️Secretius
9.71K subscribers
704 photos
428 videos
150 files
1.94K links
🔐Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.

🌐IT sohasidagi yangiliklar, dasturlash, xavfsizlik haqidagi kerakli media.

Obuna boʻling va bilimingizni oshirib boring
😉👉 bio.link/Secretius

📞 @SecretiusBot
Download Telegram
2022-yildan boshlab Google Play ilovalar doʻkonida Appstore doʻkoniday oʻzgarish boʻladi.

Bunda dastur ishlab chiqaruvchilarning ilovalari qurilmadan nimalarga ruxsat soʻrashi va ularni nima uchun ishlatishini oshkor qilish talab etiladi.

Masalan, Gboard ilovasi nega kontaktlarga kirishni soʻraydi😅

Maqsad foydalanuvchilarni xavfsizligini taʼminlash, baʼzi ilova ishlab chiqaruvchilarni "tanobi"ni tortib qoʻyish😁

Avvalroq qoidalar kuchayrilishi haqida aytib oʻtgan edik

#xavfsizlik #google

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Xavfsizlik uchun qisqa eslatma va qoidalar:

Ma'lumotlar 2 maqsadda to'planadi:
- Sizga qiziqishlaringiz asosida reklama taklif qilish va ko'rsatish
- Sizning maʼlumotlaringiz asosida hukumat va korporatsiyalar tomonidan "raqamlashtirilish"

Ma'lumotlarni yig'ishni cheklash mumkinligini kam odam biladi

Hech qachon yashiradigan hech narsam yo'q deb o'ylamang

Snouden filmini tomosha qiling. Umumiy tushuncha uchun yetarli bo'ladi.

#xavfsizlik #maslahat

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Hammaning hiqildogʻiga kelgan narsa bu REKLAMA.

Bugun brauzerdagi reklamalarni qanday oʻchirishni koʻrsatib oʻtamiz, avval u bilan tanishib olsak).

PUSH xabarlar - brauzerdan keluvchi xabar koʻrinishidagi reklama. Siz bilan qaysidir Katya tanishmoqchi boʻladi, Youtubedan qandaydir videoni koʻrish taklif qilinadi, aslida ular reklama va sayt shu orqali pul topadi. Bu yerda aybdor oʻzimiz, lekin biz brauzerlarni ayblab oʻtiramiz😂.

Bu qanday boʻladi:
- siz biror saytga kirdingiz
- sayt sizga bildirishnomalarni ko'rsatishni taklif qildi
- siz OK tugmachasini bosdingiz va "easy easy tamam tamam 😂"

Yechimi bor🙂.
Android:
- brauzeringizni oching
- 3 nuqta yoki chiziq
- sozlamalar
- bildirishnomalar
- qaysi saytlarga ruxsat berilganini tekshirib, keraksizini oʻchiring.

Oson varianti ham bor, telefondan:
- sozlamalarni oching
- ilovalar
- brauzerni tanlang
- xotira
- keshni yoki ma'lumotlarni tozalang

#reklama #xavfsizlik

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Xavfsizlikka oid koʻrsatmalar(Telegram)

Boshqa messenjerlardan farqli, Telegram, to'g'ri ishlatilganda, maxfiylik va xavfsizlikni juda yaxshi darajada ta'minlaydi. Ushbu maslahatlar ro'yxati hamma uchun foydali bo'ladi, lekin ayniqsa Telegram kanal administratorlari uchun.

1. Ikki bosqichli parolni oʻrnating.
Elektron pochta hisobi buzilgan taqdirda sizning hisobingizga kira olmasliklari uchun elektron pochtaga ulamang va parolni yodda saqlang.

2. Skrinshot joʻnatishda extiyot boʻling.
Bu paytida tajovuzkor o'zi so'ragan kodni ko'rishi va hisobga kirish huquqiga ega bo'lishi mumkin

3. Kontaktlarni sinxronlashtirmang.
Sinxronizatsiya paytida sizdagi raqamlar Telegram serverlariga o'tadi.

4. Telefon raqamingizni hech kimga aytmang
Firibgarlar operatorning telefon raqamini qayta rasmiylashtirgan, shu bilan xizmatlardan to'liq foydalanish huquqiga ega bo'lgan va asl SIM-kartani o'chirib qo'ygan holatlar bo'lgan.

