️Secretius
10.1K subscribers
697 photos
426 videos
150 files
1.94K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
Olimlar superkompyuter yaratdilar (bu kompyuter nazariy jihatdan har qanday savollarga javob berishi kerak edi) va savol berishdi:
- Xudo bormi?
Kompyuter bir oz o'ylanib qoldi va javob berdi:
- Ma'lumotlar yetarli emas, meni sayyoradagi barcha eng kuchli kompyuterlarga ulang.
Olimlar xo'rsindilar, lekin boshqa iloj yo'qligidan shunday qilishdi va yana so'rashdi:
- Xudo bormi?
Kompyuter yana o'yladi va javob berdi:
- Ma'lumotlar yetarli emas. Meni sayyoradagi har bir kompyuterga ulang.
Olimlar uchun buni qilish qiyin edi, lekin ular baribir superkompyuterni sayyoradagi barcha kompyuterlarga ulashdi. Xuddi shu savolni yana berishdi. Kompyuter dedi:
- Ma'lumot yetarli emas. Meni barcha internet, elektron tarmoqlarga, qurilmalarga va hokazolarga ulang.
Olimlar qiynalishdi, lekin ular buni qilishdi. Yana oʻsha savolni berishdi:
- Xudo bormi?
Kompyuter:
- Endi bor.

P.s Bu anekdot xolos). Pastdagi rasmda "I, robot"(Men robotman) filmidan lavha.

#GPT3 #GPT4 #GPT5

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.