️Secretius
10.1K subscribers
697 photos
426 videos
150 files
1.94K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
ROM(Proshivka) nima?

ROM (Read Only Memory) - bu Androidning interfeysi va xususiyatlari jamlangan dastur. U smartfonning texnik tomonlari va displey oʻrtasidagi aloqani taʼminlash uchun kerak.

Smartfonning yonishidan boshlab oʻchishigacha "koʻrinadigan" barcha ishlar ROMning sharofati.
ROM ikki xil boʻladi: Odatiy va Maxsus ROM.

Odatiy ROM bu smartfonning ishlab chiqaruvchilari/tashuvchilari bergan oʻzining asl ROMi. Odatiy ROMda kafolat boʻladi, yaʼni unga ishlab chiqaruvchi tomonidan OTA usulida yangilanish keladi, ishga tushirilganda oldindan oʻrnatilgan va aksar qismi keraksiz ilovalar boʻladi. Bir ishlab chiqaruvchining qurilmasidagi funksiyalar boshqasida boʻlmasligi mumkin. Bu ROMga bogʻliq.

Maxsus ROM nima?

Bu bir qancha koʻngillilar tomonidan Odatiy ROMning oʻzgartirilgan versiyasi. Unga bir qancha oʻzgartirishlar kiritilgan, yaxshilangan va yengillashtirilgan boʻladi. Maxsus ROM foydalanuvchiga Androidni toʻliq boshqarish huquqini(Root) beradi.


Maxsus ROMning afzalliklari va kamchiliklari:

Afzalliklari:
-Keraksiz ilovalar yoʻq yoki ularni butunlay oʻchirib tashlash mumkin;
- Root huquqi
-Odatiy ROMdagi yoʻq funksiyalar(Qoʻngʻiroqlarni yozib olish, faqat 4G va b.)
- Yaxshilangan va yengil interfeys
- Hohlagancha oʻzgartirish
- Yangi smartfon olganday boʻlish hissi

Kamchiliklari:
- Kafolat bekor boʻladi(yuqorida aytilgan)
- ROMni oʻrnatishdagi xatolik va "Assalomu alaykum bir boʻlak gʻisht"
- Telefoningizga virus kirishi mumkin (kamdan-kam hollarda)
- Notoʻgʻri ROM ishlashidagi xatoliklar

Buguncha shular, biz bilan qoling😁

#ROM #proshivka #maʼlumot

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.