5. Shubhali fayl va havolalarni ochmang.
Hakerlar ko'pincha telegram administratratsiyasi nomidan foydalanadilar. Ular esa kamdan kam hollarda fayl va havola joʻnatishadi.

6. Hisob qaydnomangizga ulanish va o'zingizni guruhlarga qo'shish qobiliyatini o'chirib qo'ying:
Sozlamalar> Maxfiylik va xavfsizlik> ...

7. Nima boʻlishidan qatʼiy nazar kimdir sizdan login kodi yoki parolini soʻrasa bermang. Ular sizni yaxshigina aldab niyatlariga yetishlari mumkin.

#xavfsizlik

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Federal qidiruv byurosi(FQB, inglizcha FBI), Yevropol va Avstraliya politsiyasi go'yoki "o'ta himoyalangan" aloqa vositalari va boshqa moslamalarni sotishgan.

12 mingta moslamalarni sotib olgan 300 ta jinoiy guruh jinoyatchilarining yozishmalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishgan agentlar keyinchalik yuzlab jinoiy ishlarni ochishgan.

P.s Lya ti krisa😂

#politsiya #xavfsizlik

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Electronic Arts(EA) kompaniyasi ommaviy hakerlik hujumiga uchradi. Unda 780 gigabayt ma'lumotlar, ichida ishlab chiqilayotgan oʻyinlar, FIFA 21 manba kodi va boshqalar ham bor.

Hujumchilar hali kompaniyaning fayllarini tarmoqqa joylashtirmagan, ammo ularni darknet tarmog'ida sotishga "va'da berishgan".

EA vakillari hujum boʻlganini tasdiqladilar va hakerlar o'yinchilarning shaxsiy ma'lumotlariga kira olmadilar, deb ishontirdilar.

P.s Katta kompaniyalarda ham katta koʻngilsizliklar boʻlib turadi😅

#xavfsizlik #game #gamer

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
​​Kompyuter viruslari yer yuziga qanday kelib qolgan? Uni kim yaratgan? Bunday savollar biror kishing xayoliga kelgan bo'lishi tabiiy.

Vengriyalik olim Djon fon Neyman 1951-yili o'zi ko'payuvchi dasturlar mexanizmi nazaryasini taklif qiladi.
Birinchi viruslar Apple II shaxsiy kompyuterlari uchun 1981-yilda yaratilgan Virus 1,2,3 va Elk cloner dasturlari hisoblanadi

Viruslar o'zini-o'zi ko'paytirib, dasturlar va xotiraning tizimli sohalariga kira oluvchi buzg'unchi dasturlardir.
Viruslarning maqsadi kompyuter va telefonlarning bir maromda ishlash tizimiga zarar yetkazish, foydalanuvchilarni aloqa tarmoqlaridagi ma'lumotlarini ma'lum bir nuqtaga yetkazishdan iborat.

Kompyuter viruslarining turlari juda ko'p. Misol uchun, ILOVEYOU, MyDoom, Tryan, Chuvalchang, Qizil kod va hokozalar. Bu mashxur kompyuter viruslarining keltirgan zararlarini esa tasavvur ham qilolmaysiz.

Masalan, ILOVEYOU virusi $15 mlrd zarar keltirgan. Lekin bu eng qimmati emas. Eng qimmat ya'ni eng katta zarar keltirgan virus bu MyDoom virusi. U 2004-yili tarqalgan va hozirgacha elektron pochtalarning 25 foizini zararlagan. Uning jami zarar qiymati $38 mlrd ni tashkil etmoqda.

Kompyuterning viruslar bilan zararlanganligi quyidagi belgilardan namoyon bo'ladi:
-ekranda kutilmagan xabar, tovush yoki tasvirlar hosil bo'ladi;
-kompyuterda nomalum dasturlarning ishga tushishi;
-kompyuter tez-tez "osilib" qolishi yoki sekin ishlashi;
-fayllar yo'qolib yoki kengaytmasining o'zgarib qolishi.

Kompyuterlar uchun eng xavfsiz va ishonchli antiviruslar:
>Kaspersky
>Norton
>Eset ENDEPOINT
>Doktor Web

#virus #xavfsizlik #antivirus

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Nega Facebook va Whatsapni oʻchirib yuborishimiz kerak?

Facebook smartfoningizdagi siz haqingizda eng ko'p narsani biladigan yagona dastur boʻlsa kerak 😂, keyingi oʻrinda WhatsApp.

