshlashgan.

1977 yil 3-yanvarda ro'yxatdan o'tkaziladi, ammo o'z ulushini Jobs va Voznyakka 800 dollarga sotib yuborgan Ueynsiz.

Surat uchun izoh
Chapdan oʻngga: Stiv Jobs, Ronald Ueyn va Stiv Voznyak

P.s Ronald Ueyn qanchalik afsus qilyapti deb oʻylaysiz?

#apple #birthday

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
🎉 Telegram 10yoshda. "Tirmizak"ning hunarlari koʻpayishda davom etmoqda

Tarix uchun 10-15yil hech narsa emas, "kechagina" Vkontakte egasi boʻlgan Durov bugun istiqbolli "oq internet" "darkneti" hisoblangan Telegram egasi boʻlib turibdi.

Telegram har yangilanishida oʻziga yangi funksiyalarni qoʻshib boraverdi. Avval 100mln foydalanuvchini nishonlagan boʻlsa, endi 800mln'ni nishonlayapti. Deyarli har bir Oʻzbekistonlik smartfon olsa ikkinchi boʻlib Telegram ochadi(birinchi boʻlib albatta Google).

Telegram jamoasi Durov boshchiligida, Telegramni asta-sekin chiniqtirib, shugʻullantirishyapti. Bu katta bozorda oʻz oʻrnini topish uchun.

Vaqti kelganida aytay, biz Telegramga ishonib, oʻz maʼlumotlarimizni bergan ekanmiz, oʻzimiz ham extiyot boʻlaylik, Telegram ham "maʼlumot sotuvchisi"ga aylanmasin.

Qani, omin🤲🙂

#telegram #birthday

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
👍20👏5🎉3🤩3