#tovuqmiya yoki #miyasiztovuq
Boshi uzilgan tovuq haqida eshitganmisiz?
1945 yilning 10 sentyabrida Lloyd Olsen ismli fermer qirqqa yaqin tovug‘ini so‘yish maqsadida boshini chopib tashlaydi.
Keyingi kun qarasa, bitta tovug‘i boshsiz ham taralla yallo qilib yuribdi.
Tovuqning boshi chopilganida orqa miyasiga zarar yetmagan edi. Quyuq qon esa, tomirlardan qon oqishini to‘xtatib qo‘ygandi.
Fermer tovuqqa Mayk deb nom qo‘yadi. Mayk turli sirk tomoshalarida, sahnalarda qatnashib, miyasi bor paytidan ko‘ra, miyasi yo‘qligida ko‘proq daromad keltiradi.
Bu vaqtda Maykni pipetka bilan oziqlantirib turishadi.
Miyasiz Mayk turli sahnalarda bir yarim yil qo‘shiq aytib, raqsga tushib... ee uzr, qatnashib egasiga 45 000 dollar foyda keltiradi.
Ammo, 18 oy o‘tgach, boshdan judo boʻlgan Mayk jondan ham judo boʻ́ladi..
#aytgancha
Shu-shu, miyasiz tovuqlar sahnada turib tomosha koʻrsatib, sahna ortidagi egasiga ko‘p daromad keltirmoqda.
Videolavha
https://youtu.be/E7wYqRF-mVU

YouTube
Miracle Mike: the Headless Chicken Who Wouldn't Die
There's an expression out there about acting like a chicken with its head cut off. This is generally seen in a something negative, but when it came to a miraculous chicken named Mike who narrowly escaped the Grim Reaper's axe, most people couldn't believe…