Boshqa narsalar qatori, ushbu ilovalar kredit karta orqali nima sotib olganingiz, moliyaviy ma'lumotlar, joylashuv, kontaktlar, telefon raqami va foydalanish ma'lumotlarini to'playdi.

2-dan asl Whatsapp ochiq kodli dastur emas, demak uning yana koʻplab sirlari bor. Whatsappning krek versiyalari(masalan: GbWhatsapp) esa haqiqiysidan ham xavfliroq.

Telegramning ishlashi uchun sizga faqat ism va kontaktlar ro'yxati kerak xolos. Signal esa deyarli(telefon raqam kerak boʻladi faqat) foydalanuvchi ma'lumotlarini yig'maydi.

P.s Tanlov oʻz qoʻlingizda, xavfsizligingizga beʼtibor boʻlmang🙂.

#xavfsizlik #facebook #whatsapp

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Muayyan veb-sayt siz haqingizda qanday ma'lumotlarni to'plashini qanday aniqlash mumkin

Shubhali veb-saytning manzilini kiriting va Blacklight uni skanerdan o'tkazadi va saytda foydalanuvchini kuzatib borish uchun qanday texnologiyalar qo'llanilishini va sizning ma'lumotlaringiz qayerga ketishini bilib oladi👇

Themarkup.org/blacklight

#site #xavfsizlik

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Oʻzbekistonda bir qancha tarmoqlarga(Tiktok, Twitter, Vkontakte) kirish cheklanganligi haqida rasman xabar boʻlgandan keyin, cheklangan tarmoq muhlislari chinakam "panika"ga tushib qolishdi. Bu bir necha yil avval ikki marotaba Facebook va Youtube tarmoqlari bilan sodir boʻlgan edi.

Oʻshanda hammani joniga VPN degich dasturlar oro kirib, hotirini jam qilgan. Lekin biz oʻsha paytda bu qonuniymi deb oʻylamagan ekanmiz, boshqalarni bilmadimu, men shunday edim.

Hozir XXI asrning 21yilida odamlar xushyor tortib, "kecha yegan oshini", bugun "harom emasmi?" deyapti. Mantiqan olib qaraganda, extiyotkorlik yaxshi hislat. Lekin erinchoqlik va dangasalikni yomon koʻraman. Buni nima aloqasi bor VPNga?

Hozir tushuntiraman. Kecha Kun.uz 3yil oldingi qonun boʻyicha VPNdan foydalanish na jinoiy na maʼmuriy javobgarlikka tortishga sabab boʻlmasligini ochiq oydin aytib oʻtdi. Oʻsha Jinoyat kodeksi 278-7-moddasi va Maʼmuriy Javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 155-2-moddasida Wi-fi tarmogʻidan ruxsatsiz foydalanish, internet-trafikdan noqonuniy foydalanish, tarmoqni buzib kirish uchun va yana GSM, IP hamda SMS shlyuzlardan foydalanilganda chora koʻriladi.

Biz bunchalik jiddiylashmadik, hozircha albatta 🙂. Ha aytgancha, Humans operatorlari pesh qilayotgan qonun qayerdan kelganini bilmayman 😂.

P.s VPN oʻzi nima va qanday ishlashi haqida keyingi safar aytib beraman, maylimi?

P.s.s Berilgan linklarga oʻtib oʻqimadingiz-a?

#vpn #xavfsizlik

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Apple nimalar qilyapti?

Apple kuni kecha (6-avgust) smartfonlarida bir funksiyani ishga tushirdi. Algoritmning vazifasi shundan iboratki, bola(18ga kirmagan) birovlarga yalangʻoch tushgan tasvirlarini yubora olmaydi.

Mobodo kimdandir qabul qilsa, tasvir avtomatik xiralashtirilib, bunday rasmlarni koʻrmasliklari haqida xabar oladilar.

Bola niyatidan qaytmasa (tabiiy holat😂), bu haqida ota-onasiga xabar beriladi.

Kamiga Apple, bu skanerlash faqat bolaning smartfonida amalga oshishi, xabarni oʻrganmasligi va koʻrmasligi haqida bir tonna lagʻmon qilib berdi😅.

Sizning fikringiz qanday?
#apple #mahfiylik #xavfsizlik

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Smartfonimizda virus bormi?

Android tizimining o'zi juda xavfsiz va antivirus dasturini o'rnatishni talab qilmaydi. Lekin, xavfsizlikning eng nozik nuqtasi foydalanuvchi xavfli dasturlarni oʻrnatadi: noma'lum manbalardan, uning "razrabotchigi" haqida bilmasdan turli dasturlarga ketma-ket barcha funksiyalarga kirishga ruxsat berishadi.

Xoʻsh, Android uchun mana shu holatlarda antivirus kerak, odatda esa kerak emas.
Siz xavfsizlikka qaygʻuryapsizmi?
Unda mana bu Malwarebytes dasturini yuklab oling.

Sizlar uchun dasturning premiuim versiyasi

#xavfsizlik

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Bizning provayder biz haqimizda nimalarni biladi?

1. Qaysi saytlarga kirganimiz
Saytlarning ikki turi bor. Shifrlangan saytga kirganingizda provayder saytning IP-manzilini kirish vaqtini koʻradi.
Shifrlanmaganda esa deyarli hamma narsani... Koʻpchilik torrent saytlar shifrlanmaganligini eslatib oʻtaman.

Suhbat yozuvlari
Telefon yozuvlari olti oydan bir yilgacha saqlanadi(koʻpincha).

Internet-trafik
Qurilma tomonidan tarmoqqa yuborilgan, shuningdek, tarmoqdan olingan barcha ma'lumotlar Internet-provayder tomonidan 30 kun davomida saqlanadi.

SMS xabarlar
Qoidalarga ko'ra, ular 3 yil yoki "abadiy" saqlanadi.

Ma'lumotlar
Ushbu ro'yxatga quyidagilar kiradi: mijoz kartasi, telefon raqami, SIM-karta IMSI, qurilma IMEI va abonent joylashuvi

2013-yilda Edvard Snouden DPI dasturiy taʼminoti orqali har bir qadamni kuzatishlari mumkinligini oshkor qilgan. Lekin texnologiyaning narxi juda baland, bizning provayderlarda yoʻq.

Mac manzili
Internetga ulanishi mumkin bo'lgan har bir qurilma, hoh u smartfon hoh kir yuvish mashinasi boʻlsin, o'ziga xos Mac manziliga ega. Busiz tarmoqqa ulanishning iloji yo'q.

VPN
VPN-ni yoqsangiz va saytga kirganingizdan so'ng, provayder shifrlangan trafik VPN xizmatining ma'lum IP-manziliga qanday yuborilganligini ko'radi. Sodda qilib aytganda, VPN'dan foydalanyotganimizni koʻradi.
Eng xavfsiz VPN esa Orbot

Xulosa:
Hoʻsh bu maʼlumotlarni kimdir kuzatib oʻtiradimi?
Albatta yoʻq, bu malumotlar shunchaki jurnalga avtomatik yoziladi va kerak boʻlganda tekshiriladi.

Ehtiyot bo'ling va shaxsiy malumotlarni hech qayerda va hech kimga ko'rsatmang

#xavfsizlik

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Dunyodagi eng yosh xaker.

Kristoffer fon Xassel (2009 yilda tug'ilgan) dunyodagi eng yosh xaker sifatida tanilgan.
Besh yoshida Xassel Microsoft Live Xbox tizimidagi xavfsizlik nuqsonlarini fosh qiladi.

U otasining parollangan video o'yinlariga kirish uchun Xbox Live tizimiga parollarning turli kombinatsiyalarini sinab ko'radi. Natijada u parolni aylanib kirish yo’lini topib oladi.

Xasselning ota-onasi uni cheklangan video o'yinlarni o'ynayotganini bilib qolishadi va undan qanday qilib unga kirganini so'rashadi. U hammasini aytib beradi.

Microsoftga bu haqida ma’lumot beriladi. Microsoft Xasselga bir yil davomida Microsoft Live Gold'ga bepul obuna, to'rtta video o'yin va 50 AQSh dollar miqdorida mablag’ taqdim etadi.

Microsoft o'z veb-saytida Xasselni o'zining eng yosh bo'lgan xavfsizlik bo'yicha tadqiqotchilar ro'yxatiga kiritadi.

P.s Bilim yoshda emas, boshda...

Xavfsizlikka taalluqli postlar
#xavfsizlik heshtegida

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Yaqin insoningizni, farzandingizni telefonini qanday kuzatish mumkin?

Buning uchun uning smartfoniga quyidagi ilovalarni oʻrnatishingiz va tegishlicha sozlashingiz kerak:

1. Parental Control.

Qoʻllanmasi(YouTube video)

2. Find my kids

Qoʻllanmasi(YouTube video)

3. Google Family Link

Qoʻllanmasi(YouTube video)

Ilovalardan oʻzingizga qulayini tanlang va yaqingizni sms xabarlashuvidan tortib hozirgi joylashuvigacha bilib turing.

#xavfsizlik #tekshiruv

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
😒La'nati senzura va uni aylanib oʻtish

⚠️Koʻpchilik biladi jonajon yurtimizda "xavfsizlik"ni ta'minlash uchun koʻplab tarmoqlar qatorida Twitter ham bloklangan edi. Men undan muntazam foydalanayotgan vaqtimda.

😈Oʻzbekiston hududida "ochilmaydigan" koʻplab saytlar bor, endi ularga kirish uchun VPN yoqib ovora boʻlish shart emas.

🔗Startpage - Google qidiruv tizimiga asoslangan, mamlakatdagi taʼqiqlangan har qanday resursga kira oladigan xizmat.

⚙️Qanday ishlatish pastdagi rasmda koʻrsatilgan, mana bu esa sayt manzili, omad😁

#site #xavfsizlik #foydali

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
​​Fayllarda virus borligini tekshirish

Kundalik hayotda turli xil dasturlar va fayllardan tez-tez foydalanib turamiz. Lekin ularning qanchalik ishonchli ekanligini tekshirib turamizmi?

Virustotal - fayllardan virus qidiruvchi sayt. Shubhali dastur yoki faylni yuklang va tekshiring. Kompyuter brauzerlari uchun kengaytmalari ham bor: Google Chrome va Mozilla Firefox.

Telegramda ham tekshiruvchi botlar bor:
@DrWebBot - mashxur antivirusning telegram boti, 20mbgacha boʻlgan fayllarni tekshira oladi.

@MalScanBot - 20mb limit.

@VS_Robot - bir nechta antivirus bazalaridan tekshiruvchi bot. 100mb limit.

@VirusYabBot - 300mb limit. Havolani ham tekshirish mumkin

@VirusTotalAV_bot - 70ta antivirus bazasiga ega telegram bot. 320mb limit.

#sayt #virus #bot #xavfsizlik

Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
#xavfsizlik #mem #meme #memes

@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Kiberhujum? Oʻzbekistonda?

Kiberhujum bu raqamli(parollar, bulutdagi fayllar, videolar va h.)maʼlumotlarni oʻgʻirlash va uni "yomon yoʻllar"da qoʻllash.

Men har doim hayron qolganim esa Oʻzbekistonda kiberhujum haqida kam yangilik boʻladi yoki kiberhujum boʻlsa ham yashirishadi. Kun.uz maʼlumotlariga koʻra 200ming Oʻzbekistonlikni maʼlumotlari tarmoqqa "sizdirilibdi". Unda OneID, DTM va boshqa katta tashkilotlarga aloqador, parollar, toʻlov maʼlumotlari(karta raqamlari) bor ekan.

Boʻlar ekan-ku! Parolga 12345678 yoki qwerty qoʻygandan keyin shunaqa boʻladi.

Tegishli:
https://t.me/Secretius/1189

#parol #xavfsizlik
@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Forwarded from Nurillo
🔐 VPN brauzer nima?

VPN brauzer — bu ichiga VPN xizmati o‘rnatilgan veb-brauzer.

Foydali tomonlari: IP manzilni yashiradi, bloklangan saytlarni ochadi qisqa qilib aytganda shaxsiylikni himoya qiladi.
Zararli tomonlari: VPN sifatiga qarab xavfsizlik darajasi o'zgarishi mumkin va aksariyati sekin

Quyida mashxur VPN brauzerlardan misollar
Oddiy va bepul foydalanish uchun: Opera
Maxfiylik: Brave yoki Epic
Tezlik: UR Browser
Fayl yuklab olish va media: Aloha

Tegishli postlar:
https://t.me/Secretius/4153
https://t.me/Secretius/4662
https://t.me/Secretius/5021

#vpn #xavfsizlik #foydali #brauzer

🔐@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM